HAR QARIÇ YeRDAN UNUMLI FOYDALANIŞ – FAROVONLIK GAROVI
Bugungi kunda yurtimizda köklamning qulay, iliq kunlaridan foydalanib, ertagi ekinlarni ekib, yuqori hosil oliş uçun harakat tobora avj olmoqda. Çunki tomorqa yerlarda yetiştirilgan mahsulotlar eng avvalo, yangi uzib isteʼmol qilinişi, ekologik tozaligi bilan afzal. Qolaversa, butun oila aʼzolari hamjihatlikda yetiştirgan mahsulotning taʼmi özgaça böladi, rözğorga baraka kiradi.
Yaşirişning hojati yöq, bugungiday dorilomon kunlarda ham noçor yaşayotgan, kam taʼminlangan oilalar yöq emas. Aholining ana şunday ğamxörlikka muhtoj qatlami uçun ham tomorqasini qöşimça daromad manbaiga aylantirişi, çorva, parranda parvarişlaşi orqali qöşimça daromad topişiga erişiş, albatta, kelgusida öz natijalarini beradi. Tomorqa barça xonadonlar uçun ham rözğorga madadkordir.
Yaqinda şu maqsadda tuman Kengaşi deputatlari, “Oq oltin” ovul fuqarolar yiğini hamda jamoat taşkilotlari vakillari xonadonma-xonadon yurib, mazkur ovulda yerdan foydalaniş ahvoli ustidan deputatlik va jamoatçilik nazoratini amalga oşirdik.
Tumanimizning “Oq oltin” ovuli aholisi azal-azaldan dehqonçilikda öziga xos tajriba va mahoratga ega. Ular birinçilardan bölib, kökpiyoz, sabzi, kartoşka, bodringlarni yetiştirib, bozorga çiqarişadi. Xonadonlar tomorqalarini közdan keçirsangiz, hozir ertagi kartoşka, piyozlari kök solib turganini körasiz.
Ovulning tajribali tomorqa egasi Yöldoş Samandarov öz hovlisida barpo etgan issiqxonasida pomidor, bodring, bulğor qalampiri kabi ekinlar köçatlarini yetiştirib, otiziga köçirib ham böldi. Erta ekilgan kartoşka bir tekis kökarib çiqqan.
Şuningdek, Egambergan Safarniyozov, Akram Yusupovlarning tomorqasida ham közni quvontiradigan manzaralarni köriş mumkin. Puştalarga köçirib ötqazilgan pomidor, bulğor qalampiri, bodring nihollari rivoji yaxşi.
Ovulning “Toza bosu” aholi punktidagi 300 dan ziyod xonadon istiqomat qiladigan şu nomdagi köça böylab yurgan kişi 2007-2008-yillarda qurilgan 20 taça xonadon yaşaydigan qismida yerlarning oqarib, şörlab yotganidan ajablanişi tayin. Köça yaqinidan ulkan yop oqib ötganligi, avval mavjud bölgan zaxkaş keyinçalik kömilib qolganligidan tomorqa yerlar haddan ziyod şörlab ketgan.
– Yerimizga ketmon ursak, zax suv çiqadi. Biz ham özimizga kerakli mahsulotlarni öz tomorqamizda yetiştirişni orzu qilamiz, – deyişadi mazkur hududda istiqomat qiluvçilar.
Nazorat guruhi aʼzolari ularga amaliy yordam beriş yuzasidan çora-tadbirlar belgiladilar.
Şuningdek, ovulda faoliyat yuritayotgan “Nazokat-Şokir” fermer xöjaligida ötgan yili xöjalik ekin maydonlarining ayrim qismiga rejada belgilanmagan ekin – şoli ekilgani aniqlanib, xöjalik raisi Ikrom Davlatyorov kelgusida buningdek holatni takrorlamaslik yuzasidan ogohlantirildi.
maydonlarimizda, tomorqa yerlarda yetiştiriladigan hosil kelgusi farovon hayotimizni taʼminlaydi. Şu boisdan ham bu masalaga beparvo qaraşga haqqimiz yöq.
Rim ÖROZBOYeV, Fuqarolarning özini özi boşqariş
organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça
tuman Kengaşi raisining örinbosari,
xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶