KITOBLARIMIZ YoŞLAR TARBIYaSIGA XIZMAT QILSIN!
Kitoblar zamon tölqinlarida suzuvçi va özining qimmatbaho yukini avloddan-avlodlarga avaylab eltuvçi tafakkur kemalaridir, – degan edi F.Bekon.
Amudaryo telekanali orqali “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati va “Jayxun ilhomlari” NNT hamkorligida “Ommaviy kitobxonlik” oyligining ötkazilayotganini eşitib, juda quvondim. Çunki oylik tumanimiz yoşlari orasida kitob mutolaasi ommaviyligiga öz hissasini qöşişi şubhasiz. Kitob mutolaasi esa öquvçiga hayotda öz örnini topişida beminnat kömakçi böladi.
Meni ikki yildan beri NNT qoşidagi kutubxonaga aʼzoman, tez-tez kelib turaman. Şu jarayonda köplab öquvçi yoşlarning ham kelib, turli kitoblarni tanlab olayotganining guvohi bölganman.
Şuni eʼtiborga olib, özimning yillar davomida yiqqan, biroq hozir öqilmay, tokçada turgan bir neçta kitoblarimni kutubxonaga sovğa qilişga ahd qildim. Çunki öqilmay tursa, har qanday durdona asarning ham elga nafi tegmaydi.
Tumanimizning barça aholisini kutubxonaga kitob sovğa qilişdek ezgu işga boş qöşişga çorlab qolaman. Axir ota-bobolarimiz qatra-qatra yiğilib daryo bölur, deyişgan.
Soliy SOBIROV,
taʼlim faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶