21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 16:57
Salomatlik 👁 3,054

KUYDIRGI KASALLIGIDAN SAQLANISh OʻZ QOʻLIMIZDA

KUYDIRGI KASALLIGIDAN SAQLANISh OʻZ QOʻLIMIZDA

Kuydirgi – oʻtkir yuqumli kasallik boʻlib, hayvonlardan odamga yuqishi mumkin.  Kasallikning teri shakli, oʻpka shakli, ichak shakli mavjud. Eng koʻp uchraydigani va oʻz vaqtida davolash choralari koʻrilsa, tuzalib ketadigan shakli – terining ochiq joylarida uchraydagan teri yaralaridir. Oʻpka shakli va ichak shaklidagi turlari esa 1-5 foiz uchraydi.

Kasallikni «kuydirgi tayoqchalari» deb nomlangan bakteriyalar keltirib chiqaradi. Kuydirgi tayoqchalari qobiq bilan oʻralgan (sporalar) hosil qilib, tashqi muhitga oʻta chidamli. Bu sporalar tuproqda, hayvon junlarida, suvlarda boʻladi. Suvda qaynatilganda 20-30 daqiqada  yashash qobiliyatini yoʻqotadi.

Kasallikning yuqish xavfi asosan chorvachilik bilan shugʻullanuvchilar, goʻsht mahsulotlarini qayta ishlovchilar, ovchilarda koʻproq boʻladi. Shuningdek, kasal hayvon mahsulotlariga yetarli ishlov berilmaganda va gigiyena qoidalari buzilganda kasallik yuqishi mumkin.

Teriga tushgan kuydirgi tayoqchasi avval terida qichishishi bilan qizil dogʻ hosil qiladi. Dogʻ tugunchaga aylanib, bir necha soat ichida pufakcha hosil boʻladi. Doimiy qichishi oqibatida pufakcha yorilib, ichidan suyuqlik ajraladi (sachragan suyuqlik yangi pufakchalarni hosil qiladi). Yorilgan pufakcha oʻrnida qora rangli, oʻzidan zardobli suyuqlik ajratib turuvchi, atrofi shishib koʻtarilgan yara hosil boʻladi. Shu vaqtga kelib, yaraga yaqin joylashgan limfa tugunlari ham kattalashadi. Eng xarakterli belgisi, yaralar ogʻriqsiz boʻladi. Yara hosil boʻlishi bilan bemorning tana harorati koʻtariladi, eti uvishadi, boshi aylanadi, koʻngli aynib, holsizlanadi. Bu holat 5-7 kun davom etadi.

Yuqoridagi belgilar kuzatilganda tezda shifokorga murojaat qilish zarur.

Kasallik oʻz vaqtida davolansa, 10-14 kunda shishlar qaytib, yiringlar soʻrilib, yaralar tuzalib, oʻrnida chandiq qoladi.

Kuydirgi kasalligining oldini olish uchun qishloq xoʻjalik hayvonlari orasida veterinariya nazoratini doimiy oʻtkazish, hayvonlar ichadigan suvlarni va yem-xashaklarni ifloslantirmaslik choralarini koʻrish, molxonalarda sanitariya qoidalariga qatʼiy rioya qilish, doimiy profilaktik choralarni qoʻllash, hayvonlarni veterinar nazoratisiz soʻymaslik va goʻshtlarini aholiga tarqatmaslik, kuydirgi bilan kasallangan hayvonlarning goʻshtini dezinfektsiya qilish va zararsizlantirish, kasal hayvonlar yotgan joylarni dezinfektsiya qilish, ushbu kasallikdan oʻlgan hayvonlarni esa 2-2,5 metr chuqur qilib, ustiga 10 sm. qalinlikda ohak solib koʻmish yoki yoqib yuborish shart.

Eng asosiysi, shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga amal qilish oʻta muhimdir.

Tamara SAIDOVA, tuman tibbiyot birlashmasi huzuridagi koʻp tarmoqli poliklinika shifokori.

(Foto - navoivet.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026