21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:29
Jamiyat 👁 2,780

“Obod turmush yili“ yangiliklari

“Obod turmush yili“ yangiliklari

Tadbirda ona – Vatan madhi

Shu yilning 19-iyul kuni Nazarxon OFYda "Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, Mustaqil Oʻzbekiston!” shiori ostida adabiy-musiqiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda yigʻin faollari, hududdagi fermer xoʻjaliklari mehnatkashlari, yozgi taʼtilni maroqli oʻtkazayotgan maktab oʻquvchilari ishtirok etdilar. Tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimiga qarashli Qipchoq Madaniyat uyidan tashrif buyurgan bir guruh sanʼatkorlar ona-Vatan, doʻstlik va muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etishib, tadbir ishtirokchilarini xushnud etdilar.

 Qoʻli shirin nonvoy

Mangʻit shahrining "Boy ovul” mahallasida oilaviy tadbirkorlik, uy mehnati, kassanachilik faoliyati bilan shugʻullanuvchilar koʻpchilikni tashkil etadi.

Nonvoy Salomat Tilepov oilasining moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun chet elga chiqib ishlab kelayotganlarga ergashmadi. Aksincha,  oʻz oilasi bagʻrida yashab ham yaxshi turmush kechirish mumkinligini tengqurlariga isbotlay oldi. Mahalladoshlariga patir, yupqa non, obi non va choʻrak nonlar yopib berib, ularning ham olqishini, ham duosini olishga erishmoqda.

Barchaga manzur boʻldi

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan kun tobora yaqinlashmoqda. Shu munosabat bilan tumanimizning barcha hududlarida istiqlolimizni ulugʻlashga, mazmun-mohiyatini keng targʻib etishga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

18-iyul kuni "Olmazor” mahallasida ana shunday tadbirlarning navbatdagisi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman kengashi raisi oʻrinbosari Sh.Yangiboyeva, tuman hokimligi mutaxassisi Gʻayrat Jumamurodov, "Kamolot” YoIH tuman boʻlimi xodimi M.Oʻrozboyev, hududdan xalq deputatlari tuman Kengashiga  saylangan deputat G.Ahmedovalar qatnashdilar va yigʻilganlarni yaqinlashib kelayotgan eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz – mustaqilligimizning 22 yilligi bilan qizgʻin qutladilar. Istiqlolni, Vatanni, ozod va baxtiyor zamonamizni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar barchaga manzur boʻldi.

  Moʻl hosil toʻplanmoqda

Iyul oyi – gʻoʻza parvarishida muhim palla ekinligini yaxshi his qilgan qilichboylik paxtakorlar bu davrning  har bir daqiqasidan unumli foydalanib, fidokorona mehnat qilishib, gʻoʻza tuplarida moʻl hosil toʻplashga erishmoqdalar.

Gʻoʻza parvarishi ishlari ayniqsa Qilichboy ovulining "Amirxon” fermer xoʻjaligida namunali tashkil etilmoqda.

90 gektar paxta maydonining har gektaridan 40 tsentnerdan "Oq oltin” hosili yetishtirishni niyat qilgan ushbu fermer xoʻjaligi paxtakorlari gʻoʻzalarni ikkinchi marotaba sugʻorish ishlarini ham qizgʻin boshlab yubordilar.

Gʻoʻza parvarishida fermer xoʻjaligi mexanizatorlari Bektemir Shermanov va Hayitboy Oʻrozmetovlar, tajribali suvchilari Shokir Oʻrozmetov va Qadamboy Raximovlar namunali mehnat qilmoqdalar.

 Zararkunandalarga qarshi kurash kuchaytirilmoqda

Tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadi tomonidan Toshkent bioorganika instituti bilan 2013-yil uchun shartnoma tuzilib, har ikki gektar paxta maydoniga bir donadan feromon tutqichlar va boshqada bir qancha oʻsimliklar zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan biomahsulotlar va vositalar olib kelingan edi.

Mana shu narsalardan oqilona foydalanish natijasida hozirgi kunda gʻoʻza zararkunandalarini keskin kamaytirishga erishilmoqda.

 "Doʻstlik” sistemasi taʼmirlanmoqda

Tumanimizda yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda kollektor-drenajlarning ahamiyati nihoyatda katta. Shu sababdan ham tumanda mavjud kollektor-drenajlarni tiklash va taʼmirlash ishlariga alohida eʼtibor berib kelinmoqda.

Tumandagi yirik kollektorlardan biri – "Doʻstlik” sistemasida 75 km. uzunlikda taʼmirlash va tiklash ishlari rejalashtirilgan boʻlib, shu kungacha uning 45 kilometrida jami salkam 300 mln. soʻmlik ish bajarildi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026