21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 12:38
Jamiyat 👁 1,012

Olovli janglardan omon qaytib...

Olovli janglardan omon qaytib...

Ikkinçi jahon uruşi boşlanganida qipçoqlik Ötamurod bobo Bozorboyev 16 yoşli ösmir edi. Har kuni qipçoqliklar guras-guras bölib jondan aziz farzandlarini uruşga jönatiş uçun Amudaryo böyiga çiqişar, ayollar, qariyalar, bolalar qiy-çuv qilişib, yelkalariga safar xaltalarini osib olgan yoş-yoş yigitlarni quçoqlab yiğlaşar, keksa otaxon va onaxonlar yigitlar barjalarga çiqib olişgaç: “Oy borib, omon qaytinglar!” deb duo qilişardi. Bir neça qarindoşlari, qöni-qöşnilarini frontga kuzatib qolgan Ötamurod Bozorboyev hali ösmir yoşda bölsa-da öşandayoq uruşning ayovsiz dahşatini his etgandi. Kunora qişloqning goh u, goh bu mahallasida kimningdir uyida aza oçilar, yoş kelinçaklar beva, gödaklar yetim bölib qolardi.

1943-yilning mart oyi har yilgidan köra iliq keldi. Bahorgi dala işlaridan tun-u kun böşamayotgan Ötamurodni öşa kuni daladan töğri Qipçoq tuman harbiy komissariatiga çaqirib olişdi.

– Safar xaltalaringiz, kiyim-boşlaringiz taxt bölib tursin! – Harbiy hisob bölimi mudiri bu yerda hozir bölganlarga buyruq berdi.

Endigina 18 yoşga tölgan navqiron öğlini uruşga kuzatiş qançalik oğir bölsa-da Bozorboy ota Ötamurodga oq fotiha berdi:

– Boşing toşdan bölsin, bolam, “El boşiga tuşgan iş – er boşiga tuşgani”, degan ota-bobolarimiz. Boşing omon bölsa, bir kuni körişamiz...

– Amudaryo böylab barjada uzoq suzdik, – eslaydi otaxon qariyb 75-yil oldingi xotiralari haqida sözlarkan.

– Avval Xivada harbiy-taktik maşğulotlarda iştirok etdik. Söng poyezdga çiqib, Çelyabinsk orqali Xarkov frontiga borib tuşdik...

Ertasi kuni tongda daryoni keçib ötgan askarlar birinçi marta uruşning qonli manzarasiga duç kelişdi. Daryo böyidagi 18 ta aravada yarador jangçilar yotişar, ularning orasida ölganlar ham bor edi.

– Qarşimizda nemislar, – dedi rota komandiri. – Bizning vazifamiz duşman turgan hududni aylanib ötib, özimiznikilar safiga qöşiliş va duşmanning ortidan zarba beriş.

Yangi kelgan askarlar uçun topşiriqni bajariş oson keçmasligi aniq edi. Lekin yoş jangçilar xavf-xatarni pisand qilmay, oldinga intilişdi. Goh emaklab, goh yugurib to quyoş çiqqunga qadar duşman orqasiga ötib olişdi. Jang juda şiddatli böldi.

Ayovsiz jang oqibatida 13 nafar jangçidan 3 nafarigina omon qolişdi. Bir payt ular turgan okop tomon nemislarning bronetanki bostirib kela boşladi. Orqasida yuzga yaqin duşman jangçilari. Omon qolişning birdan-bir yöli okop içiga muk tuşib yotiş. Rus millatiga mansub rota komandiri buyruğiga köra ular şunday qilişdi. Tank okop ustidan ötib ketdi. Duşman jangçilari ham ularni sezmadi.

– Ming bir azob bilan örmonga, partizanlar qarorgohiga, partizanlar kömagi bilan özimiznikilar safiga qöşildik. Öşa kuni tunda poyezd yöli yaqinida bir nemis zobitini asir olib, ştabga topşirdik. Ana şu nemis zobiti bergan maxfiy maʼlumotlar tufayli jangda buriliş yasaldi. Bizga esa qömondonlik taşakkurnoma bildirdi. Sal ötib “Jasorat” medali bilan taqdirlaşdi.

Ötamurod Bozorboyevning jangovar hayot yölida bunday voqealar köp böldi. Ayniqsa, Xarkovni ozod qilişdagi jasorati uçun özi xizmat qilayotgan qism jangçilari unga ismini aytib emas, “geroy!” deb murojaat qiladigan bölişdi. Şiddat bilan bostirib kelayotgan tankni portlatib, özi havodan yoğilgan bomba taʼsirida tuproq ostida qolgan Ötamurod Bozorboyev közini oçganida dala gospitalida yotar, nazarida butun dunyo sukunatda edi. U na gapira olar, na eşitardi. Quloqlari tom bitib, tildan qolgan Ötamurod oğir kontuziya olgan, badanining bir neça joyiga oskolka tekkan edi. Öşa jangdagi jasorati uçun Ötamurod Bozorboyev “Uluğ Vatan uruşi” ordeni bilan taqdirlandi.

Ötamurod Bozorboyev gospitalda uzoq davolandi. 1944-yilning kuzida uruşga yaroqsizligi uçun Özbekistonga evakuatsiya qilindi. Yarimjon holatda qişloğiga qaytib kelgan Ötamurod Bozorboyev ahli el bilan birga mehnat frontida matonat bilan elga xizmat qildi.

– Keça bilan kunduzning farqi qolmagan öşa paytlarda, özim Xorazm viloyati suv xöjaligi boşqarmasida işlasam-da, vaqt topib ğöza tarbiyasiga ham çiqardim, – ötmişning oğir damlarini eslaydi Ötamurod bobo.– Alloh rahmat qilsin, Parda momongiz bilan ipak qurti ham parvarişlardik.

Ötamurod Bozorboyev umr yöldoşi Parda Nametovadan erta ayrildi. Uç öğil, tört nafar qizning kenjasi 4 yoşda edi. Boşqa oila qurmadi. Farzandlarini oq yuvib, oq taradi. Barçasini kasb-korli el-yurtga mehrli qilib voyaga yetkazdi. Butun umr tumanning agrar sohasida mehnat qilib, nafaqaga çiqdi. Öğil-u qizlari, kelinlari, nevara-yu çevaralari bir yiğilişib kelişsa bormi, boboning xonadoni töyxonaga aylanib ketadi. 7 nafar öğil-qizning oilalaridan ildiz otgan nevaralari 30 dan, çevaralari esa 50 nafardan ziyod. Şu bölsa kerak-da, pir-u badavlatlik baxti. Xotira va qadrlaş kuni arafasida har yili Ötamurod boboning xonadoni yaxşilar qadamidan yanada körkamlaşadi.

Bobo örtança öğli Baxtiyor oğa Bozorboyev va kelinlarini duo qilişdan heç çarçamaydilar.

– Bolalarimdan, hukumatimizdan mingdan-ming roziman, – quvonç va minnatdorlik bilan deydi Ötamurod bobo. – Ayniqsa, Prezidentmiz Şavkat Mirziyoyevning biz uruş faxriylariga körsatayotgan ğamxörliklari çeksiz. Mana, ikki yil böldi, Prezident qarori bilan şundoq uyimizning içkarisiga zamonaviy hammom qurib berişdi. Hamma xarajatlar töla davlat hisobidan. Ötgan yilda esa navbatsiz “Damas” avtomobilini xarid qildik. Nevaralarim xohlagan joyga maşinada eltib qöyişadi.

“Uluğ Vatan uruşi” ordeni, “Jasorat” kabi jangovar medallar, turli yillarda berilgan yubiley medallari köksini töldirib turgan, 94 yoşga qadam qöygan Ötamurod bobo hamon tetik, bardam, xotirasi tiniq. Hatto muqaddas “haj” ziyoratini ado etiş iştiyoqi baland, har bir sözida dunyoga, el-yurtiga tinçlik, omonlik, tökinlik va obodlik tilayotgan bobo bilan xayrlaşarkanmiz, biz ham eng ezgu, eng aziz tilaklarga qöşildik. Bobo duoga qöl oçdilar:

– Iloho omin, insoniyat heç qaçon uruş körmasin, hattoki quşning ham uyasi buzilmasin, bolalarimiz omon, mehr-oqibatli bölsin!

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026