21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:26
Fan va taʼlim 👁 3,086

Barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omili

Barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omili

Istiqlol yillarida Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimiz taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar oʻzining yorqin samaralarini bermoqda. Xususan, oʻrta boʻgʻin mutaxassislariga boʻlgan ehtiyojni qondirish, umumtaʼlim maktab bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda oʻqitishga toʻliq qamrab olish taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlarning tub mazmun-mohiyatini tashkil etadi.

Mamlakatimizda yoʻlga qoʻyilgan 12 yillik umumtaʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi noyobligi va oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Unga koʻra, yosh avlod dastlab toʻqqiz yil umumtaʼlim maktablarida, keyin yana uch yil davomida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda bepul saboq oladi. Bu esa 9-sinfni bitirayotgan, mustaqil hayotga qadam qoʻyayotgan yoshlarimizga mukammal saboq berish, ularning biror kasb yoki hunar etagini tutishiga koʻmaklashishda muhim vazifani oʻtaydi.

Respublikamiz yoshlarining hammasi toʻliq ravishda kasb-hunarga ega boʻlishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Lekin baʼzi bir yurtdoshlarimiz har bir oʻgʻil qizning kasb-hunarga ega boʻlishi borasida davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan toʻliq foydalanmasdan, oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan farzandlarining oʻqishiga befarq qaramoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 102-sonli selektor majlisi bayonining ijrosini taʼminlash, mamlakatimizdagi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻquvchilar davomatini taʼminlash va nazorat qilish orqali taʼlim-tarbiya samaradorligini oshirish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda "Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi qarori asosida "Maktab-mahalla-kollej” hamkorlik tuzilmasi yaratildi. Bunda asosiy maqsad endigina kollej ostonasiga qadam qoʻyayotgan maktab bitiruvchisining yangi taʼlim dargohidagi muhitga moslashishi uchun maktab va kollej pedagoglarining hamkorligi, mahallalarda istiqomat qilayotganoilalardagi turli xil sabablar bilan darsga qatnamayotgan oʻquvchilarning taʼlim muassasasida uzluksiz oʻqishini taʼminlashda kollej va mahalliy hokimiyat vakillarining birgalikda faoliyat yuritishi asoslari toʻliq yoritib berilgan. Ushbu qoʻshma qaror asosida tumanimizdagi barcha mahallalarda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻquvchilar davomatini taʼminlash va nazorat qilish orqali taʼlim-tarbiya samaradorligini oshirishni taʼminlash maqsadida jamoatchilik guruhlari tuzildi. Ushbu jamoatchilik guruhi tarkibiga mahalla faollari, profilaktika inspektori, oʻrta maxsus taʼlim muassasasi va umumtaʼlim maktabi pedagoglari, maktab psixologi va shu mahalladagi ota-onalar va oʻquvchi yoshlarni biladigan, ularning turli xil muammolarini tushunadigan shaxslar jalb qilingan.

Davlatimiz tomonidan taʼlim sohasiga katta eʼtibor berilayotgan bir vaqtda ayrim yurtdoshlarimiz oʻz farzandlarining darslarga qatnashishiga befarq munosabatda boʻlayotganligi, baʼzi bir taʼlim muassasalari mutasaddi rahbarlari bunday hodisalarga panja orasidan qarayotganligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Rashitjon Qodirovning "Xalq soʻzi” gazetasining 2013 yil 2-iyul kungi sonida "Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining majburiyligi – barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omilidir” sarlavhali maqolasida keng yoritib berilgan.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, oʻquvchi yoshlarning mashgʻulotlarga qatnashishi, darsni oʻzlashtirishi faqatgina oʻquv muassasasi rahbarlari va oʻqituvchilari zimmasidagi vazifa emas, balki bu jarayon koʻp jihatdan ota-onalarga, bevosita bogʻliqdir. Vaholanki, bola tarbiyasi ham qonuniy, ham maʼnaviy-axloqiy jihatdan ota-onalarning fuqarolik va insoniy burchidir.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 47-moddasida ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar farzandlarining tarbiyasi va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun maʼmuriy javobgarlik belgilangan.

Yosh avlod tarbiyasiga har doimo eng dolzarb va ustuvor vazifa sifatida eʼtibor qaratib kelayotgan muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning "Barchangiz yaxshi bilasizki, kelajak avlod haqida qaygʻurish, sogʻlom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Bu muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson oʻz farzandining baxtu saodati, fazlu kamolini koʻrish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi, oʻzini ayamaydi”, degan fikrlari xalqimizga xos yuksak insoniy fazilatlarning eʼtirofi boʻlishi bilan birga, barchamizni shu borada yanada faol ish olib borishga daʼvat etadi.

Ramatulla Matqurbonov,

tuman Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimining "Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik diagnostikasini metodik taʼminlash kichik guruhi” rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026