21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 18:16
👁 8,962

ISTIQLOLNING OYDIN YOʻLLARIDA

ISTIQLOLNING OYDIN YOʻLLARIDA

Mamlakatimiz mustaqilligining 22 yilligi oldidan

Bobur nomli ovul:

Soʻlim yozning ikkinchi oyi ham poyoniga yetayotir. Oʻtayotgan har bir kunimiz bizni mamlakatimiz mustaqilligining 22 yilligi nishonlanadigan qutlugʻ sanaga tobora yaqinlashtirmoqda.

Buyuk bobokalonimiz Bobur nomi bilan ataluvchi ovul odamlari ham eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz – Mustaqilligimizning 22 yilligini halol mehnatlari ila yorugʻ yuz bilan qarshi olmoqdalar.

Ovulda 647 xonadonda 5400 nafardan ziyod turli millat vakillari ahil-inoq yashashmoqda va mavjud 7 ta fermer xoʻjaliklarida, taʼlim, tibbiy muassasalarda va boshqa korxona, tashkilotlarda mehnat qilishmoqda.

Ovulda 2 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta kasb-hunar kolleji, 2 ta bolalar bogʻchasi, 1 ta madaniyat klubi, 1 ta dorixona, 1 feldsher-akusherlik punkti, "Amudaryo-tutunuv” jamiyatiga qarashli 1 ta doʻkon, 11 ta xususiy doʻkonlar, 1 ta goʻsht doʻkoni, 14 ta maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari aholi xizmatida.

Mustaqillikning oʻtgan 22-yili ovul odamlari hayotida ham asrlarga tatigulik yangilanishlar, bunyodkorlik ishlari, oʻzgarishlar davri boʻldi. Ular mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va ravnaq toptirish, toʻkin va osuda turmushimizning barqaror boʻlishi uchun samarali mehnat qilmoqdalar.

 

Istiqlol bergan imkon

sababli oʻz oilasi iqtisodini yaxshilab, qoʻni-qoʻshnilarini ham ish bilan taʼminlab, eldan olqish olayotganlarning biri ovul tadbirkori Bahrom Yoʻldoshevdir. U avval "Bahrom-Lolagul” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tuzib, mashinalarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi tashkil etdi va ikki kishini ish bilan taʼminladi. Ovul yoshlarining ayrimlari ishsiz ekanligini koʻrib, tikuvchilik tsexi ochdi va uch nafar qizni ishga oldi: Yulduzxon Yoʻldosheva, Oygul Eshniyozova, Gulzebo Mamatsoliyevalarning qoʻlidan chiqqan bejirim liboslar hammaga manzur boʻlyapti.

Tadbirkor odamga ish koʻp ekan. Bahrom Yoʻldoshev masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyat turini kengaytirib, tikuvchilik tsexi yonginasida maxsus bino qurib, nonvoyxona ham ochdi. Bu yerda ham uch nafar hamqishlogʻi - Nazira Bobojonova, Hayitbika Otajonova, Saida Qutlimurodovalar doimiy ish bilan band.

Kuniga ularning qoʻlidan chiqadigan 130-150 dona atrofidagi issiq choʻraklarga xaridor doim tayin. Agar toʻy-maʼrakalardan buyurtma boʻlsa, bundan ham koʻp non yopishadi. Qulay sharoitda ishlab, mehnatlariga yarasha haq olayotgan, turmushidan koʻngli toʻq qizlar yopgan choʻraklar koʻrgan koʻzni quvontiradi.

Boburlik yana bir tadbirkor

Ramat Qozoqboyev bundan ikki yil oldin xususiy doʻkon ochdi-yu pedagoglikdan, turmush oʻrtogʻi Sanobar tibbiyot sohasidan voz kechishdi. Ovul markazidagi ulkan yoʻl boʻyida ovul koʻrkiga-koʻrk qoʻshib turgan zamonaviy andozalarga mos doʻkonni qurishdan oldin savdo-sotiq faoliyatini uylarida boshlashdi. Turli zarurat bilan kelib "rahmat”, "baraka toping”, - deya ovuldoshlarining alqab ketishlari ularga qanot boʻldi, savdosini kengaytirib, maxsus doʻkon qurishdi.

Hozir Ramat Qozoqboyevning doʻkonida sifatli va arzon shirinliklar, bolalar va kattalar kiyim-kechaklaridan tortib poliz va sabzavot muhsulotlari ham bor. Er-xotinning qoʻli mijozlarga savdo qilishdan boʻshamaydi.

- Ovuldoshlarimizning shunday doʻkonga ehtiyojini sezib, oʻqituvchilikni yigʻishtirib qoʻyishga majbur boʻldim. Axir yurtga qayerda koʻproq foydang tegsa, shuni tanlash kerak-da, - deydi Ramat Qozoqov kulib.

U tadbirkor boʻlib adashmadi. Oilasi iqtisodini yaxshiladi, hovli-joyini obod qildi, "Gazel” rusumli yangi avtomashina sotib oldi. Bundan ruhlanib doʻkoni yonida oshxona qurishni ham moʻljallayapti.

Har ishda meʼyor, intizom boʻlsa, barakasi ham boʻlarkan. Savdo-sotiqdagi barcha amaldagi tartiblarga rioya qilib, savdo tushumlarini kassa apparatiga kirim qilib, namunali savdo xizmati koʻrsatib, eldoshlari olqishini olayotgan oilaviy tadbirkorlar Ramat Qozoqov va uning ayoli Sanobardan ovul ahli mamnun.

 

"Boʻz yop” ovuli:

"Boʻzyop”ni kezganda...

Yaxshidan nom ham, yaxshi ishlar ham meros boʻlib qolar ekan. Tumanimizning eng olis, chekka hududi "Boʻzyop” ovulini bamaylixotir bir kezsangiz, bunga oʻzingiz ham amin boʻlasiz. Dov-daraxtlarga burkangan fayzli koʻchalar, ravon yoʻllar, muhtasham hovli-joylar, zamonaviy meʼmoriy uslubda qurilgan xizmat koʻrsatish shoxobchalari, bu yerlik aholining turmush darajasi yuksakligini koʻrsatib turibdi. Beixtiyor hayotini shu elga bosh boʻlib, odamlar toʻq va farovon yashashi uchun baxshida etgan, ziroatchilikda oʻziga xos ulkan maktab yaratib, kelgusi avlodlarga meros qilib qoldirgan rahmatlik Tursunboy Sherjonov esimizga tushdi.

Bugun "Boʻzyop”da istiqlol bergan imkoniyatlardan unumli foydalanib, bor qobiliyatlarini ishga solayotgan va el dongʻini chiqarayotgan, sobiq otaxon rahbarning izdoshlari juda koʻp. Buni har yili 1146 gektar yerda dehqonchilik qilib, rizq-roʻzimizni undirayotgan 15 ta paxtachilik va gʻallachilik bilan shugʻullanayotgan fermer xoʻjaliklari misolida ham, ovul ahli hayotining tobora yuksalib borayotganida ham koʻrishimiz mumkin. Ovuldagi mavjud 784 ta xonadonning oʻz qoramoli, 674 tasining shaxsiy texnika vositalari, shundan 607 tasining yengil avtomashinalari borligi fikrimizning isbotidir.

 

El dongʻini yurtga yoygan mulkdor

Ovuldagi "Aytboy Otaxon” fermer xoʻjaligi 120 gektar paxta maydoniga ega yirik xoʻjaliklarning biri. Bu yerlar 71 nafar ijarachilarga shartnoma asosida boʻlib berilgan.

Har yili paxta, gʻalla va boshqa qishloq xoʻjalik ekinlaridan moʻl hosil olinayotganligi bois, xoʻjalikning, ijarachilarning ham moddiy manfaatdorligi yaxshi.

Xoʻjalik rahbari Matnazar Aytboyev har yili olingan daromad hisobiga texnikalarning sonini koʻpaytirishga, unumli ishlashiga erishayapti. Hozir xoʻjalikda 1 dona "Altay” rusumli, 2 dona "MTZ” rusumli, 1 dona "Vt-150” rusumli traktorlari bor. Yerni ekishga tayyorlashdan tortib, yigʻishtirib olingunicha boʻlgan barcha ishlarni xoʻjalikning oʻz texnikalari bajaradi. Birovdan koʻmak soʻrashmaydi.

Ogʻirini yengil qilayotgan texnikalarni koʻz qorachigʻiday saqlash uchun fermer maxsus ustaxona ham qurib olgan. Bu yerda zarurat boʻlmagan traktorlar maxsus bostirma ostida yomgʻir, oftobdan panada saqlanadi.

Bugungi kungi fermer nafaqat mirishkor dehqon, balki tadbirkor hamdir. Oʻz oilasi, xoʻjaligidan ortib, xoʻjalik mehnatkashlariga ham qayishayotgan Matnazar Aytboyev sholi va bugʻdoy xorozlarini ham qurib, el xizmatida qoʻyibdi. Qurilib, shay holga kelib turgan nonvoyxona ham yaqin kunlarda ishga tushiriladi va yana uch nafar shu yerlik ayol-qizlar ishga joylashadi.

Ayni kunlarda xoʻjalik paxta dalalarida gʻoʻza parvarishi bilan bir qatorda chekankalash ishlari ham qizgʻin olib borilayapti. 35 gektardagi gʻoʻzalar chekankasi olindi. Jami paxta maydonlari 4-marta sugʻorilib, qator oralari yumshatildi. Kumush Qarchigʻayeva, Ollayor Xudoyberganov, Rasul Omonov, Davron Tursunboyevlar bu ishlarda barchaga oʻrnak.

Paxtachilikdagi barcha agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida va maromida olib borilayotganligi tufayli gʻoʻzalar rivoji koʻzni quvontiradi, oralarida begona oʻt yoʻq.

Xoʻjalik faoliyati bilan yaqindan tanishgan odam el dongʻini elim deganlar yoyadi, degan soʻzlarni esga olishi shubhasiz. Ha, fermer Matnazar Aytboyev faqat dehqonchilikdan yuqori hosil olishnigina emas, shu el odamlari manfaatlarini ham koʻzlab ishlaydiganlardan.

 

Kuyuk koʻpir ovuli:

Xalqaro valyuta fondining kuyuk koʻpirlik xodimi

Zamon tezkor, zamon shiddatli. Bugungi kun yoshlarining salohiyati, bilimi va intilishlari ham shunga monand. Goh u, goh bu sohadagi yoshlarning yutuqlarini eshitib, quvonamiz, ertagi kunimiz yanada nurafshon boʻlishiga ishonchimiz ortadi. Chunki kelajak ularning qoʻlida.

Tumanimizning Kuyuk koʻpir ovulida 1985-yilda tugʻilib, tuproqli yoʻllardan qatnab, ovuldagi 19-sonli umumtaʼlim maktabida oʻqigan Botir Boltaboyevni vaqt kelib oʻz ilmi, iqtidori bilan barchani hayratga solar, deb hech kim xayoliga keltirmagan boʻlsa, ehtimol?

U umumtaʼlim maktabini tugatgach, Toshkent shahridagi litseyda uzluksiz taʼlimni davom ettirdi. Litseyda u mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan iqtidorli bolalar bilan oʻqish jarayonida ulardan qolishmaslikka, ustozlari oldida uyalib qolmaslikka urindi, tinmay oʻqidi, oʻrgandi. Bu yerda olgan bilimlari, tufayli Oʻzbekiston Milliy Universitetining iqtisodiyot fakultetiga oʻqishga kirdi. Talabalik yillari uning uchun kamolot sari intilish yillari boʻldi. Mamlakatimizda mustaqillik tufayli yoshlarning oʻqib ilm olishi, ijodiy izlanishi, qobiliyatlarini ishga solishi uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalandi.

Oliygohni 2007-yilda tugatib, Toshkent shahridagi firmalardan birida iqtisodchi boʻlib ish boshladi. Bu bilan chegaralanib qolmay, 2008-yilda mustaqil ravishda internet orqali turli mamlakatlar oliy oʻquv yurtlarining saytlaridagi magistraturaga qabul boʻyicha eʼlon qilingan testlarini ishlab, joʻnatib turdi. Shunday kunlarning birida Avstraliyaning Melburn shahridagi Monash universitetining grantini yutib, magistraturaga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarni internet orqali bilganida goʻyo orzulardan qanot bogʻlab koʻkka uchdi. Axir quvonmay boʻladimi, oddiy qishloq bolasi shunchalar ilm egallasa, yana ingliz tilida sinovdan oʻtib, dunyoga mashhur oliygoh magistranti boʻlsa!

Otasi Abdulla Boltaboyev, onasi, opalari Toshkentdaligida sogʻinib, qoʻmsab, uning oliygohni tugatishini kun sanab kutishgan boʻlsa-da, uning yutugʻidan oʻzlarida yoʻq quvonishdi. Axir ota-onaga farzandi kamolidan-da ortiq baxt bormi?

Botir Boltaboyev Monash universiteti magistarturasida oʻqishini tugatib, yana bir yil doktoranturada ham oʻqidi. Oʻqish bilan bir qatorda bakalavr bosqichidagi talabalarga dars berdi. Oʻz ixtisosligi boʻyicha dars berish qanchalik maroqli boʻlsa, talabalarning Oʻzbekiston, ona yurti haqidagi savollariga ham jon-jon deb erinmay javob berardi.

U doktoranturada oʻqish davomida doktorlik dissertatsiyasi ustida ham ish boshladi. Oʻqishi yakunida internet orqali dunyoning turli mamlakatlari davlat tashkilotlari va nufuzli xalqaro kompaniyalar vakantsiyalari bilan tanishib, Vashingtondagi xalqaro valtyuta fondi tomonidan eʼlon qilingan vakantsiyaga oʻzi haqidagi rezyume (maʼlumotlar)ni joylashtirdi. Maʼlum vaqtdan soʻng xalqaro tashkilot maʼmuriyati uni suhbatga chaqirdi. Chuqur iqtisodiy bilimi, ingliz tilida ravon gapirishi, savollarga aniq va toʻkis javob berishi Botirga muvaffaqiyat keltirdi, suhbat ijobiy baholandi va ishga qabul qilindi.

Yaqindagina, soʻlim yoz oqshomlaridan birida Abdulla Boltabovnikida kelin toʻyi boʻldi, oʻgʻli Botirni uylantirishdi. Hayot yoʻllari Vashingtonga chorlab turgan Botir Mangʻitning oliy maʼlumotli, aqlli, oʻqituvchi qiziga uylandi. Ular hozir Toshkentda, Vashingtonga joʻnash arafasida.

Yoshgina jussasida dunyoni lol qoldirgan buyuk bobokalonlarimiz aqlu zakosi, qatʼiyati, intilishi va fidoyiligi jo boʻlgan Botir Boltaboyevga oq yoʻl tilab qolamiz. Yoshlik gʻayrat-shijoati ila bundan-da yuksak choʻqqilarni zabt etib, tumanimiz, mamlakatimiz shaʼnini yuksak koʻtarishiga tilakdoshmiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026