24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 12:00
Jamiyat 👁 1,601

Korruptsiya - taraqqiyot kushandasi

Korruptsiya - taraqqiyot kushandasi

Insoniyatning azaliy muammolaridan biri bu - korruptsiya.
Korruptsiya - mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalariga taʼsir etib, iqtisodiy sohada mamlakatning nazorat qilish funktsiyasining susayishi, raqobat mexanizmlari ishlamasligi, mulk huquqining poymol qilinishiga, tovar va xizmatlar baholarining oshishiga olib kelishi, ijtimoyi sohada xalqning sotsial tabaqalanishiga, qonun ustuvorligi printsipining obrusizlanishi, siyosiy sohada esa xalqning hukumatga ishonchi yoʻqolishiga olib keladi.
Korruptsiya - soʻzi lotin tilidan olingan boʻlib, "oʻz tomoniga ogʻdirish", "sotqinlik" maʼnolarini anglatadi.
Mamlakatamizda ham korruptsiyaning yuqoridagi salbiy oqibatlarini hisobga olgan holda ushbu illatga qarshi kurashish, uning profilaktikasi boʻyicha milliy qonunchilik takomillashtirilib, bu boradagi xalqaro mʼyorlarga muvofiqlashtirilib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oshishiga zamin yaratuvchi va korruptsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini oʻzida aks ettirgan Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda maʼqullangan va Prezident tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” Qonuni shulardan jumlasidandir.
Mazkur qonun 34 moddadan iborat boʻlib, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunda “korruptsiya”, “korruptsiyaga oid huquqbuzarlik” va “manfaatlar toʻqnashuvi” milliy qonunchiligimiz uchun yangi boʻlgan tushunchalar kiritilgan.
Unga koʻra korruptsiya — shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.
Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari sifatida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi printsipini taʼminlash masalalari oʻz aksini topgan.
Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkinligi koʻrsatilib, korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentlari belgilangan.
Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi
va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi (bundan buyon matnda Idoralararo komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi. Idoralararo komissiyani shakllantirish
va uning faoliyati tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Qonunga koʻra, davlat boshqaruvi sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat boʻlib:
davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning hisobdorligini taʼminlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining va boshqa xodimlarining oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan masʼuliyatini kuchaytirish;
korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlarining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
davlat organlarining va ular xodimlarining faoliyatida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik;
davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan oʻz mansab yoki xizmat majburiyatlarining bajarilishi samaradorligi mezonlarini, standartlarini va uning sifatini baholash tizimlarini joriy etish;
davlat organlari xodimlarining kasbiy hamda xizmatdan tashqari faoliyatdagi odob-axloqining yagona printsiplari va qoidalarini belgilovchi odob-axloq qoidalarini samarali amalga oshirish;
davlat organlari xodimlari manfaatlarining toʻqnashuvini hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularga rioya etilishi yuzasidan monitoring oʻtkazilishini taʼminlash;
davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomini belgilash, xizmatni oʻtashning shaffof tartibini oʻrnatish, shaxsiy va kasbiy sifatlar, ochiqlik, begʻarazlik, adolatlilik va xolislik printsiplari asosida tanlov boʻyicha saralash hamda xizmatda koʻtarilish tizimini joriy etish;
davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi, murojaatlarning toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi, ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklarini tiklash hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻrilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
davlat organlari faoliyatida korruptsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ushbu organlar tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholagan holda muntazam ravishda monitoring oʻtkazish;
normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korruptsiyaga qarshi ekspertizasini tashkil etish;
davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarining samarali ijtimoiy himoya qilinishini, moddiy taʼminot olishini va ragʻbatlantirilishini taʼminlash hisoblanadi.
Davlat organlarining va oʻzga tashkilotlarning mansabdor shaxslari hamda boshqa xodimlari qonun hujjatlariga rioya etishi, oʻz mansab yoki xizmat majburiyatlarini begʻarazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda korruptsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan oʻzini tiyishi shart ekanligi koʻrsatilgan.
Qonuninng 28-moddasida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida axborot berayotgan shaxslar davlat himoyasida boʻlishi belgilangan.
Shuningdek, bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevral kungi PQ-2752-sonli qarori bilan “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarining samarali ijrosini taʼminlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida “2017-2018-yillarga moʻljallangan korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturi” va “korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi” tuzilgan.
Yuqoridagilarga asos, shuni taʼkidlash joiz korrutsiyaning kelib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, qonunlarni oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash, korruptsiyaning keltirib chiqaruvchi holatlarning oldin olish choralarini koʻrish har bir davlat organi lavozimli shaxslarining, fuqaro sifatida qolaversa har birimizning burchimizdir.

Ye.J.Uteniyazov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026