XAYRIYa KONTsERTI BÖLIB ÖTDI


Şu yilning 19-aprelida tumanimizning Voxum aholi punktida joylaşgan öyingohda Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirligi Madaniyat saroyi aşula va raqs ansamblining xayriya kontserti böldi.
Dasturda tuşgan mablağlarni bugungiday tinç va osuda turmuş tarzi barqarorligi yölida xizmat vazifasini ado etayotib halok bölgan içki işlar xodimlarining oila aʼzolarini, farzandlarini qöllab-quvvatlaşga qaratiş maqsadida öz isteʼdodlarini namoyiş etgan boşlovçi Uçqun Tillayev, xonandalar Gulyuz, Maşhura Ergaşova, Suxrobbek Hamdamov, Şerali Bekmurodov, “Mango” guruhi aʼzolari va taniqli söz ustalari Ötkir Muhammadxöjayev, Avaz Oxunlarning har bir çiqişini tumanimiz aholisi qiziqib tomoşa qildilar, Ona Vatan, mustaqillik, ozod va obod yurtda yaşaş baxti tarannum etilgan qöşiqlardan ulkan taassurotlar oldilar.
Ayniqsa, maşhur qiziqçilar Ötkir Muhammadxöjayev, Avaz Oxunlarning sodda, beğaraz va kuçli yumorga boy hangomalari barçaga manzur böldi. Dasturda iştirokçilarining kontsertdan tuşgan mablağlarni xayr-saxovatdek savobli işga bağişlaganlari juda diqqatga sazovordir.
O. Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶