21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 15:53
Adabiyot 👁 6,584

HAYoT SABOQLARI

HAYoT SABOQLARI

Suvga axlat supurgan kelin

Sayyora shahardan qishloqqa kelin boʻlib tushdi. Oilada yolgʻiz qiz boʻlganigami yoki ikki nafar kelinoyisi hamma yumushlarni oʻz zimmalariga olganlaridanmi, Sayyora uy tutish, dasturxon bezatish, mehmon kutish kabi oilaviy marosimlarga unchalik aralashmas, bunga qunt ham qilmasdi. Avval institutga kirish uchun bunday masalalarni chetga surib qoʻygan boʻlsa, talabalik paytida oʻqishdan boʻsh paytlarida dam olishni, dugonalarinikiga mehmondorchilikka borishni xush koʻrardi. Baʼzi-baʼzida enasi:

– Sayyora qizim, bir kuni sen ham kelin boʻlasan, chechalaringga qarashib tursang, hamma ishni oʻrganib olasan, – deganida u:

– Qoʻysangiz-da, ena, – derdi erkalanib, – boshimga tushganida binoyiday oʻrganib olaman...

Mana, Sayyoraxonning "boshiga tushdi”yam, kelin boʻldi. Bir yarim oydirki, u kelinlik vazifalarini vaqtida uddalay olmaganidan tez-tez xijolat boʻladi. Eshiklari oldidan oʻtuvchi ariq doim toʻlib oqadi. Yaxshiyam Sayyora suvni oʻz uyidagi kelinoyilari kabi narigi koʻchadagi vodoprovod tarmogʻidan tashimaydi. Shundoq ariqqa chelakni botiradi-yu oladi, bir pasda koʻchaga suv sepib chiqadi. Lekin...

Bugun ham u tongda koʻcha yuzini supurgani chiqdi. Har kungi odati boʻyicha koʻcha yuzidagi mayda-chuyda axlatlarni sharqirab oqayotgan ariq tomon supurib tashladi. Zilol suv yuzi chang, xas-choʻpdan xiralashdi. Sayyora supurgini bir chetga qoʻyib, qoʻlidagi chelakni endi ariqqa botirganida qoʻshni hovlidan chiqib kelayotgan Roziya momo hassasini koʻtarib baqirdi:

– Hoy, kelin, qani chelakni qoʻyib bunda kel!

– Tong bilan bu kampirning menda nima ishi bor ekan, odamni ishdan qoldirib, – oʻzicha gʻudrandi Sayyora va kampirning oldiga borib egilib salom berdi.

– Assalom, momo!

 Momo unga boshdan-oyoq razm soldi-da:

– Voy Orzugulning kelini-ya, hali salom berishni ham  bilmaysanmi? – dedi boshini sarak-sarak qilib. – Assalomu alaykum, deyishni oʻrgatmaganmi senga? Qani boshqatdan salom ber!

Qoʻshni momo to Sayyora tuzuk salom berishni oʻrganguncha alik olmadi. Soʻng uni ariq boʻyiga olib bordi-da:

– Qizim, – dedi jiddiy, – har kuni ariqdagi suv yuzida mayda-chuyda axlat oqadi, buni kim qilayotganini bilmasdim. Mana bugun oʻz koʻzim bilan koʻrdim. Endi qoʻling  bilan anov oqib ketayotgan xas-choʻplarni ol!

Ariq chetlaridagi oʻt-oʻlanlarga ilinib, har joy-har joyda suv yuzida toʻplanib qolgan, hozirgina oʻzi ariqqa supurib tashlagan axlatlarga qarab Sayyora notoʻgʻri ish qilganini anglab, uyalib ketdi. Ariq yoqalab yurib axlatlarni suv yuzidan olib, bir joyga toʻpladi.

– Koʻrdingmi, – dedi momo, – sen ariqni bulgʻading, bu suvga qalqib chiqqani, choʻkib, suvni bulgʻagani qancha? Bu ariqdan qancha odam tomorqasini, mol-holini sugʻoradi. Yuz-qoʻlini, kir yuvish, chayish, idish-tovoq yuvish uchun foydalanadi. Ikkinchi bunday qilma, bu gunoh, bolam! Oldingdan oqqan suvning qadrini bil!

BETGAChOPAR

Turdigul enaning bir odati bor: u tonggi namoz ibodatidan soʻng uylari yaqinidan oqib oʻtuvchi kanal boʻyida aylanib yurishni yaxshi koʻradi. Bugun ham har galgi odatini kanda qilmay, kanal boʻyiga chiqdi. Yalpizlar hidi ufurib turgan tong  havosidan toʻyib-toʻyib nafas oldi. Ufqdan asta bosh koʻtarayotgan quyoshning alvon nurlarida jimirlab oqayotgan kanal suvi yuzasida goh qalqib, goh choʻkib borayotgan son-sanoqsiz pomidorlarga koʻzi tushdi-yu koʻnglidan:

– Biron kishi bozorga sotgani olib chiqqan pomidor toʻla idishini koʻprikchada agʻdarib qoʻygan shekilli, – degan oʻy oʻtdi.

Asta kanal ustiga qurilgan qoʻlbola koʻprikcha tomon yurdi. Hech kim yoʻq. Turdigul ena hayron boʻlib atrofga alangladi. Ikki uy naridagi qoʻshnining keliniga koʻzi tushdi. U kanal boʻyida gʻimirlab, nimadir qilar, dov-daraxtlar, oʻt-oʻlanlar panasida uning nima bilan bandligini anglab boʻlmasdi. Turdigul ena oʻsha tomonga yurdi. Ne koʻz bilan koʻrsinki, qoʻshni kelin ogʻzi ochiq bir necha bankalardagi tuzlama (aftidan "bombaj” boʻlib aynigan) pomidorlarni birin-ketin kanalga oqizayotgandi.

– Toʻxta! – baqirib yubordi Turdigul ena. – Uyalmaysanmi? Axir sen suvga zahar tashlayotirsan-ku! Kanal suvi shirin, deb tindirib qoʻyib choy qaynatib ichishadi odamlar. Bolalar choʻmilishadi. Xudodan qoʻrq, qizim!

Qoʻshni kelin qoʻlidagi oxirgi bankani ham kanalga agʻdarishga shaylanarkan:

– Sizning nima ishingiz bor? – dedi oldida keksa onaxon turganligiga ham parvo qilmay, – hech narsa qilmaydi, oqib ketadi. Uyimizda ham sizga oʻxshab "unday qilma, bunday qil”, deb tinchimizga qoʻymaydigan maslahatchi kampirimiz bor. Oʻshaning aytganini qilsam, bu yoqda siz...

– Nima, katta qaynonang senga "suvga zahar sol”, – dedimi?

Aftidan Turdigul ena qattiqroq gapirdi shekilli, orqasidan kelayotgan qoʻshni onaxonning qadam tovushlarini eshitmay, kelinga yuzlanibjahl bilan:

– Men bilgan Hayitgul checha senga bunday maslahat bermaydi! – dedi-da kelinning qoʻlidagi bankani shartta oldi va chetga otmoqchi boʻlib keskin burilganida kelinning katta qaynonasiga – Hayitgul enaga urilib ketdi. Hayitgul ena oʻzidan bir necha yosh kichik boʻlgan Turdigul ena bilan hech narsa boʻlmaganday, quyuq soʻrashdi-da, nevara keliniga:

– Turdigul enangdan kechirim soʻra! – dedi qatʼiy.

– Axir men... – talmovsiradi kelin.

– Kechirim soʻra! – qatʼiy buyurdi Hayitgul ena. – Men senga suvga axlat oqizib, oqar suvni bulgʻa, demadim. Sen bolam, oliy maktabda oʻqibsan-u, hayot maktabida taʼlimni ozroq olibsan. "Sadaqangni suvga tashla, baliq bilar, baliq bilmasa, Xoliq bilar”, degani, achigan-sasigan narsalarni baliqlarga berish emas, shu jonivorlarga baʼzi-baʼzida isrof qilmay non ushoqlarini tashlab turish ham Alloh yoʻlidagi xayrli ish degani. Sen bu naqlning magʻzini uqmabsan, oqar suvni bulgʻabsan. Bu juda katta gunoh.

Hozirgina "yuzing-koʻzing” demay Turdigul enaga gap qaytarib, bilagʻonlik qilib turgan qoʻshni kelinning boshi egildi. Ikkala kampir oldida uyatdan "duv” qizarib kechirim soʻradi.

– Hamisha oldingdan oqqan suvning qadrini bil, ikkinchi bunday nomaʼqul ish qilib, oilamiz obroʻsini toʻkma! – dedi Hayitgul ena betgachopar nevara kelinini "qayirib”.

Kelin tilini tishlagancha, jim boʻlib qoldi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026