EKSPOPT MASALASIDA ENDI TÖSIQ VA ÇEKLOV BÖLMAYDI
2017-yil 6-noyabrda qabul qilingan “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, şuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvçilarni qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Qarori butun mazmun-mohiyati bilan mamlakatimizda işbilarmonlik va tadbirkorlik muhitini yanada yaxşilaşga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Uşbu Qarorga köra, eksport qiluvçi korxonalarning meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş böyiça örnatilgan amaldagi tartib-qoidalarni yanada soddalaştiriş, jismoniy şaxslar tomonidan bunday mahsulotlarning işlab çiqarilişini rağbatlantiriş nazarda tutilgan. Xususan, mamlakatimizdan eksportga yönaltirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi, yaʼni 90 foizdan ortiği kiçik işlab çiqaruvçilar tomonidan yordamçi xöjaliklarda, asosan, tomorqa yerlarida yetiştirilmoqda. Bu işlab çiqaruvçilar çet el xaridorlari bilan şartnomalar tuziş va ruxsat beruvçi tartib-qoidalardan ötişi talab etilardi. Şu sababli, ular öz mahsulotlarini mustaqil ravişda eksport qiliş imkoniyatiga ega emas edilar.
Prezidentimizning yuqoridagi Qarori esa bu kabi tösiq va çeklovlarga barham berdi. Endilikda tadbirkorlik subʼektlariga eksport şartnomasi tuzmasdan, ularning tölovi va yetkazib berilişi böyiça şartlarga rioya qilgan holda, invoys asosida meva va sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oşiriş huquqi berildi.
Bundan taşqari, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlaş, taşiş va sotişda tabiiy yöqotiş normativlari, şuningdek, ularning faktura qiymatiga tuzatişlar kiritiş tartibi ham belgilandi.
Öz tomorqasida, dehqon xöjaligi yoki issiqxona xöjaligida mahsulot yetiştirgan kişilarning barçasi ham özi yetiştirgan mahsulotini çetga eksport qilişga vaqt ajratmasligi mumkin. Qarorda ana şunday vaziyatlarda eksport qiliş uçun fuqarolardan meva-sabzavot mahsulotlarini sotib oliş bilan şuğullanadigan yuridik şaxslarning faoliyatini amalga oşiriş borasida ham qulay şart-şaroit yaratiş nazarda tutilgani ayni muddao böldi.
Qarorda jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği böyiça, şuningdek, tomonlar örtasidagi debitor qarzdorlik borasida ham huquqiy şaroitlar yaratib berilgani dehqon va sohibkorlar, tadbirkorlar uçun muhim yangilik böldi.
Endilikda tumanimizning tadbirkor dehqonlari, tomorqa yer egalari özlari yetiştirgan meva-sabzavot mahsulotlarini çet el xaridoriga heç qanday çeklovlarsiz eksport qilişlari, bu boradagi öz biznesini yanada kengaytirişlari uçun barça imkoniyatlar yaratildi.
Abduqodir TILOVMUPOTOV, «Turkmaniston» MMTP raisi, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶