FESTIVAL YoŞLARNI FAOLLIKKA, KAMOLOT SARI DADIL INTILIŞGA ÇORLADI
Yaqinda tumanimizda aholining keng qatlamlari, xususan yoşlar örtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalaş, tarixiy xotira, milliy ğurur, komil inson tarbiyasi bilan boğliq tuyğu va tuşunçalarni yoş avlod qalbiga singdiriş, yoşlarning dunyoqaraşi va fikrlaş doirasini yanada kengaytiriş, ularning maʼnaviy barkamol şaxs bölib, jamiyatda öz örinlarini topişlari hamda özlari qiziqqan sohaning yetuk mutaxassislari bölib yetişişlariga kömaklaşiş, yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularning öz iqtidor va isteʼdodlarini namoyon qilişlari uçun yetarli şart-şaroit yaratiş va ularni qöllab-quvvatlaş maqsadida tuman hokimligi va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölimi hamkorligida “Yuksak maʼnaviyatli avlod” yoşlar festivali ötkazildi.
Festivalda quyi boqiçlarda saralangan 14 yoşdan 25 yoşgaça bölgan yoşlar iştirok etdilar. Ular “Badiiy ijod (nazm, nasr, publitsistika), “Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidenti asarlari bilimdoni”, “Mustaqillik tarixi bilimdoni”, “Eng iqtidorli hunarmand” (yoğoç öymakorligi, milliy kaşta, zardözlik, zargarlik, çilangarlik, gançgorlik, kulolçilik, milly öyinçoqlar yasaş) “Öz asarlarida milliylikni aks ettirgan rassom”, “Öz asarlarida milliylikni aks ettirgan dizayner”, “Vatan kuyçisi” (anʼanaviy qöşiqçilik va estarada) va zamonaviy ilm-fan yönalişidagi yangiliklarni qamrab oluvçi “Yuksak maʼnaviyatli avlod” nominatsiyalari böyiça ötkazildi.
Ijodiy işlar yuqori baholangan iştirokçilar festivalning keyingi bosqiçida qatnaşiş huquqini qölga kiritdilar.
Festival yoşlarning ijodiy, intelektual salohiyati oşişiga, öz yurti kelajagi uçun daxldorlik tuyğusi mustahkamlanişiga ijobiy taʼsir körsatişi şubhasiz.
O.RAJABOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶