Buyuk söz sanʼatkori
Özbekiston Qahramoni Erkin Vohidov!
Özbekiston xalq şoiri, yetuk davlat va jamoat arbobi Erkin Vohidov!
Bu aziz nom, hoksor va kamtar, odamiy sifatlari yuzida, közida, har bitta sözida, dilbar şeʼriy satrlarida aks etib turgan quyoş çehrali inson nainki özbek xalqining, balki şoirni bilgan, tanigan qardoş xalqlarning ham qalbidan munosib joy olgan.
Men Erkin Vohidov nomini taniganimda, tan olganimda hali juda kiçikina qizaloq edim. Tabiatan kitobga, maʼnaviyatga şaydo otam şoirning har bir naşr etilgan yangi kitobini alohida mehr bilan kitob javonimizga terib qöyardilar. Biz farzandlariga şoir şeʼrlaridan öqib berar, mutolaadan söng albatta:
– Yaxşi şoir ana şunday böladi, sözlarni topib, marjonday tizganini qarang-a! – derdilar.
Şunday qilib, uyimizdagi otam tartib bergan kitob javonimizda Erkin Vohidovning birinçi şeʼrlar töplami "Tong nafasi” bilan, nazarimda, mening yuragimga eng musaffo va soğlom nafas kirib keldi. Keyin şoirning ikkinçi töplami – 1962-yilda çop, etilgan "Qöşiqlarim sizga” kitobi bilan oşno böldim. Kitoblar öqilaverib titilib ketganidan har gal otamning ruxsati bilangina mutolaaga kirişardik.
– Bu kitoblar çop etilganida hali sen tuğilmagan eding, yoki gödak eding, – derdilar otam kitob sahifalarini ohista silab.
Erkin Vohidov dahosiga hurmat va ehtirom, eʼtibor oilamizda juda yuqori ekanligini har lahzada his qilib ulğaygan biz farzandlar uçun otam rahmatlik juda boy maʼnaviyat xazinasini qoldirib ketdilar. Oilaviy kutubxonamizdagi jahon va mumtoz adabiyot durdonalari qatorida Erkin Vohidovning deyarli barça asarlari quyoşday çaraqlab turardi. Men şoirning har safar yangi asarini öqiganimda özim uçun har gal ham dunyoni, ham şoirni yangidan kaşf etardim. Şoirning ilk lirik şeʼrlari, ilk yozilgan dostonlaridan söng "Nido”, "Palatkada yozilgan doston”, "Yoşlik devoni”, "Özbegim”, "Yesenindan tarjimalar”, "Oltin devor”, "Şarqiy qirğoq”, "Faust”, (Gyotedan tarjima), "Ruhlar isyoni”, "Doğistonim” (R.Hamzatovdan tarjima), "Donişqişloqlik Matmusa”, "Bedorlik”, "Istanbul fojeasi”, "Iltimos” "Iztirob”, "Taxt va baxt”, "Muhabbatnoma” kabi asarlari, tarjima asarlaridan söng, nihoyat "Söz latofati” oilamiz kitoblar javoniga birma-bir tizildi. Bu asarlar kitob javonimizga emas, qalbimizga körk bağişladi.
Bugun özbek xalqining solih farzandi, uluğnafas şoir Erkin Vohidov har bir inson uçun ideal obrazga aylandi, millat, xalq, maʼnaviyat, insonni inson qilgan buyuk Söz fidoyisi sifatida Vatan iftixori darajasida yuksaldi.
Talabalikning oltin fasllaridan birida ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning mahobatli tantanalar saroyida taniqli şoir-u adiblar bilan maroqli uçraşuv böldi. Şoir-u şeʼru şuur şukuhi dillarni zabt etgan lahzalarda talaba-yoşlardan biri Erkin Vohidov şeʼri bilan qöşiq kuyladi. Qöşiq ham, musiqasi ham köngillarni mahv etdi. Uçraşuv yakun topib, hamma tarqalişayotir-u negadir şoir Erkin Vohidov qöşiq kuylagan talaba bilan gapini tugatay demasdi. Qiziqiş bilan şoir va talaba atrofini örab oldik.
– Siz "yaproğida”, deb emas, ukajon, "yoproğida” deb kuyladingiz, - derdi şoir öta madaniyatlilik bilan. Qani, öşa oxirgi satrlarni takrorlab bering-çi?
Talaba takrorladi:
Tun bilan yiğlabdi bulbul,
Ğunça hajri doğida.
Köz yoşi şabnam bölib
qolmiş aning yoproğida
– Ana, kördingizmi, "yaproğida”, emas, "yoproğida” deyayotirsiz. Yaproq – barg, yoproq bu – şeva, "yoproq”ning özagi – yop – Xorazm şevasida ariq maʼnosini beradi. Tağin yop – yopmoq feʼlining özagi. Uning tarixiy ildizi juda olis. Endi ukajon, "yoproği”, – desak, ariq atrofidagi yer tuşuniladi. Sözning yuki har doim yelkamizda turmoği kerak, – dedilar kulib. Va toki aşulaçi-talaba quyidagi satrlarni bexato aytmagunlariça ketişga şoşilmadilar:
Tun bilan yiğlabdi bulbul,
ğunça hajri doğida.
Köz yoşi şabnam bölib
qolmiş aning yaproğida.
Köz yumar bölsam közim –
Oldida paydo gul yuzim.
Ğunça köz oçmoği bor
Bulbul közin yummoğida.
Yillar ötib qahramon şoirning "Söz latofati” asari çop etilganida, qimmatli vaqtini sarflab, oddiy havaskor aşulaçi-talabaga bitta sözda bitta harfni notöğri aytgani tufayli şeʼr maʼnosi qançalik xunuk özgargani xususida kuyib-pişib tuşuntirişlarida şoirning tilga, sözga hurmati naqadar yuksakligini his etdim. Yana şuni yurak-yuragimdan angladimki, şoirning özi fidoyi söz zargari bölsagina, söz qadrini baland tutsagina uning yozganlari, har bitta satrining qadri baland böladi. Heç qaçon eskirmaydi.
Erkin Vohidov ijodini puxta örgangan zamondoşi, adabiyotşunos olim Ibrohim Ğafurov: "Oltmiş yil mobaynida tabiatning hukmi şiddati bilan köp narsalar eskirdi, lekin möʼjizani qarangki, şoirning biron satri, biron sözi, taşbehi, fikri eskirmadi, har bir avlod uni özi uçun yangidan kaşf etdi”, – deb yozganlarida naqadar haq! Çunki bugun şoir ijodiga doir qaysiki maʼnaviyat mavzusidagi davraga bormang Erkin Vohidovga xos "gavhar SÖZ, zabarjad SÖZ”ning çinakam tarannumi yuraklarni zabt etganiga guvoh bölasiz.
"Tarixingdir ming asrlar
içra pinhon özbegim,
Senga tengdoş Pomir-u
oqsoç Tiyonşon, özbegim!
Söylasin Afrosiyobu,
söylasin Örxun xati,
Köhna tarix şodasida
bitta marjon Özbegim!”
satrlarini Vatan çegaralarini qöriqlayotgan zobit-u askarlardan tortib boğça bolasigaça yod aytadilar. Çunki şoirning "Özbegim” qasidasi Istiqlol farzandlarining siyosiy qaraşlarini çarxladi, milliy his-tuyğularini uyğotdi. Nazarimda, "Özbegim” qasidasi hamon xalqimiz uçun özligini anglaş, mudroq yuraklarda öz Vatanidan, xalqidan ğururlaniş, iftixor tuyğusini uyğotuvçi bebaho maʼnaviy boylikdir.
Şoir dahosiga ehtirom sifatida 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida bölib ötgan adabiy-musiqiy tadbirda iştirok etarkanman, tadbirda sözga çiqqan adabiyot va şeʼriyat şinavandalari tillarida jarang topayotgan Erkin Vohidov şeʼriya-ti, Erkin Vohidovgagina xos latofatli sözning naqadar buyuklik, darajasiga kötarilganini his etdim. Öşa oniy lahzalarda yana olis talabalik davrimdagi bir gözal xotirani yodga oldim. Hurmatli ustozim, Özbekiston Qahramoni, buyuk adabiyotşunos olim Ozod Şarafiddinov dedilar:
– Erkin Vohidov – zör şoir. Uning heç bir sözidan xato topolmaysiz. Agar "Xamsa” yoziş kerak bölsa, bizning asrimizdagi "Xamsa”ni faqat va faqat Erkinjon yoza oladi!”
Ozod Şarafiddinov hamma yozuvçi va şoirlarga bunçalik işonç bilan baho beravermas edilar. Lekin hamma narsaga qiziquvçan talabalar davrasida Erkin Vohidov ijodi haqida söz oçilsa, yaşnab ketardilar.
Erkin Vohidov! Bu öta kamtar, öta bağrikeng, fidoyi şoir butun ongli hayotini özi aytmoqçi "söz durlarini terib” xalqqa hadya etişdek eng xayrli, eng şarafli va eng nufuzli işga baxşida etdi. Va u butunlay özi sevgan xalq yuragiga singib ketdi, buyuk SÖZ sanʼatkori darajasiga yuksaldi.
Fasllar aylanadi, yillar ötadi, Erkin Vohidov nomi, ijod yöli xalqimiz uçun buyuk ibrat maktabi sifatida yaşayveradi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶