21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 01:35
Adabiyot 👁 4,825

“Şeʼrimni gazetada yoritib bering...”

“Şeʼrimni gazetada yoritib bering...”

(Havaskorlarning ijodiga bir nazar)

Tahririyat eşigini oçib...

Azizlar, sarlavhani öqib, aslo bundan hayron bölmang. Boisi, kundalik iş faoliyatimda men (har kuni!) önlab "zamonamiz şoiru şoiralar”i bilan hamsuhbat bölaman! Bu – kinoya yoki kesatiq emas, aslo!

Haqiqatan ham tahririyat eşigini oçib kelguvçi ham-yurtlarimizning har ön nafaridan töqqiz nafari şeʼr kötarib kelişadi. Töğrisini aytsam, ular bilan baʼzan qimmatli vaqtimni sarflab, adabiyotdan, ona tilidan, adabiy janrlar, söz turkumlari, imlo, tilning morfologik xususiyatlari, til va uslub haqida dars ötişimga töğri keladi. Bu  yoşlar – tumanimizdagi akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablarining öquvçilari – şeʼriyatga havasmand "şoir-u şoira”lar.

"Şeʼrlar”ni erinmay közdan ötkazaman, şunçaki varaqlamay, havaskorning közi oldida ayrim bandlarini badiiy tahlil qilaman va xatolarini tuşuntiraman. Söng albatta:

– Ona tili va adabiyot fani öqituvçingga ayt, sening qiziqişlaring böyiça tuşunçalar bersin, – deya maslahat beraman-u könglimdan bir taşvişli öy keçadi: keyingi paytlarda tumanimiz öquv muassasalarida özbek tili va adabiyot fanidan dars beruvçi bilimdon öqituvçilar kamayib ketganday nazarimda. Agar tahririyat eşigini oçib, "Mana bu şeʼrimni gazetada yoritib bering”, – deb kelguvçi havaskorlarning yozganlarini uning adabiyot öqituvçisi: "tahririyatga olib bor”, – deb tayinlab qöyganini va aynan ustozining  tavsiyasi bilan "şeʼri”ga işonib turganini  hisobga olsak, haqiqatan ham til va adabiyot fani öqituvçilaridan öpkalaşga haqlimiz.

Şunday deyman-u tahririyat eşigini oçib, "şeʼr yozdim”, – deb kelguvçilar orasida  baʼzan til va adabiyot öqituvçilarining özlari ham şeʼrga qöyiladigan talablarni tuşunmasliklari tufayli şeʼr deb ataşga ham arzimaydigan "ijod mahsullari”ni kötarib kelişganida:

– Toki tahririyat eşigini oçib kelguvçi havaskorlarning ustozlari bilimi soz bölmas ekan, bu havaskorlar  orasidagi qarqunoqlar, "bulbulman”, – deb daʼvo qilişda davom etaversa kerak, – deyman baʼzan.

HAVASKORLAR MAŞQIDA HAM TAFT BOR

Havaskorlarning dasta-dasta şeʼrlari. Ular orasidan andak maʼqullarini, sal "tuzi”, "taʼmi” borlarini ajratib olib, gazetada yoritiş uçun taxlayman. Tan oliş kerak, mustaqillik yillarida tumanimiz yoşlari orasida ijodga moyil, öz ustida işlaşdan, öqib-izlanişdan çarçamaydigan maʼnaviyat ixlosmandlari safi ança ösdi. Hatto öz ijod namunalarini jamlab, şeʼriy risolalar çop ettirgan havaskor-şoir va şoiralarimizning şijoatlari tahsinga loyiq. Umidaxon Yerdoşeva, Aziza Madrahimova, Aziza Örozboyeva, Muqaddas Toirova, Sanobar Tojimurodova, Nilufar Qodirboyeva, Qunduzoy Yusupova, Dinora Karimboyevalarning ilk şeʼriy töplamlari öz muxlislarini topgan bölsa, Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kolleji öquvçisi Şahzod Qurbonboyev, Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji öquvçisi Dildora Rajabova, 38-sonli maktab öquvçisi Iroda Yerdoşevalar ijodda öz yölini topişga intilayotgan, kelajagiga umid qilsa böladigan ijodkorlardan. Ularning maşqlarida ozgina bölsa-da harorat bor, taft bor.

Şunday kuçli davlat quramiz,

Sarhadingda sobit turamiz.

Özbekiston, onajon Vatan,

Biz fidoyi farzand bölamiz!

Bu satrlar Dildoraxon Rajabovaga tegişli. Dildoraning har bir şeʼridan uning könglini oçiq-oydin öqiysiz. Dil töla tuğyonlarini şeʼriy ohanglarga joylab, oddiy til bilan, tuşunarli qilib yetkazadi u şeʼriyat muxlislariga. Lekin Dildora Rajabovaning hamma yozganlarini ham şeʼriy talablar darajasida deb aytolmaymiz. Baʼzan hissiyotlarga berilib, tasvirlayotgan mavzusidan uzoqlaşib ketiş, qofiyabozlikka beriliş, sözlarni öz örnida qöllamaslik kabi qusurlarning borligi bu qizimiz hali köp öqişi, izlanişi kerakligini anglatadi.

Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kolleji öquvçisi Şahzodbek Anvar öğlining  maşqlari xususida ham iliq fikrlar aytgim keladi. Şahzod Anvar öğli (Qurbonboyev) öz ustida tinimsiz izlanişi, har bir sözning sinonimik qatorlarini puxta özlaştirişga intilişi tufayli biri-biridan mukammal şeʼrlar ijod etib, "Taraqqiyot közgusi” gazetasi va gazetaning ilova naşri "Mening oilam” sahifalari orqali şeʼriyat muxlislariga tanildi. Tahririyat huzuridagi "Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan çop etilgan "Jayxun jilğalari” töplamidan uning ham şeʼrlari joy oldi. Şahzod şunçaki yozmaydi, balki umumning yuragidagi dard-u taşvişlarini, orzu-umidlarini yurakdan his etib, umumning dardiga malham, orzulariga qanot bölmoqqa, taşvişlariga yelka tutmoqqa şaylanib qalam tutadi u. Har bir fikrini falsafiy ifodalaşga intiladi. Şahzodning "Dil isyoni” deb nomlangan şeʼrini şunçaki öqiy olmaysiz. Şeʼrni öqiş asnosida Sizning ham dilingizda isyon tuğiladi. Bu – yomonlikka, maddohlikka, xiyonatkorlikka, yolğonçilikka qarşi isyon!

Xoinlar bor azaldan,

Xiyonatdir quroli.

Nomardlik ham ölmagan,

Ahrimanning qaroli.

Manqurt misol kimsalar,

Tuğilsa, kim gunohkor.

Kimdir emas, butun xalq,

Bölgay dorga giriftor.

Bunday şeʼr öqilmaydi, köngilga yoziladi. Bunday şeʼr ham, şoirlik ham şeʼrxonga kerak. Men Şahzodning har bir şeʼridan heç kimga öxşamagan qiyofalar, maʼnolar, mazmunlar topaman va quvonçimni baralla aytaman:

– Tumanimizda olovqalb, fikri teran ijodkor voyaga yetayotir!

Amudaryo akademik litseyi öquvçilari Nilufar Otajonovaning "Yangi yilni birga kuting”, "Baxtimiz Qomusi”, Sabohat Yerdoşevaning "Volidam yiğlamasin”, "Fariştamiz buvijonim”, Nargiza Ziyodboyevaning "Oq, qora”, "Qoraqalpoğim” şeʼrlarida ham kişini fikrlaşga, öylaşga undaydigan iliq nafas bor. Lekin bu qizlarimiz hali köproq öqişlari, söz maʼnolari ustida jiddiy işlaşlari, ayniqsa adabiyot nazariyasidan puxta saboq olişlari kerak.

 

                               ŞEʼR HAQIDA ŞEʼR

 

Umrida biron-bir satr şeʼr maşq qilmagan odam bölmasa kerak. Kimdir köngil tuğyonlarini jilovlay olmaganda, kimdir ğamga botganda, yana kimdir sevib qolganda öziça qoğoz-u qalam bilan hasratlaşadi. Lekin haqiqiy şoir umum dardi, umumning quvonçi bilan yaşaydi. Bunday fidoyi qalbda şeʼrning özi tuğiladi, quyma misralar marjonday tizilgan söz durlari ila ziynatlanadi.

Ustolimda taxlanib yotgan "şeʼr”lar orasidan ana şunday – söz durlari ila ziynatlangan satrlarni izlayman. Bir-ikkita "yilt” etgan fikrga işonib, şeʼrni öqişda davom etaman. Afsus, afsus, öşa "yilt” etgan fikr ham baʼzan havaskor qalamkaşniki emas, boşqa bir şoirniki bölib çiqadi. Mana ulardan ayrimlari:

"Ölsam ayrilmasman quçoqlaringdan” (Ğ.Ğulom şeʼridan),

"Vodiylarni yayov kezaman” (aslida "kezganda” (H.Olimjon şeʼridan),

"Dunyoni (asli "Rimni”) alişmasman bedapoyangga” (M.Yusuf şeʼridan),

"Sevmoqni onajon, sendan örgandim” (R.Yöldoşeva şeʼridan).

Bu taxlit fikr, töğriroği, şeʼriy satrlar öğriligini "plagiatlik” deyişadi. Lekin öz "şeʼri”ga yuqoridagi satrlarni heç qanday izohsiz qöşib olgan havaskor şoirlarimiz buni "ijod” deb tuşunsalar, unda bu maydon sari qadam qöymaganlari yaxşi. Men yuqoridagi kabi öğirlangan satrlarni istagança keltirişim, mumkin. Biroq öğirlik qilib: "bu mening şeʼrim, gazetada çiqarib bering”, – deb şoirlik daʼvo qilayotgan havaskorlarning ism-şariflarini oşkor etiş fikridan yiroqman. Aytmoqçi bölganim – birovning fikriga ega çiqiş, öğirlab, öziniki qilib oliş bilan odam ilm-u zakovat sohibiga aylanib qolmaydi-ku! Aql-u şuuringda şeʼriy tuğyonlar yöqmi, yozma, baraka topgur, ammo heç qaçon fikr öğirlama, şeʼr öğirlama!

Havaskorlarning maşqlari orasida yana şundaylari ham borki, ularni öqib, tahlil etişga ketgan vaqtimga açindim, töğrisi. Bu maşqlarda na şeʼriy talablarga rioya qilingan, na mantiq bor. Ayrimlari esa oçiq-oydin maşhur şoirlarga oşkora taqlid ruhida yozilgan. Bu fikrlar nafaqat havaskorlarning şeʼrlariga, balki hikoyalariga ham taalluqli. Axir ikki satrning "boşini qovuştiriş” bilan şeʼr, oddiy bir voqea tafsilotini bayon qiliş bilan hikoya bölib qolmaydi-ku!

Xullas, dasta-dasta şeʼr-u hikoyalar "mutolaasi”dan söng havaskor şoir-u yozuvçilarning biroz emas, judayam (!) tanbal, erinçoq, işyoqmas ekanliklarini anglaganday böldim. Dilimda esa şeʼr haqida bir şeʼr tuğildi.

Tahririyat eşigin oçib,

Har kun kelar turfa xil odam.

Oq qoğozga dardini soçib,

Izlaşadi maʼnaviy yordam.

 

Har biridan sörab hol-ahvol,

Muşkuliga tutamiz yelka.

Yeçilmaydi faqat bir savol –

"Şeʼr poygasi” zörayib ketsa...

 

Söz şörlikni askarday tizib,

"Şeʼr bitdim”, - deb tursa şoirça.

Köngil şeʼrdan ketarkan bezib,

Şoirçani tuşunguningça.

 

Ustolimda dasta-dasta şeʼr,

Yiğilişib xirmon böladi.

Gar taxlasam uni birma-bir,

Balki oyga narvon böladi.

 

Varaqlasam, bitta-bittalab,

Sözlar uvol... uvol şunçalar.

Fikr sayoz, yöq şeʼriy talab,

Şeʼr bölarmi xarob bunçalar?

 

Erkin Vohid kelsa tirilib,

"Sözga tegma, hay-hay!” – der edi.

Yo Matmusa çunon berilib,

Yaxşiroq "şeʼr” öqiyar edi...

Azizlar, biz ijod ahli şeʼrni şeʼrday tuşunib, yurakdan his qilib yozganlarni juda qadrlaymiz. Yaxşi ijod mahsulini körsak, bir-birimizga suyunçilab, ardoqlab, albatta, özimizdan qöşib-çatib gazeta sahifasiga joylab, xalqqa yetkazişga oşiqamiz. Havaskor qalamkaşlarning orzulariga qanot bölmoq, ularning maşqlarini avaylabgina muxlislarga yetkazmoq bizga nasib etsin-u tumanimizdan haqiqiy söz fidoyilari yetişib çiqsin!

Robiya YÖLDOŞEVA, jurnalist.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026