22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 16:27
Jamiyat 👁 3,367

EL-YuRT MEHRIDAN YuKSALGAN KOʻNGILLAR QUVONChI

Mehr, eʼtibor, saxovat! Asrlar osha xalqimizning qon-qoniga singib ketgan bu ezgu fazilatlar ayni kunda ham turmushimizning yanada fayzli, jamiyatimizda hamjihatlikning, ahillikning ustuvor boʻlishiga xizmat qilmoqda. Muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning "... har qaysi xalqning bagʻrikengligi va olijanobligi, kerak boʻlsa, odamiyligi va insonparvarligi nafaqat oʻz yaqinlari, balki begona odamlardan oʻz mehri va yordamini ayamasligida yaqqol koʻrinadi, sinovdan oʻtadi”, degan soʻzlari ifodasini hayotimizning har lahzasida koʻrishimiz, his qilishimiz mumkin.

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan bir qator jamoat tashkilotlari ishtirokida joriy yilning 20-aprelidan 23-mayigacha mamlakatimizdagi ehtiyojmand oilalar va mehribonlik uylarida tarbiyalangan 620 juft kelin-kuyovning nikoh hamda 3 ming 280 nafar bolaning sunnat toʻyi oʻtkazilayotgani ham ana shunday xayrli ishlardandir.

Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, jamiyatimizda hamjihatlik, mehr-oqibat, bagʻrikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash maqsadida tashkillashtirilayotgan bu tadbirga muvofiq tumanimizda ham shu yilning 26-aprelida "Bek” toʻyxonasida 21 nafar bolajonlarning sunnat toʻylari, 12 juft kelin-kuyovlarning nikoh toʻylari oʻtkazildi.

Tumanda xayriya nikoh va sunnat toʻylari oʻtkazildi (Fotogalereya)


 Dastlab ular tumanimizning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilib, Xotira maydonidagi yodgorlik poyiga gullar qoʻydilar. Soʻngra ular «Yusuf eshon bobo» jomeʼ masjidida sharʼiy nikoh oʻqildi.

Toʻy bolalar esa istirohat bogʻi va tumanimizda boʻlib turgan koʻchma hayvonot bogʻini sayr qilishdi.

Muhtasham toʻyxona oldida kelin-kuyovlarni, toʻy bolalarni sanʼatkorlar karnay-surnay sadolari ostida kutib olishdi.

Toʻy! Bu soʻzni har gal eshitganimizda koʻnglimiz bir orziqib, quvonchdan entikib ketadi. Boisi, hammamiz ham farzandlarimizning ana shu qutlugʻ kunini sogʻinib, toʻy uchun borimizni yigʻib yashaymiz. Sunnat toʻyini, nikoh toʻyini elga maʼlum qilib, dasturxon yozishni orzu qilamiz.

Ha, toʻy toʻla maʼnoda orzu-niyatlar ijobati boʻlganligi boisdan ham qutlugʻ tantana. Biroq bu tantanaga ota-onang, yaqinlaring, doʻstlaringdan tashqari, butun yurting evrilib tursa, quvonchingga sherik boʻlsa, yelib-yugurib xizmat qilsa... bu yanada ulkan baxt emasmi?

Toʻyxonaga yor-yor, kelin-salomlar sadolari ostida, bejirim liboslarda, koʻngillarida olamcha hayajon bilan kirib kelgan 12 juft kelin-kuyovlarning, sarpolari yarashgan 21 nafar bolajonlarning yuzlarida ana shunday masrurlikning ifodasi aks etib turardi.

Toʻy sababchilari yasatilgan toʻkin dasturxon atrofiga joylashib olgach, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Yerniyazov, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Kasaba uyushmalari tashkilotlari vakillari ularni hayotlaridagi unutilmas kun bilan samimiy qutladi.

Shundan soʻng toʻy bolalarga velosipedlar va esdalik sovgʻalari, kelin-kuyovlarga mebellar jamlanmasi sertifikati va nikoh uzuklarisovgʻa qilindi.

Toʻybolalar nomiga "Xalq banki”ning tuman boʻlimida ochilgan hisob raqamlarining har biriga 1 million soʻm oʻtkazilgan omonat daftarchalar topshirildi.

Nikoh toʻylari oʻtayotgan kelin-kuyovlarning ish bilan taʼminlanganlik holati oʻrganib chiqilib, ishsizlari ishga joylashtirilgani yangi bunyod etilayotgan oilalarning moddiy farovonligini taʼminlashga xizmat qilishi soʻzsiz.

Soʻngra tuman FHDYo boʻlimi xodimlari tomonidan 12 juft kelin-kuyovlarning nikohi qonuniy qayd etilib, nikoh guvohnomalari topshirildi.

Tadbirda ishtirok etgan nuroniylar, kelin-kuyovlarning, toʻy bolalarning yaqinlari davlatimizning, jamiyatimizning eʼtibori, muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning yoshlarning baxtiyor va farovon yashashi, hayotda munosib oʻrinlarini topishi yoʻlida koʻrsatayotgan gʻamxoʻrliklari uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Taniqli sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar davraga fayz kiritdi.

Oygul RAJABOVA.


🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026