MUASSASA UÇUN YaNGI BINO
Bugungi kunda maktabgaça taʼlim muassasalarida bolajonlarni ziyrak, çaqqon va soğlom qilib parvarişlaş asnosida maktab taʼlimiga sifatli tayyorlaş, zamonaviy bilimlarning boşlanğiç asoslarini öqitiş vazifa qilib qöyilgan.
Bizning 3-sonli maktabgaça taʼlim muassasamizda 3 guruhda 55 nafar kiçkintoylarga sifatli taʼlim-tarbiya berilmoqda. Bolajonlarimiz uçun şaxmat, şaşka, ingliz tili, mohir qöllar, raqs tögaraklari va "Zumradoylar davrasi” maşğulotlari doim maroqli ötadi.
Muassasamizda taʼlim-tarbiya işlari yaxşi yölga qöyilganligi bois, bolalarimiz maktabga qabul qiliş test sinovlaridan bemalol ötişmoqda.
Bu yil muassasamiz faoliyatida esda qolarli yil böladi. Çunki boğçamiz joylaşgan bino eskirganligi sababli investitsiya dasturiga muvofiq yangi, zamonaviy va qulay şaroitlarga ega bino qurilişi boşlab yuborildi. Bolajonlarimizni yangi binoda qabul qiladigan kunlarimiz tobora yaqinlaşmoqda.
Yana bir xayrli yangilik: muassasamizda kiçik kutubxona taşkil qildik. Bu xayrli işimiz ota-onalarga manzur bölib, kutubxona har kuni gavjum.
Ular kutubxonadan turli xil kitoblar olib ketib, bolalariga öqib berişayotgani yanada quvonarli. Kutubxonamizda 328 ta kitob bölib, kitobxon ota-onalar bilan Saidaxon Iskandarova doimiy muloqotda böladi. Bolalarni mustahkam irodali, barkamol şaxs qilib tarbiyalaşda badiiy asarning ahamiyati juda katta.
Ota-onalar muassasamizdagi bu xayrli işlardan minnatdor bölişmoqda.
Sayyora MATKARIMOVA,
3-sonli MTM mudirasi v.v.b.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶