Sardorlar uçraşuvi muntazam ötkazilmoqda
Yoşlar ittifoqi tomonidan ötkazilayotgan turli tadbirlar mamlakatimiz yoşlarining yanada faollaşişida ularning iqtidorlari, salohiyati, bilimlarini yuzaga çiqarişda hamda ezgu maqsad yölida birlaşişlarida alohida örin tutmoqda.
Tumanimizdagi 16-sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabida ittifoqning tuman Kengaşining maktabdagi aʼzolari, “Kamalak” bolalar taşkiloti yetakçisi hamda sardorlari har haftaning juma kunida uçraşuv ötkazadilar. “Yoşlar – kelajak bunyodkori” mavzusida ötkaziladigan uçraşuvda har bir sinfdan tayinlangan 8 ta yönalişning sardorlari va ittifoqning tuman Kengaşi sardori iştirok etadi.
Yoşlar ittifoqi maqsad va vazifalari haqida keng tuşunça beriş, öquvçilarning isteʼdodini yuzaga çiqariş va ularni qöllab-quvvatlaş borasida olib borilayotgan işlar kölamini oşiriş uçun yangi rejalar, çora-tadbirlar belgilab oliş maqsadida ötkazilib kelinayotgan uçraşuvda sardorlar dastlab bajargan işlari haqida hisobot beradilar. Sardorlar ijodga, sanʼatga, sportga qiziquvçi iqtidorli yoşlarni tadbirlarga jalb etiş borasidagi rejalarini taqdim etadi.
Ittifoqning tuman Kengaşi aʼzolari hamjihatlikda faoliyat yuritmoqdalar.
Kamola Qöçqorova,
16-sonli IDIMning “Kamalak”
bolalar taşkiloti “Press klub” sardori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶