24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 04:08
Jamiyat 👁 1,404

Oʻquv-seminar ayollarni tadbirkorlikka jalb etishga bagʻishlandi (+video)

Oʻquv-seminar ayollarni tadbirkorlikka jalb etishga bagʻishlandi (+video)

Oʻzbekiston Liberal Demokratik partiyasi tuman Kengashi tomonidan ayol-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, iqtisodiy va huquqiy bilimini yanada kuchaytirish, tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirish borasida qator amaliy ishlar hayotga tatbiq etilmoqda. Ayol-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Tuman hokimligida 17-yanvar kuni OʻzLiDeP tuman kengashi tomonidan “Xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish va ularning muammolarini oʻrganish masalalari” mavzusidagi oʻquv-seminari ham shu maqsadda oʻtkazildi. Oʻquv-seminarda OʻzLiDePning Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Kengashidagi Siyosiy taʼlim markazi rahbari Nasiba Turemuratova hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi raisining maʼnaviy-maʼrifiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari Gavhar Chimboychiyeva, tuman Iqtisodiyot va hududni kompleks rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Pashid Salayev, tumandagi tijorat banklari “Agrobank” , “Mikrokreditbank” , Xalq banki kredit boʻlimlari bosh mutaxassislari, “Yagona darcha” markazi xodimlari, mahalla maslahatchilari, tadbirkor ayol-qizlar ishtirok etdilar.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan oʻquv-seminarni OʻzLiDeP tuman kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, apparat rahbari Muqaddas Beknazarova olib bordi. OʻzLiDePning Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Kengashi Siyosiy taʼlim markazi rahbari Nasiba Turemuratova seminar ishtirokchilariga har bir sohadagi faoliyat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladigan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga qilgan Murojaatnomasi toʻgʻrisida hamda OʻzLiDePning xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, mehnat sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida eʼtibor qaratib kelayotganligi, “Ayollar qanoti” tomonidan xotin-qizlar oʻrtasida xunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik, fermerlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkazilayotganligi haqida maʼruza qildi. Shuningdek, “Oilaviy tadbirkorlikdan – mustahkam oilaga”, “Ishbilarmon ayol”, “Fermer ayol” kabi loyihalarning ayol-qizlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatlariga jalb qilishda ijobiy samara berayotganini, tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilayotgani va davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligini ham aytib oʻtdi.

“Goʻzaloy Mahmud qizi” MChJ raisi, OʻzLiDepning tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi raisi oʻrinbosari Gulbahor Qurbonbekova oʻquv-seminarda mamlakatimizda joriy yilda tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilishi, bundan unumli foydalangan holda faoliyatni kengaytirish va yangi innovatsiyalar kiritish lozimligi haqida soʻzladi.

Oʻquv-seminar bahs-munozaralarga boy boʻldi. Tuman Iqtisodiyot va hududni kompleks rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Pashid Salayev, “Yagona darcha” markazi, tijorat banklari mutaxassislari tadbirkor ayol-qizlarning qiziqtirgan savollariga aniq va toʻliq javob berdilar.

Tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagi bor ayol-qizlarga ham zarur tushunchalar berilib, yoʻl-yoʻriq koʻrsatildi.

O.Xudoyberganova.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026