TOMORQADA HIKMAT KÖP
Xalqimiz azal-azaldan tilsiz zamin bağridan öz rizqini undirib, tirikçilik qilib kelgan. Afsuski, qariyb bir asrga yaqin hukm surgan sobiq ittifoq tuzumi davrida qişloq odami tongdan şomgaça paxta dalasidan çiqa olmadi, hovlisi atrofini öylagulik fursati bölmadi, özimizda yetiştiriş imkoniyati yetarli bölgan poliz mahsulotlari, sabzavotlarning çetdan keltirilganini bir kun sotib ololsa, bir kun ololmay, boriga qanoat qilib yaşadi, yerga ixlosi qöllab-quvvatlanmadi.
Şukurki, bular bari ötmişda qoldi. Oilada daromad manbalarini yaratiş, daromadni oşiriş tufayli xalqimiz turmuşi tobora farovonlaşmoqda. Tomorqa oila iqtisodini yuksaltiruvçi, rizq-rözini ziyoda qiluvçi manba ekanligi bugun barçaga birdek ayon.
Joriy yilda tumanimiz böyiça 410 yuridik maqomga ega bölgan dehqon xöjaliklari va 32 ming 570 nafar tomorqa yer egalarining 5 ming 217,4 gektar ekin maydonlarining barçasidan unumli foydalaniş va yuqori hosil yetiştiriş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqildi.
Aholi örtasida tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borilib, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer uçastkasidan samarali foydalaniş, oila daromadini oşiriş, şuningdek, issiqxona barpo etiş, çorva mollari, parrandalar parvarişlaş, asalariçilik bilan şuğullanişni taşkil etiş qöşimça daromad manbai ekani aniq misollar asosida tuşuntirilmoqda. Bunda tomorqasida arzon, sifatli meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetiştirayotgan oilalar tajribasi keng ommalaştirilayapti.
Aholi bilan ötkazilayotgan muloqotlarda Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 291-moddasiga asosan yakka tartibdagi uy-joy quriş va uy-joyni obodonlaştiriş uçun berilgan yer uçastkalarining tomorqa qismiga qişloq xöjaligi ekinlari ekilmagan yoki obodonlaştirilmagan hollarda 3 barobar miqdorda yer soliği tölanişini belgilovçi qöşimçalar kiritilgani haqida maʼlumotlar berilmoqda.
Dehqon xöjaliklari ekin maydonlaridan samarali foydalanmaslik endilikda yer uçastkasiga bölgan huquqni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qiliş böyiça çoralar körilişiga olib kelişi mumkinligi tuşuntirilayapti.
Tomorqa! Ostona hatlab uyimizdan çiqişimiz bilan nazarimiz tuşadigan bu daxlsiz hududimiz bizdan endi oqilona munosabatni, ekin ekib möl hosil undirişda ilm-fan yutuqlaridan omilkorlik bilan foydalanişni talab qilmoqda. Axir, uning qay yösinda köz öngimizda namoyon bölişi öz saʼy-harakatimizga boğliq.
Işning özini emas, közini bil, deydi donolar. Öz tomorqa yeriga qanday işlov berişni, qanday oziqlantirişni, ekindan qanday hosil olişning hadisini olgan yurtdoşlarimiz joriy yil hosili uçun ekiş işlariga allaqaçon kirişib ketişdi. Beda, ertagi kartoşkalari unib çiqa boşladi.
Farzandlarini qayğurgan, yaxşi körgan odam tomorqasidan samarali foydalanadi. Kartoşka, piyoz, pomidor, bodring, sabzi, mevalar öz tomorqasida yetilib tursa, rözğorda yetar-yetmaslik bölmaydi. Bu neʼmatlarni farzandlaring öz qöli bilan uzib yesa, bu qançalar baxt.
Tomorqada rizqimiz unibgina qolmay, bizga öz mehnatimizdan zavqlaniş baxtini ham beradi, butun oila hamjihatlikda mehnat qiliş könikmasini şakllantiradi, mehnatni qadrlaşga örgatadi.
Ha, tomorqada hikmat köp.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶