21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 19:36
Jamiyat 👁 1,524

YaXShI YaShAShNI HAM BIROVDAN OʻRGANAMIZMI? YoXUD OZODALIK, ORASTALIK TURMUSh TARZIMIZGA AYLANSIN!

YaXShI YaShAShNI HAM BIROVDAN OʻRGANAMIZMI? YoXUD OZODALIK, ORASTALIK TURMUSh TARZIMIZGA AYLANSIN!

Xaqlimiz azal-azaldan orastalikka chor-atrof obodligiga eʼtibor berib yashab kelgan. Hovli-joyi toza xonadonlarning bekalari hurmat-ehtiromga sazovor boʻlgan. Qizlarining uquvliligi, chevarligi, orastaligi yuksak qadrlangan.

Yurtimizda har yili koʻklamda Navroʻz bayrami arafasida oʻtkaziladigan milliy urf-odatlarimizdan biri - hasharning asrlar oila yashab kelayotgani zamirida ham xalqimizning tozalikka, saranjom-sarishtalikka intilishi mujassam, desak mubolagʻa boʻlmas.

Joriy yilda ham bu umrboqiy odatimizga binoan mehnatga yaroqli barcha aholi 17-18-aprel kunlarida boʻlib oʻtgan xayriya hasharida faol qatnashib, koʻchalar boʻylarini, hovlilar atroflarini tozalashdi, mevali-manzarali daraxtlar, gul koʻchatlarini oʻtqazishdi.

Bir soʻz bilan aytganda, chor-atrof oʻzgacha qiyofaga kirdi. Koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish oyligi mobaynida bu ishlar hali davom ettirilayapti.

Afsuski, buningdek xayrli ishlarga hamma ham birdek kirishyapti, deyish biroz notoʻgʻriroq boʻlar.

Shu yilning 10-aprelida Mangʻit shahrining Chordara, A.Navoiy nomli, Boʻston mahallalarida boʻlganimizda bunga yana bir bora iqror boʻldik.

Chordara mahalla fuqarolar yigʻini binosining sirti boʻyalmaganligi, bino joylashgan ulkan koʻchada yashil daraxtlar kamligi, borlari ham endi boʻy koʻrsata boshlaganligi kishining diqqatini tortadi. Axir bu koʻcha bunyod boʻlganiga necha oʻn yillar boʻlgan. Agar yoʻl boʻylariga oʻzimizning hududimizda ekib kelinayotgan qoramon, oq tol, chinor, toʻrongʻil kabi uzoq yashaydigan daraxtlar ekilganida koʻcha fayzli, havosi toza boʻlar edi.

Mahallaning Zavqiy koʻchasi boshida tadbirkorlar faoliyat yuritayotgan bino atrofida oʻtgan yilgi oʻsgan oʻsimliklar poyalari shundoq turibdi. Mangʻitning qadimiy manzillaridan boʻlgan Zavqiy koʻchasi boshidagi xonadon tomorqasidagi yovvoyi oʻtlar qoldigʻini kuni kechagina tuman DSENM va MFY xodimlari ogohlantirganidan soʻng tozalabdi. Qamish, oqbosh oʻsib yotgan, ancha katta tomorqa yerga hali umuman ekin ekilmagan, hatto bu haqda xonadon egalari oʻylab ham koʻrishmagan shekilli.

- Toʻgʻri, koʻchamiz boʻyida daraxtlar kam, ayrim xonadonlarda endi ekilyapti. Buning ham sababi bor. Oʻtgan yillarda vodoprovod suvi ham, oqar suv ham umuman boʻlmadi. Mana, Tursunboy Serikboyev oqsoqol boʻlib saylangach, dardimizga quloq tutib, vodoprovod suvi kelishini taʼminladi. Agar oqar suv keltirishning iloji boʻlsa, tomorqalarimizdan koʻnglimizdagiday foydalangan boʻlar edik, - deydi shu koʻchada istiqomat qiluvchi yakka tadbirkor Bahodir Avazmurotov.

Ha, bu gapda jon bordir. Biroq hamsuhbatimizning hovlisi oldi supurib-sidirilgan, daraxtlar koʻkarib turgani holda, qoʻshnilardan birining hovlisi atrofi-yu tomorqasini qamish, oqbosh bosib, qarovsiz, tozalanmay turganini, baʼzilari esa koʻchaga tosh, shagʻal uyib qoʻyganini, hovlisi oldi bir dona daraxt ekilmay taqir boʻlib turganini qanday izohlash mumkin?

Shu kunlarda Navoiy mahallasining Ulugʻbek nomli koʻchasiga tashrif buyurgan odamning bahri-dili ochilib ketadi. Koʻcha boʻylab barcha xonadonlar oldida qiygʻos boʻlib gullab turgan olcha daraxtlarini qoʻshnilar maslahatlashib, birga ekkandek, boʻylari ham deyarli bir xil. Koʻchaning boshidan to oxirigacha supurib, suv sepilganini koʻrib: - Koʻchangizning qiz-kelinlari juda ozodaga oʻxshaydi, - deya qilgan hazilimizga shu koʻchada istiqomat qiluvchi Bahrom Erimbetov:

- Bu koʻchamizning keksalari tarbiyasi tufayli. Ular doim yoshlarga yerdan unumli foydalanishni, ozoda va saranjom-sarishta yashashni oʻrgatib charchashmaydi, - dedi kulib. Uning 6 sotixlik tomorqasida koʻkarib turgan kartoshkasi, piyozi va pomidor pushtlari orasida ham begona oʻt yoʻq. Hovli ichkarisi hozir supurilganday Xonadon sohibining aytishicha, hovlisining koʻcha tarafiga ekilgan gilos daraxtlari mevasi oʻzlaridan ortib, quda-anda-yu qarindoshlarga ulashishga ham yetar ekan.

Xuddi shu mahallaning Guliston koʻchasida yashovchi xonadonlarning ayrimlari hovlisi fasad qismiga keraksiz ashqol-dashqollar, mana bu xonadonda esa mollarning goʻngi yigʻib qoʻyilgan.

Mahalla oqsoqoli Vahob Oʻrozaliyevning aytishicha, bu yil koʻklamning oʻzida mahalladagi har bir xonaadonga MFY xodimlari 7-marta kirib, tozalik, koʻkalamzorlashtirish, tomorqa yerlardan unumli foydalanish borasida tushuntirish ishlarini olib borishgan. Biroq mahalla hududidan oʻtgan ulkan ariq ichidagi, atrofdagi axlatlar, shisha siniqlari hali nazorat yetarlicha emasligini koʻrsatayapti.

Shu oʻrinda bir haqli savol tugʻiladi: nahotki bizga qanday yashash kerakligini kunda kimdir oʻrgatib turishi lozim boʻlsa? Axir ozoda, obod hudud oʻz hayotimiz uchun zarurku! Shu makonda kelgusi avlodlar oʻsib ulgʻayadi. Ular ham bizning oʻgitlarimizdan emas, avvalo qilgan ishlarimizdan oʻrnak olsa...

Boʻston mahallasiga yoʻl olib, yoʻl boshidanoq taʼbimiz xira boʻldi. 38-sonli umumtaʼlim maktabi yonida, ichkarilab, sport maydonchasi chetidagi oʻtgan yilgi oʻsgan oʻsimliklar poyalari, saqich, muzqaymoqlar qogʻozlariga koʻzimiz tushadi. Bu borada hammaga oʻrnak boʻlishi lozim boʻlgan jamoa nazaridan bu hudud chetda qolgan koʻrinadi. Sal ichkarilab, turli tadbirkorlik subʼektlariga tegishli obʼektlar oldiga kimdir biron koʻchat oʻtqazishni ham oʻylab koʻrmaganligini sezdik. Birining yonginasida toʻqaysifat oʻtgan yilgi oqbosh, qamish poyalar sargʻayib turibdi. Yonginasida qoʻshnisining hovlisida turli mevalar gullab, ekinlar koʻkarib turgani ularning havasini keltirmaydi chogʻi.

Mahallaning “Uzumzor” koʻchasida ham kimningdir eshigi oldida qachonlardir qurilish maqsadida toʻktirgan toshlarining ortgan qismi, kimningdir eshigi oldida tuproq uyulib turibdi. Koʻcha oxiridagi qurilishi tugallanmagan bir hovli oldiga esa “uddaburon” bir kimsa axlat toʻkib ketibdi.

Bizning diqqatimizni tortgan narsa, mahallani suv bilan taʼminlaydigan ulkan ariq bir oycha burun tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tozalangan ekan. Biroq ular suv yoʻlini tozalab, savobli ish qilishibdi-yu, axlatlarini har yer - har yerga yigʻib qoʻyib, tashib ketishni unutib yuborishibdi, chogʻi. Uyum-uyum ariq axlatlari ustiga shu atrofdagi xonadonlarda istiqomat qiluvchilar maishiy chiqindilarni ham tashlay boshlashibdi.

Oʻylab koʻring, hozir koʻklam. Xonadonlardagi kichkintoy bolajonlar hovlisi atrofida mazza qilib teng-toʻshlari bilan oʻynashadi, shu yoʻldan maktabga qatnashadi. Koʻchadagi uyum-uyum axlatlardan oziqlangan zararli hasharotlar ularning sogʻligʻiga putur yetkazmasmikan?

Kunlar bundan-da isib ketsa (oldimiz yoz-da), badboʻy hidlar tarqalmaydi, deb kim aytadi?

Xullas, Mangʻit shahrining uchta mahallasini kezib, bugungi kunda odamlarning yaxshi yashashga, hayotda oʻzlari uchun qulay muhit yaratib yashashga intilishini his qilish barobarida yuqoridagidek noxush manzaralarga ham duch keldik.

kamchiliklar barcha mahallalar hududida ham uchraydi. Mazkur koʻrsatuvimiz orqali barcha aholini ozoda va saranjom-sarishta boʻlib yashashga chorlab qolamiz. Chunki ozodalik – salomatlik garovi.

Toʻramurod BOBONIYoZOV, tuman DSENM shifokori.

Gʻayrat ISKANDAROV, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi.

Oygul RAJABOVA, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi muxbiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026