22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 15:01
Jamiyat 👁 6,533

TOTUVLIK TAFTIDAN MUNAVVAR XONADON

TOTUVLIK TAFTIDAN MUNAVVAR XONADON

Totuvlik – millatlarni bir-biriga qon-qardosh, koʻngillarni payvasta qilguvchi tuygʻu. Totuvlik bor joyda qut-baraka, fayz, tinchlik va ahillik, mehr-oqibat, taraqqiyot boʻladi.

Aholisining koʻpchilik qismi turkman millatiga mansub insonlar boʻlgan Amir Temur nomli ovulda har gal boʻlganimda ana shular haqida oʻylayman. Va beixtiyor Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning: "Oʻzbekistonning boyliklari juda koʻp. Lekin bizning eng katta boyligimiz, eng yuksak qadriyatimiz – jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo doʻstlikdir”, – degan purmaʼno soʻzlarini eslayman. Nazarimda ulugʻ Yurtboshimizning bu fikrlari aynan Amir Temur nomli ovulning biri-birini koʻz qiymas, oralaridan qil oʻtmas, ahil-inoq aholisiga qarata aytilganday.

Ovulning "Mehnatkash” mahallasining oʻzida 832 nafardan ortiq turkman millatiga mansub aholi istiqomat qiladi. 105 ta xonadonga birikkan 150 dan ziyod oilalarning aksariyati yoshlar oilasi.

– Turkman oilalarida farzandlar tarbiyasiga alohida eʼtibor bilan qarashadi, – deydi Amir Temur nomli OFYning diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Zulfiya opa Yoʻldosheva. – Ayniqsa, qiz bolalarni juda  yoshligidan hayotga tayyorlashadi. Ularning bichish, tikish, gilam toʻqish, ust kiyimlarni yoʻrma naqshlar bilan bezash, pazandalik sanʼatini puxta egallashlari shart hisoblanadi.

Zulfiya opaning soʻzlari isbotini biz ovulning "Mehnatkash” mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Tirkash ogʻa Amanov va Oʻgʻilgul eje Jumashevalar oilasida koʻrdik.

"Mehnatkash” mahallasida, oddiy dehqon oilasida tugʻilib-oʻsgan, to nafaqaga chiqquniga qadar tumanning agrar sohasini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan, goh paxtachilik brigadasi boshligʻi, goh ziroatchi dehqon sifatida umrini mehnat maydonlarida oʻtkazgan Tirkash ogʻa va Oʻgʻilgul eje biri-biridan aqlli, mehnatsevar farzandlarni tarbiyalab, elga qoʻshishdi. Oʻgʻillari Durdimurod, Bobomurod, kelinlari Oʻgʻilgarak va Shakarjon, qizlari Oʻgʻiljamol hamda Jannatxonlarning biri tadbirkor, biri oʻqituvchi – barchasi el koriga kamarbasta, oʻzlaridan tinib, baxtli oila sohib va sohibalari boʻlishgan.

Navroʻz bayrami arafasida Tirkash ogʻa xonadonida boʻlganimizda "oʻng boʻlsin” marosimi oʻtkazilayotgan ekan. Xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy urf-odatlari, betakror udumlari juda koʻp. Ayniqsa, turkman xonadonidagi "oʻng boʻlsin” marosimi oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Amir Temur nomli ovulda barpo etilgan uch xonali namunali uylardan biriga koʻchib oʻtgan oila aʼzolarining quvonchi cheksiz. Oila bekasi Oʻgʻilgul eje kelinlari va qizlari bilan mehr-muhabbatini qoʻshib, sof jundan toʻqigan turkmani gilamlar jozibasidan yanada koʻrkam qiyofa kasb etgan xonadon dasturxoni atrofi yangi qoʻshni-yu qarindoshlar bilan gavjum. Oʻgʻilgul ejening aziz mehmoni boʻlgan oʻzbek, qoraqalpoq millatiga mansub yangi qoʻshnilar bir-birlarining quvonchlariga sherik.

Yangi imoratga "oʻng boʻlsin” aytib kelgan mehmonlarga Tirkash ogʻa bilan Oʻgʻilgul ejening kenja kelini ajib tavozʼe ila salom berganida, ovulning turkman oilalari farzandlariga ilm oʻrgatgan ustoz, mehnat faxriysi Bibi eje Annasanova joʻshib-joʻshib turkmancha yor-yorlar, oʻlanlar kuyladi.

Bu oʻlanlardan koʻngillar zavqqa toʻldi. Oʻzbek, turkman, qoraqalpoq millatlariga mansub yangi qoʻshnilar kelinchakka ezgu tilaklar tiladilar. Gurbangul eje Annamedova yangi kelinchakka "ish buyurdi” marosimini oʻtkazdi. Oʻn barmogʻing hunarli boʻlsin, deb urchuq, xonadoningga qut-baraka keltirgin, sariyogʻday yoqib qol deb, qatiq va sariyogʻ ushlatdi. Yangi imorat, yangi oilaga "oʻng boʻlsin”lar aytishdi. Ovulning yoshulli otaxoni Xolboy Buvajonov qoʻlini duoga ochdi.

Otaxonning tilaklari ijobat boʻlishini chin dildan tiladik. Tirkash ogʻaning biri-biridan shirin nevaralari tilidan turkmancha, oʻzbekcha yangragan sheʼrlar aydimlardan koʻngillar zavqqa toʻldi. Tumanimizdagi 25-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchilarga turkman tili va adabiyoti hamda  qoraqalpoq tili va adabiyotidan dars beruvchi muallima kelin Shakarjon Bayramdurdiyeva damlagan oʻzbekona palov bilan chalpak dasturxonga tortilganida toʻkin-sochinlikdan, oʻzaro mehr-oqibatdan koʻngillar nurlandi. Tirkash ogʻa bilan Oʻgʻilgul ejening kenja kelini oʻz qoʻllari bilan tikkan kelinlik sarpolarida, yangi imoratga koʻrk bagʻishlab turgan turkmani gilamlarda goʻyo olam goʻzalliklari aks etib, bu goʻzallikdan koʻngillar yashnab ketdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026