JONKUYaR MUALLIMA
Men hayotning barça sinovlaridan ötib, oltmiş yoşni qarşilayotgan, qirq yil davomida pedagog bölib yoşlarga taʼlim-tarbiya bergan bir inson sifatida özim mehnat qilayotgan jamoadagi hamkasblarimiz tomonidan amalga oşirilgan işlarni va ularning natijalarini köz oldimga keltiraman. Şunday paytlarda xalqimiz tomonidan sevib tomoşa qilinadigan "Suyunçi” filmi boş qahramonlaridan biri Anzirat buvi töğrisida aytilgan "Qişloqning vijdoni” degan ibora "lop” etib miyamga keladi. Şunda yana ilgari jamoamizda mehnat qilgan va ayni kunda ham mehnat qilayotgan sözi bilan işi bir, talabçan, kamçiliklarga murosasiz kişilarni köz oldimga keltiraman. Demak, bunday insonlarni biz ham jamoamizning vijdoni deb atasak yaraşar ekan-da!
Biz yaqinda bor kuç-ğayratini, şijoatini yoş avlod taʼlim-tarbiyasiga baxşida etgan, uzoq yillar maktabimiz şaʼnini himoya qilib, şogirdlari mehrini qozongan fidoyi muallima Ayimjon Jumaniyozovani nafaqaga kuzatgan edik. Taʼbir joiz bölsa, u haqiqatan ham jamoamizning vijdoni edi.
Ayni kunda maktabimizda barça hamkasblarimiz özlarining işçanligi, yaxşi fazilatlari bilan hammaga örnak bölgan ustozlar kabi faoliyat körsatişga harakat qilişmoqda. Şunday hamkasblarimizdan biri – ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi Inobat Rajabova fidoyiligi bilan jamoamizning hurmatiga sazovor bölayotir.
Inobat Rajabova Xolimbeg ovulidagi örta maktabni tugatib, 2000-yilda Toşkent davlat pedagogika institutiga öqişga kirdi. Inobat uşbu oliygohni muvaffaqiyatli tugatib, 2004-yildan buyon ovuldagi 17-sonli maktabda muallimalik qilayapti.
Inobat Rajabova iş faoliyatining dastlabki kunlaridanoq öz kasbiga mehr qöydi, bugun keçagidan, ertaga esa bugungidan yaxşiroq işlaşga harakat qildi.
Maktab jamoasi Inobatni öz fanining bilimdoni, qatʼiyatli, boşlagan işini oxiriga yetkazadigan, öz kasbiga, jamoasiga sodiq muallima sifatida hurmat qiladi.
- Davlatimiz biz pedagoglarga bir qança şaroit va imkoniyatlar yaratib berayapti. Biz esa bunday imkoniyatlardan oqilona foydalanişimiz lozim, – deydi işçan muallima I.Rajabova.
Har bir darsini yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalangan holda taşkil etadigan bu muallimani barça öquvçilar hurmat qilişadi.
Maktabimizda Inobatning saʼy-harakatlari tufayli, biron bir ahamiyatga molik bölgan sana nişonlanmay qolmaydi. Uning öquvçilarini hali Sohibqiron Amir Temur, hali Uluğbek, Bobur siymosida yoki Nodirayu Uvaysiy siymosida körişingiz mumkin.
Öz kasbini sevib, fidoyilik namunalarini körsatib mehnat qilayotgan muallima Inobat Rajabova öz şogirdlari bilan turli körik-tanlovlarda, fan olimpiadasi, bilimlar bellaşuvlarida muvaffaqiyatli qatnaşib kelayotir. Bunday tanlov va bellaşuvlarda uning Barno Otaxonova va Munisxon Rahimova singari şogirdlari faol iştirok etmoqdalar.
Inobat Rajabova keçagina Z.Asqarov, M.Tursunova, O.Ahmedov, P.Eşmanov, Ö.Eşmanov, O.Tursunova, M.Mahmudov va B.Eşmanovlarning sevimli şogirdi edi.
Inobat ayniqsa, öz onasiday yaqin bölib qolgan ustozi, marhuma Ziyoda Rajabovani soğinib eslaydi.
Bugun esa Inobatning ham şogirdlari bor. Uning Faroğat Kenjayeva va Marvarid Tojimurodova singari şogirdlari özi bilan bir jamoada yoşlarga taʼlim va tarbiya berişda fidokorona mehnat qilmoqdalar.
Şogirdlar kamolini köriş ustoz uçun baxt, deganlaridek, Inobat ham öz şogirdlarining muvaffaqiyatlaridan hamişa quvonib yuradi.
Men hamkasbim Inobat Rajabovaning kelgusi işlarida muvaffaqiyatlar tilab, unga quyidagi şeʼrimni bağişlaşni maʼqul kördim:
Hamişa fidoyi bizning Inobat,
Jöşib işlar, qalbi töla şijoat.
Şogirdlari uning bilimdon erur,
Zakovat bobida dilni qilar şod.
Öqib-izlanişga sarf qilar kuçin,
Tinib-tinçimaydi, döndirar işin.
Şogirdlari esa Qoraqalpoqda,
Ğolibdir fanlar olimpiadasin!
Yangiboy EŞIMMATOV,
17-sonli maktab öqituvçisi, "Şuhrat” medali sohibi.
Suratda: Inobat Rajabova şogirdlari Muxlisa Maşaripova va Gulzebo Töliboyevalar bilan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶