ONA SUTI bilan SINGGAN TUYĞU
Vatan. Şu birgina sözda olamga tatigulik teran maʼno yaşiringan. Mening Vatanim, aziz diyorim, jonimdagi jon Özbekistondir. Bilmam, Vatan mehri qaydan singmiş jonimga, onam suti birlami, otam ögiti ila!
Har bir insonning ilk muhabbati Vatanga bölgan muhabbatidir. Baʼzi bir insonlar borki, qalbi muhabbatga limmolim-u baralla aytmaydi. Ammo amalda Vatan uçun dunyolarça iş qilib qöyadi. Baʼzilar esa tildan qöymaydi. Ammo ular bilmaydiki, asl muhabbat tilda emas, dilda bölişini. Vatan mehri, yurt muhabbati qalb törida gavhardek saqlanmoği lozim. Qalb gavhariga xiyonat qilmoq esa eng yomon illatdir. Vatanga xiyonat qilmoq bu, to çaqaloqligingdan katta bölguningga qadar bağrida orom olgan beşikka, onaga xiyonatdir. Bu haqda öylaşning, tasavvur etişning özi muşkul, töğriroği, dilni xira qiladi, qalbni larzaga keltiradi, butun vujudni titroqqa soladi.
Xiyonatkor... U qanday insondirki, uni mehr belançagida allalagan ota makonini jaraq-jaraq pullarga alişadi. Bunday jirkanç işni qilgan insonlarning yuragida asl yurak emas, bir parça göşt urib turadi. Insonlar erta tongda gullarning yuzidagi tomçilarni körib, şabnam tuşibdi, deyişadi, ammo bu Vatanga qilingan va qilinayotgan razilliklardan dili vayron bölib, qalbi çok-çokidan sökilib, yurak-bağri ezilgan Vatanning köz yoşidir, balki Qarangki, dunyodagi jamiki jonzotda Vatan mehri, yurt işqi tölqinlanib turadi, mayli, ularni ongsiz deylik, ammo nega unda yantoqni çamanda östirib bölmaydi, nega unda qöşnimizning tovuği bizning hovliga kelib yaşayvermaydi, bu savollarga bittagina javob – bu möʼjazgina Vatandir.
Demak, biz ona-Vatanning har bir ğamxörligiga munosib bölişga intilişimiz kerak. Öqişda, jamoat işlarida faol bölişimiz, öz fidoyiligimiz, ezgu işlarimiz bilan ona yurt taraqqiyotiga hissa qöşişimiz kerak. Dunyoda heç narsaga almaştirib bölmaydigan, kelajagi buyuk Vatanimizni köz qoraçiğidek asraş biz yoşlarning farzandlik burçimizdir.
Sveta ŞOMURODOVA,
11-maktab öquvçisi, tahririyatning
“Yoş muxbirlar” tögaragi aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶