21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 19:35
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,888

FERMERNING BIR KUNI

FERMERNING BIR KUNI

(Lavha)

Matnazar ogʻa oʻrnidan turib, joriy yil koʻklamida anhor boʻyidagi uzum koʻchatlari ekilgan bir gektarlik dalaga kelganida ufq qip-qizarib, quyosh ohista yerdan bosh koʻtarayotgan edi. Tongning salqin havosida deyarli xatosiz unib chiqqan, novdalari uch-toʻrt qarich boʻlib qolgan uzum koʻchatlari yaproqlaridagi shudring yaltirab koʻrinadi. Ajib manzara...Yaqindagina yaydoq boʻlib yotgan yerda uzumzor bunyodga kelayapti. Koʻchatlar oraligʻiga ekilgan pomidor palak yoyib, mevalari sirgʻilib turibdi.

– Yer saxiy-da, – xayolidan oʻtdi ogʻaning, – mehnat qilgan odamdan saxovatini ayamaydi. Mana shu bir gektarlik dalaning oʻzi hali nasib qilsa, xoʻjalikka qancha-qancha foyda keltiradi.

U oʻz oʻylaridan oʻzi quvonib, yondosh dala – bugʻdoyzorga oʻtdi. Boʻliq boshoqlari egilib, chayqalib turgan sap-sariq rangdagi bugʻdoyzordan totli don hidi anqib turibdi. Bugʻdoyzorning bu yilgi hosili ham oʻtgan yilgidan kam emas. U shu dalalarda bir necha soatlardan soʻng oʻrim-yigʻim boshlanishini, bulturgi kuzakdan beri qilingan mehnat natijasi xirmonga tushishini oʻylab, shirin entikdi. Keyin gʻoʻza qator oralari qoʻshimcha ravishda yumshatilayotgan paxta dalasiga oʻtdi. Mexanizatorning ishidan koʻngli toʻlib, xoʻjalik ustaxonasi yonidagi sholi, bugʻdoy xorozlarini ham bir koʻrib oʻtay, deb oʻyladi. Axir xorozlar doim ishlab turmasa, xoʻjalikdagi aholining ehtiyoji tugʻilsa, qopini koʻtarib, yoʻl bosib, boshqa hududlarga borib ovora boʻlishadi-da. Ogʻaning bu borada oʻzi hamisha amal qiladigan qoidasi bor: mehnat qilgan odamga zarur sharoitlarni yaratib berish ham kerak. Shundagina ular oʻz mehnatidan, turmushidan rozi boʻladi. Bu tuygʻu esa ularni yana ham unumli ishlashga undaydi. Buni "Boʻzyop” ovulidagi "Aytboy Otaxon” fermer xoʻjaligi raisi, qariyb 30-yildan beri shu hududda brigada boshligʻi, fermer xoʻjaligi raisi boʻlib, eldoshlari bilan bir yoqadan bosh chiqarib, koʻngliga yoʻl topib mehnat qilib kelayotgan Matnazar ogʻa Aytboyev juda yaxshi biladi.

Shundanmi, oʻtgan yillar davomida u rahbarlik qilib kelayotgan fermer xoʻjalikda qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirishning barcha turlari boʻyicha rejalar ortigʻi bilan, hatto 150-160 foizga ado etib kelinmoqda.

Shu boisdan ham u 2015-yilda "Qoraqalpogʻistonda eng ilgʻor fermer” deb topildi, erishayotgan yutuqlari, ish tajribasi nafaqat tumandagi, balki respublika miqyosidagi barcha fermer xoʻjaliklariga namuna sifatida koʻrsatilib, xoʻjalik dalalarida chigit ekish, gʻoʻza qator oralariga ishlov berish, oziqlantirish va sugʻorish ishlarini tashkil qilish boʻyicha besh marta koʻrgazmali seminar oʻtkazildi.

Ogʻa dehqonchilik borasida ish yuritish, odamlar bilan ahillikda ishlashish toʻgʻrisida suhbatlashishdan charchamaydi. Xoʻjalik hududidagi xonadonlarning tomorqalari ham uning nazaridan chetda qolmaydi. Birini yaxshi ishlari uchun "Barakalla!” deb alqab oʻtsa, biriga yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi.

– Dehqonchilik – serzahmat ish, – deydi Matnazar ogʻa bu haqda. – Baʼzan vaqt bilan hisoblashmay ishlashga toʻgʻri keladi. Shunday qiyin-qistovli kunlarda horidim, demay mehnat qilgan odamlardan jonimni ham ayagim kelmaydi.

Fermer ogʻa xoʻjalik ishchilariga munosabatini shunday debgina ifodalab qoʻysa-da, aslida barcha, 95 nafar ishchilarini juda aziz tutadi. Keyingi uch yilda kam taʼminlangan oltita oilaga xoʻjalik hisobidan qoramol, 20 ta oilaga 9,5 mln. soʻmlik moddiy yordam berildi, ishchilarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish uchun har yili 2,5-3 mln. soʻmlik mablagʻ sarflanmoqda, ishchilarga va kam taʼminlangan oilalarga 18 tonna bugʻdoy tarqatildi.

Fermer xoʻjaligida yildan-yilga rentabellik oshayotgani sababli har yilgi foyda hisobiga sotib olingan texnikalari soni hozir 19 taga yetdi. Yerlarni ekishga tayyorlashdan tortib, ekish, parvarishlash, hosilini yigʻishtirib, davlat xirmoniga topshirishgacha boʻlgan ishlarda  xoʻjalik faqat oʻz texnikasidan foydalanadi. Bu – olingan foydaning tejalashiga sharoit yaratadi.

Fermer ogʻa dehqonchilikdagi tajribalaridan kelib chiqib, sugʻorishdan oldin gʻoʻza qator oralariga 30-35 sm. chuqurlikda ishlov berib, yerni qoʻshimcha ravishda yumshatadigan moslama yaratdi va oʻz tajribasida qoʻlladi. Natijada tuproq unumdorligi oshib, hosildorlik 3-4 tsentnerga koʻtarildi. 15 bosh qoʻy-echki, 18 bosh yirik shoxli qoramol, 280 ta parranda, 30 quti asalari, 16 sotixlik hovuzdagi baliqchilikdan keladigan daromadlar ham chakki emas. Fermer ogʻa ikki oʻgʻil, toʻrt qizni ana shunday halol mehnatlari evaziga kamolga yetkazib, oliy maʼlumotli, uyli-joyli qilmoqda, ishchilarning ham turmushi farovon.

Shuning uchun ham Matnazar ogʻaning yoʻlini hech biri kesib oʻtmaydi, soʻzini ikki qilmaydi. Elning hurmat-ehtiromi esa uni yana ham unumli ishlashga undayveradi.

– Matnazar Aytboyevda hali bir emas, bir necha yigitning kuchi, intilishi bor, – deydi u haqda "Boʻzyop” ovul fuqarolar yigʻini raisi Maxsud Xolmurodov. – Keyingi yillarda fermer xoʻjaligida uch sotixlik issiqxona tashkil etilib, pomidor, bulgʻor qalampiri, ertagi karam koʻchatlari yetishtirilib, hudud aholisi tomorqa xoʻjaligi rivojlanishini taʼminlayapti. 2015-yilda sigʻimi 100 tonnalik qishloq xoʻjalik mahsulotlari saqlashga moʻljallangan zamonaviy sendvich panelli muzlatgich qurilib, ishga tushirildi va aholiga arzon meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetkazib berilayapti.

... Xoroz oʻrnatilgan bino oldida, mevali, manzarali daraxtlarning quyuq soyasida biroz dam olib, xayolga berilgan Matnazar Aytboyevning fikrini choʻntagidagi qoʻl telefoniga kelgan qoʻngʻiroq ovozi boʻldi. Qoʻngʻiroq qilayotgan ovul oqsoqoli ekan.

– Hozir, nonushta qilib olib, oldingizga oʻtaman, bir maslahatli ish bor, – dedi u oqsoqolga.

Maslahatli ish... Uni Matnazar ogʻa anchadan beri oʻylab yurgandi: xoʻjalik ishchilaridan bir-nechasiga hovli solish uchun yer uchastka kerak. Agar xoʻjalik hududidagi foydalanilmay yotgan yerlarga uy-joylar qurish uchun tuman hokimligiga taklif berilsa, hovliga muhtoj yangi oilalar yer uchastka olishlari mumkin boʻlardi-da.

– Ajoyib xalqimiz bor-da, – xayolidan oʻtdi uning. – Oila qurgach, alohida hovli solib, bovur bosib, unib-oʻsib yashagisi keladi. Ilohim, hammalari niyatlariga yetsin!

Xoʻjalik daromadlari hisobiga xarid qilingan "Kaptiva” rusumli mashinasiga oʻtirib, yoʻlga tushar ekan, Matnazar ogʻaning xayoliga hududdagi maktabga kirib, taʼmirlash ishlaridan ham xabar olish fikri keldi. Axir shu hudud bolalari oʻqiydigan maktabdan xabar olib turmasa, insofdan boʻlmaydi-da.

U bugungi kun uchun rejalagan ishlari bilan andarmon boʻlib yurganida tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimidan hokimlikda bugʻdoydan boʻshagan dalalarga takroriy ekinlarni ekishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlishini, yigʻilishda bu boradagi tajribalarini gapirib berishi lozimligini xabar qilishdi.

Yigʻilish qosh qorayganda tugadi. Fermerning yana bir ish kuni poyoniga yetib borardi.

Fermerning bir ish kuni... Fermer xoʻjaligi tashvishlari bilan oʻtadigan uning har bir kuni yaratish, bunyodkorliklar sari muhim bir qadamdir. Shuning uchun ham har soniyasi qadrli.

Shunday turmush tarzi, halol mehnat bilan oʻtadigan kunlar Matnazar Aytboyevni el orasida obroʻli, eʼtiborli qildi, kamol toptirdi, "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻsratgan paxtakor” faxriy unvoniga savzovor etdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026