21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 14:36
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,721

TAKRORIY EKIN YeRNI BOYITADI, XALQIMIZ DASTURXONIGA FAYZ BAGʻIShLAYDI

TAKRORIY EKIN YeRNI BOYITADI, XALQIMIZ DASTURXONIGA FAYZ BAGʻIShLAYDI

Oʻzbekiston zaminining moʻʼjizakor goʻzalligi, serhosilligi, bu zaminda yetishtirilgan neʼmatlarning betakror taʼmi yurtimiz mehmonlarida hamisha havas va hayrat uygʻotadi. Mutaxassislarning fikricha, qishi iliq va qisqa boʻlgan yurtimiz sharoitida yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari quyosh nuriga yaxshi toʻyinganligi bois, oqsil va vitaminlarga boyligi bilan yer yuzining  boshqa mintaqalarida yetishtirilgan mahsulotlardan keskin farq qiladi.

Mamlakatimizning tuproq-iqlim sharoiti qishloq xoʻjaligi ekinlarini yil boʻyi ekib, 2-3-marta hosil olish imkonini beradi. Bu esa xalqimiz dasturxoniga toʻkinlik, hayotiga farovonlik baxsh etadi.

Shu yilning 1-iyunidagi "2017-yil hosili uchun gʻalladan boʻshagan maydonlarga takroriy ekin sifatida oziq-ovqat ekinlarini joylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qishloq xoʻjaligida oz mehnat va xarajat talab etiladigan energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanib, mahsulot tannarxini kamaytirish, dehqonchilikda noanʼanaviy usullarni qoʻllagan holda bugʻdoydan boʻshagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish orqali  xalqimiz turmushi farovonligini yanada yuksaltirishni nazarda tutadi.

Prezidentimizning ushbu Qarorini  hayotga tatbiq etish maqsadida tumanimizdagi 379 ta fermer xoʻjaliklarining barchasida gʻalladan boʻshagan maydonlarga poliz va sabzavot, shuningdek dukkakli don ekinlarini ekish ishlari boshlab yuborildi. Chunonchi, 285 gektarmaydonga sabzavot ekinlari, 300 gektar yerga kartoshka, 200 gektariga kungaboqar ekilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, bir necha fermer xoʻjaliklarida jami 100 gektarlik soya plantatsiyalarini yaratish koʻzda tutilgan. Chunki soya tuproq unumdorligini saqlovchi va oshiruvchi xususiyatga ega. Shu bilan birga soya doni tarkibida yogʻ miqdorining koʻpligi, oqsillarga boyligi bilangina emas, poyasining oʻgʻitlilik darajasi bilan ham noyob hisoblanadi. Hosili yigʻib olingan soya ekilgan maydonlarga oʻsimlikning poyalari sochib yuborilsa, kelgusi yil hosili uchun zarur boʻlgan biologik oʻgʻitga aylanadi va tuproqning donadorligini oshiradi. Bundan ham muhimi, soya doni unga aylantirilib, bugʻdoy uni bilan omuxta non yopilsa, bunday non nafaqat shirin va yumshoq, balki toʻyimliligi, darmondorilarga boyligi bilan dasturxonlarimizga fayz, tanamizga quvvat bagʻishlaydi.

Bu yil fermerlarimiz 200 gektar yerga takroriy ekin sifatida mosh ekishga kirishdilar. Mosh oziqlik qiymati jihatidan bizning Amudaryo tumanimiz sharoitida yetishtiriladigan bugʻdoy va loviya donlaridan 1,5-2 baravar ustun turadi. Bundan tashqari, mosh vegetatsiya davrida tuproqda koʻp miqdorda biologik azot va organik moddalar toʻplab, yerning tabiiy unumdorligini oshiradi. Inson sogʻligi uchun oʻta muhim boʻlgan oqsil va vitaminlarga boy boʻlgan eng shifobaxsh don hisoblanadi. Moshning poyasi va ildizining qoldiqlari esa tuproq uchun tengsiz biologik oʻgʻit vazifasini oʻtaydi.

Demak, fermerlarimiz hech ikkilanmasdan gʻalladan boʻshagan maydonlarga dukkakli ekinlardan soya va mosh urugʻini eksalar, ham xalqimiz farovonligini, ham tuproqning agrofizik va  agrokimyoviy xossalarini oshirishni taʼminlaydilar.

Bizning tumanimiz tuproq-iqlim sharoitida takroriy ekinlardan sholidan ham moʻl hosil olish mumkin. Chunki sholi yer tanlamaydi, hatto shoʻr tuproqli yerlarda ham yaxshi oʻsib-rivojlanadi. Qolaversa, sholi ekilgan maydonlarda tuproqning hosildor qatlamida biologik va organik moddalar toʻplanib, yerning tabiiy unumdorligi oshadi. Bu esa sholi ekilgan maydonlarda bahorgi ekinlardan moʻl hosil yetishtirish imkonini beradi. Takroriy ekin sifatida sholi nihollarini koʻchatlab ekish usuli esa fermerlarimiz uchun yanada yuqori daromad manbai hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, tumanimiz tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, gʻalladan boʻshagan maydonlarda nafaqat yuqoridagi ekin turlaridan, balki kechki tarvuz, pomidor, qovun, bodring, sholgʻom, turp, loviya, makka, suli kabi ekinlardan ham moʻl-koʻl hosil olish mumkin. Faqat dehqonlarimiz bu ekinlarni ekish va parvarishlash agrotexnikasiga amal qilsalar, kifoya. Bu bilan xalqimiz dasturxoni toʻkin, hayotimiz esa yanada fayzli boʻladi.

Anvar YOʻLDOShEV,

tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

(Foto - https://sensorika.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026