21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 01:36
Qişloq xöjaligi 👁 2,292

YeRDAN UNUMLI FOYDALANIŞ: DOLZARB MASALAGA YaNGIÇA YoNDAŞUV

YeRDAN UNUMLI FOYDALANIŞ:  DOLZARB MASALAGA YaNGIÇA YoNDAŞUV

Qişloq xöjaligida amalga oşirilayotgan islohotlarni yanada çuqurlaştiriş, şuningdek, fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş, tizimda bozor mexanizmlarini joriy etiş, qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqariş hajmlarini barqaror oşirib boriş maqsadida muhtaram Prezidentimizning 2017-yil 9-oktyabrda “Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, qişloq xöjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalaniş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” gi Farmoni va 2017-yil 10-oktyabrda “Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantiriş böyiça taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori qabul qilindi.

Mana şu Farmon hamda Qarorning mazmun-mohiyati haqida suhbatlaşiş uçun tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Fayzulla Saʼdullayevni tahririyatga taklif qildik.

– Fayzulla, aytingçi, muhtaram Prezidentimizning 2017-yil 9-oktyabrdagi PF-5199-sonli Farmoni va 2017-yil 10-oktyabrdagi PQ-3318-sonli Qarori qabul qilingunga qadar qişloq xöjaligi sohasida qanday muammo va kamçiliklar kuzatilgan edi?

– Prezidentimizning mazkur Farmonida körsatilganidek, fermer xöjaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, fermerlik harakatini yanada rivojlantiriş maqsadida taşkil etilgan Özbekiston fermerlar Kengaşi öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni yetarli darajada bajara olmadi.

Aholi ixtiyoridagi tomorqa ekin maydonlaridan foydalaniş samaradorligi past darajada qolgan. Uzoq yillar foydalanilmagan tomorqa yer egalarining yerga nisbatan munosabatini tubdan özgartiriş böyiça tizimli iş olib borilmagan.

Fermerlar asosan qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş bilan çeklanib, ularni qayta işlaş, saqlaş, tayyor mahsulotlarni sotiş va xizmatlar körsatiş kabi köp tarmoqli faoliyatini yölga qöyişda mavjud imkoniyatlardan foydalanmagan.

Dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarini moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlaş va ularga xizmat körsatişda zarur infratuzilmalar yaratilmagan hamda bozor mexanizmlari yetarli darajada şakllanmagan.

Prezidentimizning mazkur Farmonida şu va boşqa kamçiliklarni tugatiş va mamlakatimiz hayotida yangi davrni boşlab bergan 2017-2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş, qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilarini yanada qöllab-quvvatlaş, fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa ekin maydonlaridan foydalaniş samaradorligini taʼminlaş, pirovard natijada yer egalarining daromadlarini köpaytirişga bölgan munosabatlarini tubdan özgartiriş maqsadida ustuvor vazifalar belgilab berildi.

– Yerdan foydalaniş tartib-qoidalariga rioya qilmagan fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalariga qanday çoralar köriladi?

– 2018-yildan boşlab fermer xöjaliklarining yer uçastkalaridan foydalaniş samaradorligi har çorakda xalq deputatlari tuman Kengaşlarida, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalaniş samaradorligi har oyda fuqarolarning özini özi boşqariş organlarida muhokama qilib boriladi va yer maydonlaridan samarasiz foydalangan, qişloq xöjaligi ekinlarini töliq ekmagan, agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida amalga oşirmagan fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalariga nisbatan yer uçastkalariga bölgan huquqlarning bekor qilinişigaça bölgan qatʼiy javobgarlik çoralari köriladi.

Har yili 1-fevralgaça fuqarolarning özini özi boşqariş organlari raislari içki işlar organlarining profilaktika inspektorlari bilan birgalikda uyma-uy yurib, hududdagi dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarini xatlovdan ötkazadi.

Yakka tartibda uy-joy quriş va uy-joyni obodonlaştiriş uçun berilgan yer uçastkalarining tomorqa qismida asossiz ravişda qişloq xöjaligi ekinlari ekmagan yoki uni obodonlaştirmagan yer egalariga nisbatan belgilangan yer soliği stavkasining uç barobar oşirilgan miqdori qöllaniladi.

2018-2021-yillarda fermer xöjaliklari bosqiçma-bosqiç köp tarmoqli fermer xöjaliklariga aylantiriladi. 2022-yilning 1-yanvaridan boşlab köp tarmoqli faoliyatni yölga qöymagan fermer xöjaliklari bilan yer ijarasi şartnomalari qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinadi.

Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarining yerdan foydalaniş böyiça harakatlari fermerlar Kengaşi örnida taşkil etilgan tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi tomonidan nazorat qilib boriladi.

– Fermer, dehqon xöjaliklariga va tomorqa yer egalariga Sizning taşkilot tomonidan qanday yordamlar körsatiladi?

– Tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi huzurida fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalariga kompleks xizmat körsatiş markazi taşkil etilayapti. Endilikda uşbu markaz qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilarga konsalting xizmatlarini körsatadi. Yaʼni, huquqiy, iqtisodiy, texnologik sohalarda maslahatlar beradi va biznes-rejalar tuzişda kömaklaşadi.

Şuningdek, uşbu markaz fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalariga işlab çiqarilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini içki va taşqi bozorlarda realizatsiya qilişda ham vositaçilik xizmatlarini körsatadi.

Kompleks xizmat körsatiş markazi fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalariga şartnoma asosida zarur moddiy resurslar, uruğ va köçatlar, taralar, texnika va boşqa vositalarni yetkazib berişda, bank kreditlari, xalqaro va xorijiy moliyaviy taşkilotlarning kredit va grantlarini jalb qiliş böyiça maslahat beriş xizmatlarini körsatadi, qişloq xöjaligi sohalari böyiça belgilangan tartibda qayta tayyorlaş, malaka oşiriş kurslarini taşkil etadi, yer uçastkalarida qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş, tayyorlaş, saqlaş, qayta işlaş, eksport qiliş va xizmat körsatişda kooperatsiya munosabatlarini taşkil qiliş böyiça xizmatlar körsatadi.

– Qarorda barça fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarida ularning takliflarini inobatga olgan holda qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş böyiça prognoz hajmlar belgilanişi körsatilgan. Bu masala böyiça tumanimizda qanday işlar amalga oşirilmoqda?

– Bu masala böyiça tuman hokimi 2017-yil 27-dekabr kuni “Tumanda dehqon xöjaliklari va aholi tomorqa yerlaridan samarali foydalanişni taşkil qiliş va monitoringini yuritiş töğrisida” qaror qabul qildi. Uşbu qarorga asosan tumanda dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarining yerlaridan samarali foydalanişni taşkil qiliş, yaʼni yerlarni xatlovdan ötkaziş, ekinlarni joylaştiriş prognoz hajmlarini belgilaş, samarasiz va umuman foydalanilmayotgan tomorqa yer egalarini aniqlaş böyiça tuman ştabi taşkil etildi. Şuningdek, bu masala böyiça har bir sektorda va ovul hamda mahalla fuqarolar yiğinlarida işçi guruhlar öz faoliyatini boşladi.

Mana şu işçi guruhlar takliflariga asosan 2018-yilda tuman böyiça 407 gektar maydonda töqsonbosti, 1470 gektar maydonda ertagi va 3338 gektar maydonda örtagi ekinlar joylaştirilişi belgilandi.

Xulosa qilib aytganda, muhtaram Prezidentimizning yuqorida nomlangan Farmon va Qarori mamlakatimizdagi barça fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarining faoliyatini yanada takomillaştirib, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida tub burilişlarni amalga oşirişga qaratilgan muhim xujjatlardir.

Mazkur Qaror va Farmondan kelib çiqib, oldimizga qöyilgan vazifalarni töla va samarali amalga oşiriş yölida bor kuç va ğayratimizni işga solamiz.

– Suhbatimizda iştirok etganingiz uçun rahmat, salomat böling.

Suhbatni jurnalist Allambergan Jumaniyozov yozib oldi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026