21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:53
Qishloq xoʻjaligi 👁 5,325

Fermerlar koʻproq paxta yetishtirishdan manfaatdor boʻladi

Fermerlar koʻproq paxta yetishtirishdan manfaatdor boʻladi

2013-yil 5-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajargan fermer xoʻjaliklariga kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha topshirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta shroti (kunjarasi) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2012-yil 22-oktyabrdagi PF–4478-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda paxta xom ashyosi hosildorligini va yetishtirish hajmlarini koʻpaytirishdan fermer xoʻjaliklarining manfaatdorligini oshirish maqsadida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga koʻra, 2013-yil hosilidan boshlab Oʻzbekiston Respublika tovar xom ashyo birjasining ochiq birja savdolarida yem-xashak sotish boʻyicha tuman va viloyat birlashmalari tomonidan xarid qilingan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasi ular tomonidan birinchi navbatda davlat ehtiyojlari uchun shartnoma hajmlaridan ortiq paxta xom ashyosi yetkazib berishni taʼminlagan fermer xoʻjaliklariga sotilishi tartibi belgilandi.

Qaror bilan davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajargan fermer xoʻjaliklariga kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha topshirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajargan fermer xoʻjaliklari oʻzlariga moʻljallangan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini umuman Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishidan qatʼiy nazar sotib oladi.

Hisob-kitoblarga koʻra, 1 tonna paxtadan kamida 220 kilogramm paxta shroti va 160 kilogrammpaxta chigiti sheluxasi olinadi. Demak, kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha 50 tonna paxta topshirgan fermer 11 tonna paxta shroti va 8 tonna paxta chigiti sheluxasini olish imkoniyatiga ega boʻladi.

Aytish kerakki, yurtimizda faoliyat yuritayotgan ilgʻor fermerlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy qilingan mazkur tizim kelgusida nafaqat paxta xom ashyosi hosildorligi va ishlab chiqarish hajmlarining oshishiga, balki fermer xoʻjaliklarida chorva ozuqa bazasining mustahkamlanib, chorvachilikning yanada rivojlanishi va qoʻshimcha tarmoq sifatida kengayishiga xizmat qiladi.

Otaxon Qurboniyozov,

xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman Fermerlar Kengashi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026