NAVBAT - RESPUBLIKA BOSQIÇIGA
13-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Nasiba Hayitboyeva öz kelajagi sari dadil intilayotgan umidli yoşlardan.
U barça fanlardan ham yaxşi özlaştirişga harakat qiladi. Ayniqsa frantsuz tilini özgaça ixlos bilan örganmoqda. Bu fanga unda qiziqiş uyğonişiga maktabning frantsuz tili fani öqituvçisi Malika Şomurodova sababçi bölgan. Nasiba uning bağrikenglik bilan erinmay dars ötişlariga, frantsuz tilida öziga xos joziba bilan gapirişlariga, mavzuni özlaştira olmaganlarga heç oğrinmay, qayta takrorlab, barça öquvçilarini ham mazkur fanni yaxşi egallaşlariga intilişlariga havas qiladi. Şu boisdan ustozi kabi frantsuz tili öqituvçisi bölişni niyat qilib qöygan. Nasiba Hayitboyeva şu maqsadda harakat qilib, bir neça yildan beri bilimlar bellaşuvida tuman bosqiçi ğolibi bölib kelayotgan edi. U joriy öquv yilida fanlar olimpiadasida frantsuz tili fanidan tuman bosqiçi ğolibi bölib, respublika bosiqiçida qatnaşiş huquqini qölga kiritdi. Ayni kunlarda kundalik dars maşğulotlarini yaxşi özlaştirib boriş barobarida fanlar olimpiadasining navbatdagi bosqiçida ham muvaffaqiyatga erişiş uçun astoydil intilayapti.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶