Tuman hokimi sessiyada hisobot berdi
24-mart kuni tuman hokimligida xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining 44-sessiyasi bölib ötdi.
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Qonunning tegişli moddalariga asosan viloyat, tuman, şahar hokimining hisoboti tegişli xalq deputatlari Kengaşining viloyat, tuman, şaharning ötgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi yakunlari va joriy yilga möljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yönalişlariga bağişlangan majlisida, yaʼni sessiyasida eşitilişi belgilangan.
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi Reglamentining 46-moddasiga asosan, hokimning hisobotini eşitişda xalq deputatlari tuman Kengaşining raqobatlaşayotgan partiya guruhlari rahbarlaridan biri sessiyaga raislik qiladi, deb belgilangan.
Tuman Kengaşidagi raqobatdoş siyosiy partiyalar deputatlik guruhlari rahbarlarining yiğilişining qaroriga asosan, xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdagi – 44-sessiyasiga raislik qiliş Özbekiston Xalq demokratik partiyasining deputatlik guruhi rahbari Maqsud Saʼdullayevga topşirildi.
Sessiya kun tartibiga 9 ta dolzarb masalalar kiritildi.
Kun tartibidagi birinçi masala, yaʼni Amudaryo tumanining 2017-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi yakunlari va 2018-yilga möljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yönalişlari böyiça tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev hisobot berdi.
Hisobotda taʼkidlanganidek, 2017-yilda tumanda sanoat mahsulotlarini işlab çiqariş hajmi 220,6 mlrd sömga yetib, ötgan yilga nisbatan ösiş surʼati 121,2 foizni taşkil qilgan. Şuningdek, xalq isteʼmol mollarini işlab çiqariş hajmi 88,5 mlrd sömni, qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqariş hajmi 339,3 mlrd sömni taşkil qilgan.
2017-yil tuman Maqsadli dasturlari ijrosi böyiça jami 38 mlrd 923 mln sömlik 250 ta loyihalar amalga oşirilib, 885 ta yangi iş örinlari yaratildi, ularga esa 23 mlrd 386 mln söm tijorat banklari kreditlari ajratildi. Tumanning taşqi savdo aylanmasi 2017-yilda 6 mln 607 ming AQŞ dollarani taşkil qildi.
Hisobotda iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarni amalga oşiriş, yangi işi örinlarini yaratiş, tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilgan işlar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Kun tartibidagi masala böyiça siyosiy partiyalar vakillari, doimiy komissiyalar aʼzolari, deputatlar hamda muassasa, korxona va taşkilotlar rahbarlari sözga çiqib, fikr-mulohazalarini bildirdi. Tuman hokimining hisobotini muhokama qiliş yakunlari böyiça, şuningdek doimiy komissiya xulosasi va partiya guruhlari fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda xalq deputatlari tuman Kengaşining qarori qabul qilinib, hokim va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari işining samaradorligiga qoniqarli deb baho berildi.
Şuningdek, sessiyada 2017-yil davomida jinoyatçilik va qonuniylikning ahvoli hamda bu borada tuman prokuraturasi tomonidan amalga oşirilgan işlar yuzasidan tuman prokurori Fahriddin Sabirovning, Voyaga yetmaganlar va yoşlar örtasida huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini oliş, profilaktika inspektorlari işlarini samarali taşkil etiş va muvofiqlaştiriş böyiça olib borilayotgan işlar yuzasidan tuman içki işlar bölimi boşliğining yoşlar masalalari böyiça örinbosari Aziz Qurboniyazovning hisoboti tinglandi. Hisobotlarda ötgan davr mobaynida tumanda jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş böyiça amalga oşirilgan işla, bu borada yöl qöyilgan kamçiliklar va ularni bartaraf qiliş böyiça çora-tadbirlar xususida söz yuritildi.
Sessiyada tuman mahalliy byudjetining 2017-yildagi ijrosi ham körib çiqildi. Bu masala yuzasidan tuman moliya bölimi mudiri Baxtiyor Kamolov hisobot berdi. Deputatlarga mahalliy byudjetning daromadlar rejasining bajarilişi, byudjet xarajatlarining sarflanişi böyiça batafsil maʼlumot berildi.
Kun tartibidagi beşinçi, yaʼni Xalq deputatlari tuman Kengaşi, Kengaş doimiy komissiyalari va Kengaş deputatlarining 2017-yildagi faoliyati natijalari töğrisidagi masala yuzasidan tuman Kengaşining Reglament va deputatlik odobi masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi Xonimjon Rajabova hisobot berdi. Hisobotda ötgan yili tuman Kengaşi, Kengaş doimiy komissiyalari va deputatlar tomonidan amalga oşirilgan işlar haqida maʼlumot berilib, Kengaş va doimiy komissiyalar faoliyatini yanada jonlantiriş, deputatlarning faolligini yanada oşiriş böyiça tavsiyalar berildi.
Sessiyada Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining va Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining qarorlari bilan deputatlarni moddiy va maʼnaviy rağbatlantiriş böyiça nizomlar tasdiqlangan hamda tuman Kengaşlariga Kengaş deputatlarini rağbatlantiriş böyiça “Adolatli deputat”, “Xalqparvar deputat”, “Mehnatkaş deputat” va “Fahriy deputat” nomlarini beriş tartibi yuzasidan tuman Kengaşining nizomi va komissiya tarkibi hamda şu masala böyiça Kengaş qarori loyihasi muhokama qilindi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlaş böyiça tumanda amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Alişer Yuldaşevning axboroti tinglandi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala, yaʼni Amudaryo tumanida maktabgaça taʼlim sohasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan ham tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Alişer Yuldaşev hisobot berdi. Hisobotda maktabgaça taʼlim muassasalari faoliyatini jonlantiriş, bolalarni maktabgaça taʼlim muassasalariga qamrab oliş körsatkiçlarini yaxşilaş, boğçalar binolarini quriş va taʼmirlaş böyiça rejalaştirilayotgan işlar xususida ham maʼlumotlar berildi.
Sessiyada Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisining ikkita farmoyişi - “Anvar Yuldaşevni Amudaryo tumani hokimining örinbosari – qişloq va suv xöjaligi bölimi boşliği lavozimiga tayinlaş töğrisida”gi va “Raşid Salayevni Amudaryo tumani hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va kiçik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlaş töğrisida”gi farmoyişi deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Kun tartibidagi barça masalalar böyiça fikr va mulohazalar inobatga olinib, tuman kengaşining tegişli qarorlari qabul qilindi. Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶