BOLAJONLAR UÇUN YaNGI, KÖRKAM BINO
Mamlakatimizda yoş avlod tarbiyasi va ularning komil insonlar bölib voyaga yetişlari uçun yetarli şaroit yaratişga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Bu öz navbatida ijobiy samara körsatib, yoşlar har sohada yutuqlarga erişib kelmoqdalar va yurtimizni dunyoga tanitmoqdalar.
Taʼlim-tarbiya tizimidagi islohotlar davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri bölib kelayotganligi Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning qator farmon va qarorlarida öz ifodasini topmoqda.
Ayniqsa, maktabgaça taʼlim muassasalari yoş avlod tarbiyasida muhim örin tutadi. Muassasada tarbiyalanayotgan bolajonlar maktab yoşiga yetgunga qadar köp narsalarni örganib olişga ulguradi. Özini tutiş, tozalik, jismoniy tarbiyadan tortib, nutq ösişi, öqiş va savodga tayyorgarlik kabilarning hammasini bola maktabgaça taʼlim muassasasida töliq özlaştirib oladi. Bolalarda mustaqil şaxs tuşunçasi şakllanib, qobiliyatlari oçiladi. Maktabgaça taʼlim muassasalari bolalarni tarbiyalaş, öqitiş, nazorat qiliş, parvarişlaş va soğlomlaştirişni taʼminlaydi.
Tumanimizda ham maktabgaça taʼlim muassasalari uçun yangi va barça şaroitlarga ega binolar qurilib, foydalanişga topşirilmoqda. "Çordara” mahallasida joylaşgan 3-sonli maktabgaça taʼlim muassasasi eski binoda faoliyat körsatayotgan edi. Şu yilning may oyida "Temir beton” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan muassasa uçun yangi va körkam bino qurilişi işlari boşlab borildi. Quriliş uçun 1 milliard 100 million söm miqdorida mablağ ajratildi. Barça şaroitlarga ega va zamonaviy taʼlim muassasasi binosi qurilişi oktyabr oyida yakunlanib, foydalanişga topşirildi. Qulay jihozlangan yangi bino 50-öringa möljallangan bölib, barça talablarga javob beradi.

Yaqinda mazkur muassasa yangi binosining oçiliş marosimi ötkazildi. Marosimda tuman hokimi örinbosari Uluğbek Polvonov, "Temir beton” masʼuliyati çeklangan jamiyati quruvçilari, xalq taʼlimi bölimi xodimlari va mahalla faollari iştirok etdilar.
Maktabgaça taʼlim muassasasi yangi binosining foydalanişga topşirilişi "Çordara” mahallasi ahli va jajji bolajonlarning çeksiz quvonçiga sabab böldi. Işonamizki, yangi binoda öz faoliyatini boşlagan muassasada tarbiyalanayotgan bolajonlar kelajak bunyodkorlari va komil insonlar bölib voyaga yetadilar.
O.Xudoyberganova, jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶