Akademik litseyda “Ommaviy kitobxonlik oyligi” tadbiri ötkazildi
Yuksak maʼnaviyatni şakllantirişda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosdir. Maʼnaviyatli va tafakkuri boy insonlar köp bölsa, şu yurtda jamiyat ravnaq topişi şubhasiz. Şu bois mamlakatimizda yoş avlodning maʼnan yetuk bölib voyaga yetişlari uçun imkon yaratiş maqsadida kitobxonlikning tarğib qilişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Kitobxonlikni tarğib qiliş maqsadida “Taraqqiyot közgusi” tuman gazetasi va “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti xodimlari tomonidan taşkil etilgan “Ommaviy kitobxonlik oyligi” doirasidagi navbatdagi tadbir tumandagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyida bölib ötdi.
Tadbirda “Taraqqiyot közgusi” tuman gazetasi muxbirlari Oygul Rajabova, Ozoda Xudoyberganova, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti raisi Ahmad Nafasov hamda litseyning maʼnaviyat va maʼrifat masalalari böyiça direktor örinbosari Mansur Yerimbetovlar iştirok etib, kitoblarning hayotda tutgan örni, mutolaa madaniyati va kitobxonlikni tarğib qilişga qaratilgan tadbirlar, kitob mutolaa qilişning zamonaviy usullari, yaʼni elektron kitoblar mutolaasi kabilar haqida söz yuritdilar. Öquvçi-yoşlar va ota-onalar “Sayyor kitob karvoni” loyihasi böyiça taşkil etilgan “Eng yaxşi sovğa – kitob”, “Kutubxonaga kitob sovğa qilaman” aktsiyalarida qatnaşişga taklif etildi.
Tadbirda ota-onalardan Amina Törayeva, Abduraşid Ametov, Rustam Vaisov va boşqalar taşkil etilgan “Kitoblar olami” firma dökonining köçma savdo rastasidan kitob sotib olib farzandlariga va öqituvçilarga sovğa qildilar. Şuningdek, “Jayxun ilhomlari” NNTning köçma kutubxonasi kitoblari bilan yaqindan tanişdilar va kutubxonaga aʼzo bölib, özlariga yoqqan kitoblarni tanlab oldilar.
– Kitoblar insonni ezgulikka boşlaydi. Yoşlarimizni kitobxonlikka jalb etişda mana şunday tadbirlarning ahamiyati katta – deydi tadbirga taşrif buyurgan 27-maktab öqituvçisi A. Törayeva. – Men farzandim, litseyning 2-bosqiç öquvçisi Xursand Xalillayevga kitob sotib olib sovğa qildim.
“Ommaviy kitobxonlik oyligi” doirasida taşkil etilayotgan “Köçma kutubxona” va “Köçma kitob dökoni” xizmatlaridan kitobxonlar nihoyatda mamnun bölmoqda.
S. Ismoilova,
Amudaryo akademik litsey öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶