ÖQUVÇILARIM YuTUQLARIDAN KUÇ OLAMAN
Yoşlarga kasb-hunar, ilm, sanʼat sirlarini örgatiş oddiy bir qaraşda oson işday tuyuladi. Biroq uning masʼuliyatini murabbiy ustozlargina sidqidildan his qilişadi. Axir özingdan nimanidir örganiş umidadagi bolalarning köngliga yöl topiş, örgatganlaringni özlaştirişlariga erişişning özi bölmaydi. Şogirdlaringning yutuqlarini körganingda bu maşaqqatlarning bari unutilib ketadi, könglingni faxr egallaydi.
Men 2015-yilda "Çoyköl” ovulidagi Madaniyat va aholi dam oliş markazi binosida 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabining filialini oçganimda hududda yaşovçi ota-onalar quvonib, farzandlarini olib kelişgan edi.
Qobiliyatsiz bolaning özi yöq, aslida. Biz murabbiylarning vazifamiz ana şu yaşirin qobiliyatni aniqlab, rivojlantirişga kömaklaşişdir.
Ovul yoşlaridan saralab, 8 nafarini öqişga qabul qilgan edik. Ularning orasida ötgan ikki yil davomida öz iqtidorini namoyon etib, turli körik-tanlovlarda faxrli örinlarni egallab kelayotganlari ham bor. Masalan, 2-dutor sinfi öquvçisi Zilola Qodirova dutor bas sozi böyiça uç yilda bir marta ötkaziladigan Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi körik-tanlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faxrli ikkinçi örinni egalladi va ikkinçi darajali diplom bilan taqdirlandi.
Şuningdek, yana bir öquvçimiz, afğon rubobi sinfining 2-sinfi öquvçisi Elbek Tursunboyev anʼanaviy sozandalik yönalişi böyiça qatnaşib, ikkinçi öringa sazovor böldi.
Respublikamizdagi jami 22 ta Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining 500 nafardan ziyod öquvçilari turli yönalişlarda ğoliblik uçun kuraşgan uşbu nufuzli körik-tanlovda öquvçilarimning erişgan bu yutuqlari meni juda quvontirdi, bolalar bilan yanada qunt bilan şuğullanişga undadi.
Komiljon MUROTOV,
9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶