Olis Ukrainaning qişloqlaridan Manğitgaça: uruşdan jabr çekkan oila qismati
Buvim Mariya Zaxarovna Kuxarskaya 1925-yilda Ukrainaning Krasilovskiy tumani Yavorovtsi qişloğida oddiy işçilar oilasida tuğilgan. Onasi Anna uy yumuşi bilan, uçta qizalogi – Mariya, Nadya va Ninalarning tarbiyasi bilan maşğul edi. Otasi Zaxariy esa şakar zavodida boş injener bölib işlardi.
1942-yil iyun oyida bu hudud faşistlar tomonidan bosib olinib, uruş tufayli qişloqdagi hamma yoş yigit va qizlar surgun qilingan, şu payti buvim hali 17 yoşga ham tölmagan qiz edi. Hammani vagonlarga xuddi qöy kabi qamab, Germaniyaga surgun qilişgan. Mening buvijonim şu payti Bavariyadagi Xyundstefan oblastiga qullikga mahkum qilingan edi.
Vagondan tuşgaç, asir va asiralarni qayergadir guruh-gurh qilib bölişgan. Taqdir taqozosi bilan u Gerşpek Anders va Anna ismli nemis oilasiga tuşib qoldi. Buvimning yangi xöjayini ham 1917-yildagi uruşda Xorvatiyada asirga tuşib, qul bölgan ekan. Şuning uçun u boşqalardan farqli ravişda qöl ostidagilarga muloyim va ğamxör edi.
Buvim yoşligidanoq juda çaqqon va epçil bölgan. Gektar-gektar maydon yerlarni ekkan, samon-ötlarni ğaramlab, kartoşka va boşqa ekinlar yiğim-terimida qatnaşgan.
Epçil va çaqqon bölganligi sababli xöjayinning xotini uni yoqtirmagan va azob berişga uringan. Lekin, xujayin va uning katta öğli uni qöllab-quvvatlaşgan, qöşni qişloqlarga qullikka tuşgan hamkişloq dugonalarini köriş uçun imkoniyat berişgan.
Xöjayini buvimni “Maydl” deb çaqirişgan. Unga rahm qilib, qöliga ruçka va qoğoz berib, uyiga tirikligi haqida xat yozişga ruxsat bergan.
Buvimni çaqqon va epçilligi uçun uni xöjayinining şahridagi oğaynilari ham yoqtirişar edi. Ular şahardan eski kiyimlarni olib sotiş bilan şuğullanişganligi sababli unga baʼzan bir-ikkita ustki kiymlarni ham berişgan ekan.
Nemislar özaro bazm va zifatlar uyuştirgan paytlari buvim ularga xizmat qilib yurib, ona Vatanida nima bölayotgani, yurtdoşlarining taqdiri qanday keçayotganini eşitar edi.
Uç yarim yil deganda uruşda faşistlar yengilib, AQŞ, Frantsiya, Buyuk Britaniya va sobiq SSSP ittifoqçiligidagi qöşin Germaniyani ham qölga kiritadi. Bir neça yillik qullikdan keyin buvim ham boşqa tirik qolgan qişloqdoşlari qatori ozod bölgan.
Buvim uruşdan keyingi tiklaniş yillarida asli samarqandlik bölgan özbek yigiti bobom – Jöra Pölatov bilan tanişib, unga turmuşga çaqadi. Uruş tugagan bölsa ham, xalq xöjaligining deyarli barça sohalari izdan çiqqan, xalq tun-u kun mehnat qilardi. Yoş er-xotin bir neça yillar Bokuda yaşab, fidoyilik bilan işlab, mehnat qilişadi. Keyinçalik bobom va buvim Samarqandga, undan esa xizmat vazifasi taqazosiga köra Toşkent viloyatiga köçib kelişadi.
1960-yilda qizi ularning qizi – mening onam Natalya tuğiladi. U 1981-yilda manğitlik yigit – dadam Çorşam Tojimurodovga turmuşga çiqadi.
Har gal onam menga bobom va buvimning uruş yillarida boşidan keçirganlari haqida sözlaganda tinçlikning, mustaqillikning qadri qançalik uluğ ekanini his qilaman.
N.Tajimuratova, 38 maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶