YoŞLARNI BUGUNGIDAY HUR DAVRNI QADRLAŞGA ÖRGATAYLIK
Men esimni tanigan paytlarimda qişloqlarda turmuş şaroiti juda oğir edi. Yoş-u qarining hayoti paxta bilan boğlangan, oilada yetti yaşardan yetmiş yaşargaça hamma yoz böyi ğöza parvarişida, kuzak kelsa, yiğim-terimida işlaşga majbur edi.
Şunday maşaqqatli yillarda ham ota-onam mening öqişimga eʼtibor berib, barça oğirliklarni özlariga olişgan.
Örta maktabni tugatgaç, avval Xiva şahridagi qişloq xöjalik texnikumini, keyinçalik Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika instituti (hozir şu nomdagi universitet)ni tugatdim. Dastlab tuman rahbariyatida mutaxassis, paxtaçilik xöjaligida partqöm, kasaba uyuşmasi raisi bölib işladim.
Oçiğini aytganda, öşa yillar hayotim doim qil ustida turgan desam, lof deb öylamang. Çunki işda hammaning köngliga yeta oliş, murosa qiliş oson emas. Dakki yegan baʼzi manfur kimsalar qildan qiyiq axtarib, zarba berişga intilişardi. Şunday "çaquv”lar qurboni bölib ketgan qança odamlarni bilaman.
Men ham bunday xavflardan xoli emasdim. Esimda, partqöm raisi bölib işlab yurgan vaqtlarimda kimdir meni ovulimizda bir diniy marosimga qatnaşdi, deb tuman rahbariyatiga yetkazibdi. U vaqtlar şukrona bilan xayr-ehson qilib, elga oş beriş ham eskilik sarqiti, deya baholanar edi-da. Xullas, rahbariyatdan öqigan, ilmli böla turib, xurofotga berilmasligim lozimligi töğrisida ogohlantiriş oldim.
Sobiq "Manğit” sovxozida kasaba uyuşma raisi lavozimida işlab yurgan kezlarim, bir kuni Nukus şahriga, şoşilinç yiğilişga borişimga töğri kelib qoldi. U paytlarda Amudaryoda köprik yöq, respublika markaziga kuniga ikki reys avtobus Turkmaniston davlati orqali qatnar, borib-keliş amrimahol edi.
Xullas, ertasiga bilsam, kimdir xöjalikka qaraşli bolalar boğçasiga kelib, bolalarning göştsiz şavla yeyotganini rasmga tuşirib ketibdi. Boğça taʼminoti mening zimmamda, aksiga olib, boğçada öşa kuni göşt tugab qolgan ekan.
Yaratganning marhamati bilan özimga otilgan toşlardan eson-omon qutulib qoldim.
Keyinçalik 40-sonli maktabda öqituvçilik qilib, 1994 yilda nafaqaga çiqdim.
Maqtaniş bölmasin-u sobiq ittifoq davrini va bugunimizning farqini, inson omiliga eʼtiborni yurak-yuragimdan his qilganim uçun ham mustaqillikning qadr-qimmati haqida yoşlarga gapirgim kelaveradi. Maktablarga uçraşuvlarga, mahallamizda ötkazilgan tadbirlarga çaqirişadi. Şunday damlarda baʼzi tengqurlarim "qöysangçi, biz keksalarga nima bor?”, degan istiholaga borişadi.
– Körgan, bilganlarimizni bolalarimizga aytaylik, – deyman ularga doim. – Axir ular ötgan kunlarimizni bilsagina bugungi hur zamonning qadriga yetişadi.
Ha, katta-yu kiçik eʼzozda yaşayotgan bugungiday farovon kunlarimizning taʼrifiga söz yöq. Ilohim, mustaqilligimiz abadiy bölgay, avlodlarimiz şu ozod va obod Vatanda baxtiyor yaşagay!
Soliy SOBIROV, xalq taʼlimi faxriysi.
(Foto - http://uzbekistonovozi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶