FAXRIYLAR MAMNUN BÖLDILAR
Xotira va qadrlaş kuni arafasida turli taşkilotlar xodimlari Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarining xonadonlarida bölib, ularga ğalabaga qöşgan hissalari uçun minnatdorlik bildirmoqdalar.
Prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan ham şunday tadbirlar taşkil etildi.
Byuro xodimlari tumandagi Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarining xonadonlariga taşrif buyurib, faxriylar holidan xabar olişdi.
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği örinbosari A.Yuldaşev, boşqarma xodimi M.Davletqiliçev, Majburiy ijro byurosi tuman bölimi boşliği Z.Saidmamudovlar Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari – Qipçoq ovulida yaşovçi Ötamurod Bozorboyev, Navoiy nomli mahallada yaşovçi Sobir Nurullayev va “Boğ” mahallasida yaşovçi Yöldoş Ortiqovlar xonadonida bölişdi. Ular faxriylarga hurmat körsatib, turli sovğalar topşirdi.
Şuningdek, uruş faxriylariga Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning körsatmasiga asosan elektr energiyasi, tabiiy gaz va içimlik suvi isteʼmoli uçun 300 ming sömlik tölovlarni amalga oşiriş imkonini beruvçi guvohnomalar topşirildi.
Ularga mazkur hujjat byuroning tuman bölimiga taqdim etilişi bilan tegişli tölovlar darhol amalga oşirilişi tuşuntirildi.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan ötkazilayotgan mehr-oqibat, bağrikenglik va umuminsoniylik tadbirlaridan faxriylar nihoyatda mamnun böldilar.
A.Yuldaşev, Qoraqalpoğiston Respublikasi
Majburiy ijro boşqarmasi boşliği örinbosari.
Z.SAIDMAMUDOV, Majburiy ijro byurosi tuman bölimi boşliği.
Suratda: MIB xodimlari Ikkinçi jahon uruşi faxriysi
Ötamurod bobo Bozorboyevga kommunal tölovlarni
amalga oşiriş imkonini beruvçi guvohnomani topşirmoqdalar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶