KAMALAKNING YeTTI JILOSI
Maktabgaça yoşdagi bolalarni har tomonlama soğlom, estetik va jismoniy rivojlantiriş hamda maktab taʼlimiga sifatli tayyorlaşda maktabgaça taʼlim muassasasi – oila – maktab – mahalla hamkorligini kuçaytiriş maqsadida Jahon bankining "Taʼlimdagi global hamkorlik” loyihasi doirasida 7 nomdagi kitob va qutidan iborat kitoblar töplami tumanimizning qişloq hududlarida yaşaydigan hamda 3-6 yoşdagi farzandlari maktabgaça taʼlim muassasalari (MTM)ga qatnamaydigan jami 2957 ta oilaga bepul tarqatildi.
Kitob özbek, qoraqalpoq va rus tilida bölib, ertak va şeʼrlardan iborat badiiy adabiyotlar va ota-onalar uçun farzandlarini maktabga tayyorlaşga möljallangan qöllanmalardan iborat:
"Oilada mutolaa qilamiz” deb nomlangan 1-kitobda bolalarga kitob öqib berişni nimadan boşlaş kerakligi, kitob öqişni qanday taşkil etiş lozimligi, bolalarni badiiy adabiyot bilan taniştirişga qöyilgan minimal talablar özbek va rus tilida berilgan.
"Kitoblar olamiga ilk sayohatim” nomli 2-kitob oilada ota-onalar va bolalar birgalikda öqişlari uçun möljallangan bölib, özbek xalq ertaklari va şeʼrlardan taşkil topgan.
"Mening sevimli kitobim” deb nomlangan 3-kitob avvalgi kitobning mantiqiy davomi bölib, undan oilada ota-onalar va bolalarning birgalikda öqişlari uçun özbek va rus xalq ertaklari va şeʼrlari örin olgan.
4-kitob "Kitoblar – mening döstlarim” deb nomlanadi. Unda oilada ota-onalar va bolalarning birgalikda öqişlari uçun döstlik, mehr-oqibat, millatlararo totuvlik haqidagi özbek va rus xalq ertaklari, şeʼrlari özbek va rus tillarida örin olgan.
"Salom, maktabim” deb nomlangan 5-kitobdagi ertak va şeʼrlar bolaga hayot haqida muayyan tasavvur berişi bilan birga mustaqil fikrlaşga, tanişgan asarlari böyiça xulosa çiqarişga örgatişga möljallangan.
"Olamni örganamiz” nomli 6-kitobdan tevarak-atrof va tabiat bilan taniştiradigan, bolaning ilk matematik tasavvurlarini rivojlantiruvçi qiziqarli asarlar, diqqatni va mantiqiy tafakkurni rivojlantirişga qaratilgan öyinlar örin olgan.
"Jahon xalqlari ertaklari” nomli 7-kitobga 3-7 yoşli bolalarga möljallangan dunyo xalqlari hayotiga oid 29 ta eng sara ertaklar kiritilgan. Bu kitob turli xalqlarning madaniyati, turmuş tarzi va urf-odatlari haqida hikoya qiladi.
Bolalarni maktabga tayyorlaş uçun yaratilgan qöllanmalar ota-onalarga yetkazib berilgandan keyin ularning farzandlari bilan qanday işlaşi kerakligini örgatiş, ularga maslahatlar berib turiş orqali köpdan-köp natijalarga erişişimiz mumkin böladi. Çunki kamalakning yetti xil rangi bölgani kabi 7 xil nomdagi bu qöllanmalar ham bolalar dunyosining şakllanişida juda katta ahamiyat kasb etadi.
Soliya BOBOJONOVA,
tuman XTMFMTTEB maktabgaça taʼlim muassasalari böyiça uslubçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶