22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 15:02
Jamiyat 👁 8,487

BUYuK MAʼNAVIY MEROS

BUYuK MAʼNAVIY MEROS

Navroʻz. Oʻz nomi, u bilan bogʻliq azaliy anʼanalari qalblarga yaqin, barchaga manzur bayram.

Navroʻz tarixi

"Navroʻz” forsiy soʻz boʻlib, Yangi kun degan maʼnoni anglatadi. Yaʼni, olam uzra turfa ranglar ila tovlanib, yashillanib kirib kelguvchi Bahordan, zaminda, tabiatda oʻzgarishning boshlanishidan darak boʻlgan bu Yangi kun.

Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Navroʻzning shakllanish davri juda qadim zamonlardan, zardushtiylikning paydo boʻlish davrigacha davom etgan asrlarni oʻz ichiga oladi.

Buyuk alloma bobomiz Abu Rayhon Beruniy "Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida Quyosh yili hisobida yilning birinchi oyi deb sanalgan Farvardin oyi toʻgʻrisida soʻzlab: "Bu oyning birinchi kuni Navroʻzdir”, deydi. Beruniy bobomizning fikricha: Navroʻz bahor yomgʻirining birinchi tomchisi tushishidan, gullar ochilib, daraxtlar mevalari yetilguncha, oʻsimlik unib chiqa boshlashidan, takomillashguncha davom etgan vaqtda keladi. Shuning  uchun ham Navroʻz olamning yashillanib, oʻzgarishiga, mehnat faslining boshlanishiga dalil qilingan.

Afsona va rivoyatlar

Navroʻz bayrami bilan bogʻliq afsona va rivoyatlar koʻp. Yaʼni, Odam Ato bilan Momo havo uchrashgan kun Navroʻz deb atalganligi haqidagi va Firdavsiyning "Shohnoma” asarida qayd etilgan shoh Jamshid nomi bilan bogʻliq rivoyatlarda ham Navroʻzning kirib kelishi qanday hodisa bilan bogʻlanishidan qatʼiy nazar, olamda yangilanish, mehnat taqvimida yangi kunning boshlanishi, insonlarning erkinligi, baxt-saodati, oʻzaro mehr-oqibat, muruvvat va saxovat kabi fazilatlarning ulugʻlanishi bilan eʼzozlangan. Xususan, hazrat Alisher Navoiyning "Tarixi mulki Ajam” ("Ajam shohlarining tarixi”) asarida ham shoh Jamshidning buyuk kashfiyotlari soʻngida ulugʻ bir kun – Navroʻz ixtiro qilingani xususida soʻz yuritiladi, shoh Jamshidning xalqqa cheksiz mehr-oqibat, saxiyliklar koʻrsatib, adolat qilgani va ushbu kunning Navroʻz deb atalgani qayd etiladi.

 

                         Ajdodlar zakosining mahsuli

Navroʻzning aynan 21-martga toʻgʻri kelishi chuqur ilmiy asosga ega: xuddi shu kunda koinot va tabiat qonuniyatlariga koʻra quyosh hamal burjiga kirib, tun bilan kun tenglashadi, kun uzayishi boshlanadi va dehqonchilik fasli avj pallaga kiradi. Nafaqat tabiatda, balki goʻyo jamiyatda ham uygʻonish boshlanadi: dehqon dalasiga, bogʻbon bogʻiga, choʻpon-choʻliqlar chorvasi-yu, qoʻy-qoʻzisiga parvona boʻlishadi. Tabiat bilan insonning oʻzaro uygʻunligi ham aynan bahorda oʻz ifodasini topgan: Allohning irodasini qarangki, yerga tashlangan  bitta urugʻdan mingta baraka unadi, qoʻylar qoʻzilab, sovliqlar suti koʻpayadi, borliq yashillanib, olam va odam yasharib ketadi. El orzu-murodi, yurt osoyishtaligi, xalqlar doʻstligi, mehr va muruvvat, qalblar toʻla muhabbat madhini baland tutgan, yomonliklar yoʻlini kesib, ezguliklarga yoʻl ochgan Navroʻz bu!

Taʼqib va taʼqiqlar

Mustabid tuzum davrida Navroʻz bayramini diniy bayram, eskilik sarqiti, deya qoralovchilar topildi. Uni xalqimiz yuragidan butunlay sidirib tashlab, ongidan oʻchirmoqqa koʻp urinishlar boʻldi. Lekin xalqimizning asl farzandlari, olim-u fuzalolari Navroʻzning hech qanday diniy yoki ilohiy tomoni yoʻqligini, bu bayram qadim ajdodlarimizning buyuk zakosi ila tabiat va koinot qonuniyatlari asosida Quyoshning hamal burjiga kirishi, kun bilan tunning tenglashishi bilan bogʻliq tabiiy jarayon ekanligini isbotlab berdilar. Navroʻz nafaqat bahorgi tengkunlik – Yangi kun – goʻzallik va yashnatish bayrami, balki oʻlmas anʼanalar, qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan buyuk maʼnaviy meros sifatida yana qayta tiklandi. Xuddi afsonaviy Qaqnus qushi singari yana boʻy tikladi Navroʻz!

Istiqlol tufayli yuksalgan ayyom

Mamlakatimizda Navroʻz bayrami ommaviy tarzda keng nishonlanadi. Momolarimiz Navroʻzga atab oʻlanlar aytishadi, baxshilar dostonlar kuylashadi. Doshqozonlar oʻrnatilgan oʻchoqlarda gurillab yonayotgan gulxanlar alangasidan yuzlari olovlangan qiz-u kelinchaklar momolardan bobomeros udumlar sirini oʻrganadilar. Navroʻz bahonasida gina-kuduratlar unutiladi, koʻngillar tozarib, barcha bir-birlariga shodlik ulashadilar.

Navroʻz taomlaridan dasturxonlar yanada fayzli, xonadonlar obod boʻladi. Umumxalq hashari qiziydi har bir goʻshada. Navroʻz – butun mazmun-mohiyati bilan ezgulik, tinchlik, totuvlik, goʻzallik, yangilanish va yashnatish onlarini baxsh etadi yurtimizga!

Robiya YOʻLDOShEVA.

(Foto - jayxun-sadosi.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026