“AMUDARYo TOMORQA XIZMATI” MÇJ TOMORQA EGALARINING ENG YaQIN HAMKORIGA AYLANADI
Aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanişiga, öz oilasi ehtiyojini qoplab, ortganini bozorga olib çiqişiga erişiş yurtimizda maʼmurlik va tökin-soçinlik barqaror bölişiga zamin yaratadi.
Uzoq yilar mobaynida samarasiz foydalanilgan, ekilmasdan taşlandiq holga kelib qolgan aholining va dehqon xöjaliklarining ekin maydonlariga şu boisdan ham bugun munosabat tubdan özgardi. Dehqonçilikka, turli ekinlardan möl hosil olişga innovatsion texnologiyalar, ilm-fan yutuqlari joriy etilmoqda.
Yaqinda taşkil etilgan “Amudaryo tomorqa xizmati” masʼuliyati çeklangan jamiyati faoliyati ham aynan şu vazifalar ijrosiga xizmat qiladi.
Jamiyat tomorqa, dehqon xöjaliklari egalariga bir neça turdagi xizmatlarni körsatadi. Kelgusida MÇJda sutni qayta işlaş tsexi, meva-sabzavotlarni sifatli saqlaydigan 1000 tonna siğimga ega sovutgiç, meva-sabzavotlarni saralaş, qadoqlaş, qayta işlaş tsexi öz faoliyatini boşlaydi. Bundan taşqari, tomorqa egalari, dehqon xöjaliklari rahbarlari ekin maydonini haydaş, ekişga tayyorlaşda muammolarga duç kelmasligi uçun mexanizatsiya xizmati ham körsatiladi, uruğlik, köçat yetkazib beradi va ekinlarni begona ötlardan, zararkunandalardan asraşda kimyoviy usulda işlov beradi. Albatta, yetiştirilgan mahsulotning özidan ortganini sotiş ham ayrim oilalar uçun muammo bölib turadi. Çunki bozorga mahsulot olib keliş uçun ham transport kerak, vaqt kerak. Baʼzan tumanimizning çekka hududlaridan meva-sabzavotni Manğit dehqon bozoriga olib keliş uçun kimdir naqd pul topolmaydi.
Şunday damlarda tumanimiz aholisi “Amudaryo tomorqa xizmat” MÇJga murojaat qilişi mumkin. Jamiyat ekin ekiladigan yerlardan möl hosil olişga yordamlaşiş bilan birga yetiştirilgan hosilni yiğiştirib, kelişilgan narxda sotib ham oladi.
Jamiyat faoliyati aholi tomorqalarida bozorbop va hosildor ekinlarni yetiştirişni taşkil qiliş, xarid qiliş, saqlaş, qayta işlaş, içki va taşqi bozorga sotib, tumanimiz iqtisodini yuksaltirişga, aholining turmuş sifati oşişiga xizmat qiladi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶