21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:06
Jamiyat 👁 5,123

YaRAShUV INSTITUTI

YaRAShUV INSTITUTI

Jinoyat-protsessual huquqida 2001-yildan boshlab joriy etilgan yarashuv instituti hozirgi kunda oʻzining ijobiy samaralarini bermoqda. Javobgarlikdan ozod qilishning bu instituti negizida uning mazmun-mohiyatini toʻliq ochib beradigan odillik va insonparvarlik printsiplari mujassam. Bundan tashqari, mazkur institut xalqimizning milliy qadriyatlariga toʻla mos keladi. Huquqiy mazmuniga koʻra, jinoyat huquqi tizimida yarashuv instituti normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlar jinoiy javobgarlikdan ozod qilish bilan bogʻliq jinoiy-huquqiy munosabatlar turiga kiradi.

Yarashuv instituti normalari qoʻllanadigan bunday munosabatlarning asosiy maqsadi sifatida, avvalo, shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutmoq lozim. Shuning uchun yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yoʻnalishi deb eʼtirof etish joiz.

Statistik maʼlumotlarga qaraganda, sudlar tomonidan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan yarashuv institutini tatbiq etish hollari yildan yilga ortib borayotir. Chunonchi, yarashuv instituti joriy etilgandan shu kunga qadar jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi tomonidan 2010-yil davomida 46 ish 59 shaxsga nisbatan, 2011-yil davomida 60 ish 67 shaxsga nisbatan, 2012-yil davomida 55 ish 64 shaxsga nisbatan, 2013-yilning 6 oyi davomida 17 ish 20 shaxsga nisbatan taraflar yarashgani munosabati bilan tugatilgan.

2001-yil 29-avgustdagi «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual Kodekslari va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonunga muvofiq, JKga yarashilganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etishni nazarda tutuvchi 66-1-modda kiritildi. Ushbu yangilik davlatning jinoyat-huquqiy siyosati liberallashib borayotganidan dalolatdir. Zero, bu jabrlanuvchiga oʻziga yetkazilgan zarar miqdoridan kelib chiqib, ayblovni qoʻllab-quvvatlash yoki undan voz kechishni tanlash huquqini beradi. Ayni paytda yarashuv instituti jinoyat sodir etgan shaxsni oʻylashga majbur qilib, jinoyat qonunining ragʻbatlantiruvchi normalariga asosan, jinoyat tufayli yetkazilgan zararni qoplash, aybiga iqror boʻlish, odil sudlov organlarining jinoyatni fosh etishiga koʻmaklashish, xullas, muayyan darajada va shaklda huquqni muhofaza qilish maqsadida harakatga tushishiga turtki berdi.

Jinoyat Kodeksining 66-1-moddasi bunga oʻxshash protsessual institutlardan, yaʼni javobgarlikdan ozod qilishning boshqa turlaridan bir muncha farq qiladi.

Xususan, yarashuv instituti uchun jinoyatlarning birmuncha torroq doirasi belgilangan. JKning 66-1-moddasiga taalluqli bir qator ijtimoiy xavfi uncha katta va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar yuzasidan jabrlanuvchiga aybdorni jazolash yoki jinoiy javobgarlikdan ozod qilish huquqi berilgan. Shuningdek, xususiy ayblov ishlari boʻyicha jabrlanuvchi bilan ayblanuvchi oʻrtasidagi yarashuv toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllovchining qarori ayblanuvchini jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun ham asos boʻlib xizmat qiladi. Chunki jinoyat-huquqiy institut uchun jabrlanuvchi bilan ayblanuvchining yarashish fakti sudning jinoiy taʼqibni tugatishi uchun yetarli shartlardan biri hisoblanadi. JKning 66-1-moddasini qoʻllashda yetkazilgan zararni qoplash jinoiy javobgarlikdan ozod etishning zaruriy shartlaridan biridir.

Jinoyat protsessual Kodeksining 62-bobida yarashuv toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning maxsus tartibi belgilangan. Unga koʻra, yarashuv toʻgʻrisidagi ariza jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yohud uning qonuniy vakili tomonidan surishtiruv va dastlabki tergovning, shuningdek, sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud maslahatxonaga kirmasdan oldin berilishi mumkin. Arizada yetkazilgan ziyon bartaraf etilgani, shuningdek, yarashganligi munosabati bilan jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi iltimos bayon etilgan boʻlishi shart. Yarashuv bitimi boʻyicha javobgar jinoiy javobgarlikdan ozod qilingandan soʻng bu jinoyat boʻyicha qayta jinoyat ishi yuritish mumkin emas.

Yarashilganlik munosabati bilan ishni tugatishning afzalligi shundaki, agar yarashuv sud tomonidan tasdiqlanib, ishni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, ish yuzasidan uzil-kesil toʻxtamga kelinadi. Sud yarashuvni tasdiqlagach, yaʼni sud ajrimni oʻqib eshittirganidan keyin jabrlanuvchi yuqori sud organiga ushbu ish boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish huquqiga ega boʻlmaydi. Albatta, yangi ochilgan holatlarga koʻra, yarashuvga toʻsqinlik qiladigan holatlar bundan mustasno. Ikkinchidan, jinoyat sodir etgan shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgani bois sudlanmagan hisoblanadi.

Shu bois Oliy sud Plenumining 2002-yil 25-oktyabrdagi «Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida»gi qarorining 4-bandida haqli ravishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning zimmasiga yarashuv sud tomonidan tasdiqlangandan keyin kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar)ga tushuntirilishi shartligi yuklatilgan. Bu talabga rioya qilmaslik yarashuv toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qarorning bekor qilinishiga asos boʻlishi mumkinligi haqidagi qarorda tushuntirish berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 2 noyabrdagi «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual Kodekslari hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini sud amaliyotida qoʻllash haqidagi qarorida Jinoyat Kodeksining 66-1-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxsni javobgarlikdan ozod qilish uchun uchta holat: oʻz aybiga iqrorligi, jabrlanuvchi bilan yarashganligi va yetkazilgan zararni qoplaganligi talab etilishi belgilangan. Plenum qarorida yetkazilgan zarar qoplanmagan boʻlsa-da, jabrlanuvchining zararni qoplash talablaridan voz kechganligi ham Kodeksning 66-1- moddasini qoʻllashga asos boʻlishini eʼtiborga olish lozimligi belgilangan.

Jinoyat-protsessual qonunchiligiga muvofiq, jinoyat orqali maʼnaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxs jabrlanuvchi deb eʼtirof etiladi. Jabrlanuvchi sifatida eʼtirof etilgan shaxs JPKga koʻra, katta vakolatlarga ega boʻlib, bu unga jinoiy ish boʻyicha dastlabki tergov va sud ishlariga jiddiy taʼsir koʻrsatish imkonini beradi. Baʼzi jinoyat tarkiblari boʻyicha jinoyat ishlari faqat jabrlanuvchining arizasiga binoan va favqulodda holatlardagina (xususiy-oshkora ayblov ishlari) vakolatli shaxslar tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin. Jabrlanuvchi shaxsan yoki oʻz vakili orqali ana shunday ish jarayonidagi sud ishida ayblovni qoʻllab-quvvatlab turish huquqiga ega. Sudda boshqa jinoyat tarkiblari yuzasidan (oshkora ayblov ishlari) ishlarni koʻrib chiqishda jabrlanuvchi ayblovni qoʻllab-quvvatlamasa ham, taqdim etilgan aybnoma mohiyati yuzasidan va sudlanuvchiga berilayotgan jazo xususida oʻz fikrini bildirishi mumkin.

Ayni paytda jabrlanuvchi tomonidan ariza berilmagani tufayli jinoyat ishi koʻzgʻatishdan bosh tortish va jabrlanuvchi bilan yarashuv tushunchalarini farqlab olish kerak. Xususiy-yarashuv toʻgʻrisida ish yuritishni boshlash uchun ham jabrlanuvchi, ham fuqaroviy daʼvogar tomonidan ariza berilgan boʻlishi shart. Koʻpchilik huquqshunoslar haqli ravishda eʼtirof etganidek, yarashuvdan «soʻnggi soʻz» jabrlanuvchiga tegishli boʻladi, yaʼni aynan u yarashish yoki yarashmaslik masalasini hal etadi. Biroq bu yarashuv tashabbusi faqat jabrlanuvchiga tegishli degani emas. Zero jinoyat sodir etgan shaxs, shubhasiz, motividan qatʼiy nazar (ijobiy, masalan, chin koʻngildan pushaymon boʻlmasligi ham mumkin) yarashishni taklif etish huquqiga ega.

Jabrlanuvchining jinoyat sodir etgan shaxs bilan yarashishi motivlari turli xil boʻlishi mumkin: aybdorning jinoyatdan soʻnggi xulqi, shu jumladan, zararni qoplaganligi tufayli uni kechirish, raxm qilish, doʻstlikni taklif etish, hamkorlik qilish va hokazo. Fikrimizcha, zarar yetkazuvchining yarashuvni taklif etishi motivi (koʻp hollarda) sodir etgan qilmishi uchun jinoiy taʼqibdan xalos boʻlish, jazodan qoʻrqish, jinoyat ishi ishtirokchisiga aylanib qolishni istamaslik, sudlanganlik maqomiga ega boʻlishdan xavfsirash va hokazolar boʻlishi mumkin. Shunday qilib, ikkala tomon ham rozi boʻlgan, shuningdek, ixtiyoriy tuzilgan taqdirdagina yarashuv bitimi haqiqiy deb hisoblanadi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar (dastlabki tergovda tergovchi yoki prokuror, sud majlisida sudya) tomonidan qabul qilinadi.

Ish boʻyicha bir gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va bir necha jabrlanuvchi boʻlgan hollar uchun ham qonunda aynan shunday talablar belgilangan. Jabrlanuvchidan tegishli ariza tushmagan hollarda yarashuv toʻgʻrisida ish yuritish mumkin emas. Bunday holda jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish umumiy asoslarda olib boriladi.

Ayni vaqtda, ish boʻyicha bir jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) va bir necha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi boʻlgan taqdirda ham qonun jabrlanuvchining ulardan ayrimlari bilan yarashishi mumkinligini eʼtirof etadi. Bunday hollarda ishning jabrlanuvchi yarashgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchilarga oid qismi alohida ish yurituvga ajratilib, Jinoyat-protsessual Kodeksining 584-moddasi tartibida sudga yuboriladi, qolganlarga doir qismi boʻyicha esa ish yuritish umumiy asoslarda olib boriladi.

Yarashuv toʻgʻrisidagi qonun normalari qoʻllanishining tezkorligini taʼminlash va kafolatlash, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchining huquqlarini muhofaza etish maqsadida yarashuv toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror chiqarish va sudga yuborish, ishni sudda koʻrish uchun alohida-alohida qisqa muddatlar belgilangan.

Yarashuv akti JPK talablariga muvofiq, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Xulosa qilib aytganda, yarashuv instituti joriy etilgandan beri bu toifadagi ishlarni koʻrish amaliyotining tahlili mazkur institutning bir qator afzalliklarini koʻrsatdi. Xususan, ushbu institut joriy qilinishi tufayli jabrlanuvchi va jinoyat sodir etgan shaxs oʻrtasidagi nizoni jinoiy jazo choralarini qoʻllamasdan turib ham hal qilish imkoni mavjud. Bu jinoyat koʻchasiga adashib kirib qolgan shaxslarga javobgarlikdan ozod boʻlish imkonini yaratdi. Jamiyatda jinoyatchilikning kamayishiga sabab boʻladi hamda jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar tez va toʻliq qoplanishini taʼminlaydi. Bundan tashqari mazkur institut tergov va sudda ish yuritish jarayonlarini soddalashtiradi.

P.DOShMURATOV,

jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026