21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 18:17
Adabiyot 👁 2,348

KUYuK KOʻPIP OVULIDA XALQ KUTUBXONASI ISh BOShLADI (+video)

KUYuK KOʻPIP OVULIDA XALQ KUTUBXONASI ISh BOShLADI (+video)

Aholini, ayniqsa, yoshlarni kitob oʻqishga keng jalb qilish, mutolaa madaniyatini oshirish bugungi kunda davlatimiz siyosati darajasiga koʻtarilgani bejiz emas. Chunki kitob mutolaasi yoshlarning dunyoqarashini kengaytiradi, zehnini oʻstiradi, oʻz kelajagini toʻgʻri belgilay olishiga yordam beradi, har qanday maʼnaviy tahdidlardan asraydi.

Yoshlar orasida kitobxonlik ommaviyligi oshishiga hissa qoʻshish maqsadida Amudaryo televideniyesi tahririyati amalga oshirayotgan “Odobli bola – el koʻrki” deb nomlangan grant loyihasi rejasida Kuyuk koʻpir OFY mahalla guzarida kutubxona tashkil qilish rejalashtirilgan edi.

Shu yilning 14-may kuni rejaga muvofiq ushbu OFYda kutubxona ishga tushirilishi bayram tusini oldi. Tadbirga OFY masʼul xodimlari, ovul nuroniylari, oʻqituvchilar, oʻquvchilar tashrif buyurishdi. Ixcham, zamonaviy uslubda  taʼmirlangan moʻʼjaz xonada javonlarga taxlangan 1000 ga yaqin nusxadagi badiiy kitoblar ovulning katta-yu kichigini cheksiz quvontirdi. Kutubxonaga “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati va “Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan ham kitoblar sovgʻa qilindi.

Xalq kutubxonasi deya nomlangan ziyo maskanining ochilish marosimida tuman hokimi S.Yoʻldoshev ishtirok etdi va ovul aholisini qizgʻin qutladi. Tuman hokimi kutubxonaning kitob fondini yanada boyitishga hokimlik yordam berishini, shu yil yozgi taʼtil paytida ovuldagi 19-sonli maktabning 2 nafar kitobxon yoshlari homiylar yordami bilan Toshkent shahridagi kitob doʻkonlari va nashriyotlarga yuborilishini maʼlum qildi. Ular maktab oʻquvchilari va ovul yoshlari buyurtma qilgan eng sara kitoblarni tanlab, kutubxonaga olib keladilar.

Ovul imomi Habibullo Eshimbetov, taʼlim faxriysi Maryam Nurekeshovalar kutubxona ovul yoshlarining kamoliga xizmat qilishini tilab duo qildilar. Tumanimiz hokimi nuroniylar ishtirokida ramziy tasmani qirqib, kutubxonani ochib berdi.

Xalq kutubxonasi faoliyatini OFY raisining jamoatchilik asosida ishlovchi keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchisi Qurbonboy Soburov yuritadi. “Taraqqiyot koʻzgusi” tahririyati tomonidan kutubxonaga zamonaviy kompyuter sovgʻa qilindi.

Kutubxona ovul yoshlarining maʼnaviyatini yuksaltirishga, uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga va hududda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz.

O.PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026