OBUNAÇILAR SONI BIR KUNDA 30 NAFARGA OŞDI
Yaqinda tumanimizning çekka hududida joylaşgan 41-sonli umumtaʼlim maktabida “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati va “Jayxun ilhomlari” NNT hamkorligida ötkazilayotgan “Ommaviy kitobxonlik oyligi” doirasida tadbir bölib ötdi.
Tadbirda “Jayhun ilhomlari” NNT raisi A. Nafasov, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi muxbirlari O. Rajabova, O. Xudoyberganova, şuningdek, gazetaning jamoatçi muxbirlari D. Rajabova, S. Ismoilovalar iştirok etdilar.
Tadbirni maktab direktori D. Nurjonov oçdi. “Jayxun ilhomlari” NNT raisi A. Nafasov, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi maxsus muxbiri O. Rajabovalar ötkazilayotgan oylik, xususan mazkur tadbir maqsadi, kutilayotgan natijalar haqida gapirdilar.
Maktab öqituvçilari, öquvçilari va ularning ota-onalari eʼtiboriga “Jayxun ilhomlari” NNT qoşidagi kutubxonaning öquvçilarga möljallangan 60 tadan ziyod badiiy va ommabop kitoblari havola etildi. Şuningdek, köçma kitob dökoni taşkillaştirilib, ota-onalar farzandlariga badiiy kitoblar, til örganişga, fanni çuqur özlaştirişga xizmat qiluvçi qöllanmalar sotib olişga daʼvat etildi.
Tadbir davomida 30 nafar öquvçilar kutubxonaga aʼzo bölib, özlarini qiziqtirgan kitoblarni öqiş uçun tanlab oldilar.
Bu borada kelgusida ham hamkorlikni davom ettiriş yaxşi samaralar beradi. Çunki biz öquvçilarning kitob öqişga neçoğlik taşna ekanligini öz közimiz bilan kördik.
Sevara ISMOILOVA, jamoatçi muxbir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶