PAXTAGA YoNĞIN XAVF SOLMASIN!
Ayni damlarda tumanimizda paxta yiğim-terimi qizğin pallaga kirdi. Yiğim-terim davrida yonğin xavfining oldini oliş, bebaho boyligimizni asraş har birimizning burçimizdir.
Şu maqsadda barça fermer xöjaliklarida paxtani quritiş örinlari, suv havzalari mavjud bölgan joylarga yaqin bölişi taʼminlandi. Paxta hosilini qabul maskanlariga eltişda traktor tirkamalariga ortilgan paxta ustiga, albatta, şolça yoki brezent yopilişi zarurligi barça fermer xöjaliklari rahbarlariga tuşuntirildi. Çunki, paxta qabul qiliş punktlarida va paxta dalalarida çekiş, oçiq olovdan foydalaniş hamda paxta hosilini yöl çetlarida quritiş qatʼiyan man qilinadi. Xirmonlar, paxta quritiş örinlari, yöl böylari hamda paxta qabul qiliş şoxobçalarida «Paxtani olovdan asraylik!», «Çekilmasin!», «Olovdan foydalaniş man qilinadi!» kabi tavsiyalar, körgazmalar va pannolar körinarli joylarga osib qöyilib, birlamçi yonğin öçiriş vositalari bilan töliq taʼminlandi.
«Amudaryo paxta zavodi» hissadorlik jamiyati hamda unga qaraşli paxta qabul qiliş şoxobçalarida paxta hosilini qabul qiliş işlari qizğin davom etmoqda.
Yiğim-terim mavsumida qatnaşayotgan köngilli haşarçilarning dam oliş joylarida yonğin xavfsizligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratildi, yonğindan saqlaniş mavzusida suhbatlar ötkazilib, yöriqnomalar va körsatmalar berildi.
Paxtani qabul qiliş şoxobçalarida köngilli yonğin öçiriş guruhlari tuzilib, guruh aʼzolariga tegişli vazifalar yuklatildi. Manğit şahar 3-sonli Kasbiylaştirilgan yonğin xavfsizligi qismi şaxsiy tarkibi va 2 ta jangovar ekipaj, «Amudaryo paxta zavodi» hissadorlik jamiyatining köngilli yonğin öçiriş guruhi va 1 ta jangovar ekipaji bilan paxta tozalaş zavodida va paxta qabul qiliş şoxobçalarida yonğin öçiriş böyiça amaliy maşğulotlar ötkazildi.
Bu yilgi «Paxta – 2017» yiğim-terim mavsumida ham faol qatnaşib, yonğin xavfsizligi bölinmasi xodimlarining körsatmalarini öz vaqtida bajarsak, milliy boyligimiz bölgan paxtani yonğindan asraşga va demakki, davlatimiz iqtisodini yanada yuksaltirişga öz hissamizni qöşgan bölamiz.
Hamro MATYoQUBOV, tuman IIB YoXB boşliği, mayor.
(Foto - http://uz24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶