22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 16:29
Jamiyat 👁 7,774

SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

Yurtimizda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida inson manfaatlarini taʼminlash, odamlar bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy ehtiyojlarini oʻrganish va mavjud muammolarini hal qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalq qabulxonalari hamda virtual qabulxona bu yoʻlda muhim vosita boʻlmoqda. Ularga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish va joyida hal qilish maqsadida 5-iyun kuni tuman hokimligida sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudoybergenov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuratura, qator vazirliklar, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi va virtual qabulxonaga yoʻllangan murojaatlar mualliflari bilan shaxsan muloqot qildi.

Murojaatlarning aksariyat qismi mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish, ish bilan bandlik, pensiya, moddiy yordam va ijtimoiy nafaqalarning toʻlanishi, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi taʼminotidagi uzilishlar, tibbiy xizmat, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, qurilish uchun yer ajratish, yoʻl va koʻpriklarni taʼmirlash borasidagi muammolardan iborat.

Sayyor qabul davomida aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarning ayrimlari shu yerning oʻzida yechimini topdi.

Xususan, "Besh-ovul” mahallasida yashovchi fuqaro S.Altiyev Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumaniga ishga borganida, tegishli tartibda vaqtinchalik roʻyxatda turgan boʻlishiga qaramasdan, IIB xodimlari tomonidan unga huquqbuzar sifatida bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan muloqot davomida hodisa atroflicha oʻrganilib, haqiqat qaror topdi – ish S.Altiyevning foydasiga hal qilindi.

"Oʻrta-qala” ovulida yashovchi fuqaro B.Anorova oʻgʻli J.Safarbayevning chap yonbosh suyagida oʻsimta paydo boʻlgani sababli ushbu oʻsimtani xorijda jarrohlik yoʻli bilan oldirib tashlash uchun moddiy yordam soʻrab, virtual qabulxonaga murojaat qilgan edi. Sayyor qabul davomida Toshkent shahri onkologiya ilmiy tekshirish institutiga Rossiya federatsiyasidan malakali shifokorlar amaliy yordamga kelishi munosabati bilan J.Safarbayev bepul jarrohlik amaliyotidan oʻtkaziladigan boʻldi.

"Qilichboy” ovulida yashovchi fuqaro A.Rajapov "Shimolgaztaʼminot” unitar korxonasining Amudaryo tumangaz filialiga qarashli Xolimbeg ovulidagi aholiga suyultirilgan gaz ballonlarni tarqatish servis markazida bir qator kamchiliklar mavjudligini bayon qilib, murojaat yoʻllagan edi. Natijada "Xalq banki” tuman filiali tomonidan mazkur servis markazida sayyor kassa tashkil qilindi.

Fuqaro B.Bozorbayevning qish mavsumida tabiiy gaz bosimi past boʻlishi haqida, J.Xaytimbetovning A.Yassaviy koʻchasida joylashgan xonadonlarni ichimlik suvi bilan taʼminlash boʻyicha yozgan murojaatlari, shuningdek, 1-guruh nogironi J.Sultonovning moddiy yordam soʻrab yozgan arizasi, kasb-hunar kollejini tamomlagan fuqaro N.Haytakovaning ishga joylashish toʻgʻrisidagi, fuqarolar J.Oʻrazimbetov va R.Sariboyevlarning nogironlik aravachasi olishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatlari ijobiy yechimini topib, qanoatlantirildi.


Sayyor qabul davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan yoʻllangan hech bir murojaat javobsiz qolmasligi, ariza, taklif va shikoyatlar tegishli tartibda oʻrganib chiqilib, qonuniy muddatda javob qaytarilishi, bu masala shaxsan muhtaram Prezidentimizning nazoratida ekanligi qayd qilindi.

 

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026