ZEBO – INNOVATsION OLIMPIADANING ÖZBEKISTON BOSQIÇI ĞOLIBI
Taʼlim sifatini oşiriş hamda yoşlarning iqtidorlarini yuzaga çiqariş borasida sohada köplab yangilanişlar tatbiq etilmoqda. Umumiy örta taʼlim, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim tizimida taʼlim olayotgan yoşlar uçun bilim, könikma va malakalarini namoyon etişlariga keng imkoniyat yaratilmoqda.
Umumiy örta taʼlim muassasalari öquvçilari örtasida ötkazilib kelinayotgan bilimlar sinovi, fanlar olimpiadasi tanlovlari qatorida innovatsion olimpiada ham taşkil etildi. Iqtidorli öquvçilar örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş, özaro döstona munosabatlarni mustahkamlaş hamda intellektual qobiliyatlarini rivojlantiriş maqsadida joriy yilda taşkil etilgan innovatsion olimpiadaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida tumanimiz umumiy örta taʼlim muassasalarining iqtidorli öquvçilari faol iştirok etdilar. Bu bosqiçda ğoliblikni qölga kiritgan tumanimiz öquvçilaridan 5 nafari innovatsion olimpiadaning Özbekiston Respublikasi bosqiçiga qatnaşiş huquqini qölga kiritdilar. Mazkur bosqiç har bir fan böyiça Toşkent şahri va viloyatlar markazida ötkazildi.
Öquvçilarning bilimlari Respublika taşkiliy qömitasi tomonidan taqdim etilgan elektron dastur yordamida onlayn tarzda test asosida sinovdan ötkazildi.
Tumanimizdagi 12-maktabning 8-sinf öquvçisi Zebo Omonboyeva çizmaçilik fani böyiça Nukus şahrida, 22-maktabning 10-sinf öquvçisi Rayhon Bekmurodova, 26-maktabning 9-sinf öquvçisi Jamşid Rajabovlar informatika fani böyiça Toşkent şahrida, 32-maktabning 9-sinf öquvçisi Temurbek Umarbekov matematika fani böyiça Urganç şahrida, 56-maktabning 10-sinf öquvçisi Javlon Ismoilov fizika fanidan Samarqand şahrida ötkazilgan onlayn tarzidagi test sinovlarida qatnaşdilar.
Iqtidorli öquvçilarimiz innovatsion olimpiadaning test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötib, yuqori ball töplaşga erişdilar va “Faxriy yorliqlar” bilan taqdirlandilar.
Eng quvonarlisi, çizmaçilik fani böyiça iştirok etgan 12-maktab öquvçisi Zebo Omonboyeva öqituvçisi Maqsuda Avezovadan olgan bilimlarini oqlab, innovatsion olimpiadaning Özbekiston Respublikasi bosqiçi 1-örin ğolibi deb topildi. Zebo Omonboyeva 1-darajali Diplom, “Faxriy yorliq” va sovğalar bilan taqdirlandi.
Qobiliyatli va iqtidorli yoşlar juda köp. Bunday yoşlarni aniqlaş maqsadida ötkazilayotgan sinov va tanlovlar ularning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirişda, bilim va malakalari, ijodiy faolligini oşirişda katta ahamiyat kasb etadi.
Ravşan XOLMURODOV,
XTB taʼlim sifati monitoringi bölimi boş inspektori,
xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶