Sektor rahbari mahallada sayyor qabul ötkazdi
Fuqarolarning murojaatlarini joylarga çiqib tinglaş va ular hayotiga oid muammolarni hal etişga kömaklaşiş, taklif va istaklarini örganiş hamda yeçimini kutayotgan muammolarni nazorat ostiga oliş va ularni bartaraf etiş yuzasidan samarali mexanizmlarni yaratişda hududlar böyiça faoliyat olib boruvçi sektorlarning ahamiyati kattadir.
Joriy yilning 26-may kuni tumanimizning “Boğ” mahalla fuqarolar yiğinida bölib ötgan 2-sektor rahbari tuman prokurori J.Mutfullayev iştirokidagi sayyor qabul yiğilişida mahalla fuqarolari hayotiga doir dolzarb masalalar muhokama etilib, aksariyat muammolar joyida hal etildi.
Sayyor qabul kuniga bağişlangan yiğilişda “Boğ” mahalla fuqarolar yiğini hududidagi fermer xöjaliklari hamda tumandagi korxona va taşkilotlar rahbarlari, mahalla faollari va mahalla imomlari, hudud böyiça birkitilgan profilaktika inspektori, şuningdek ommaviy axborot vakillari iştirok etdilar.
Sayyor qabul kunida 2-sektor rahbari, tuman prokurori J. Muftullayev sözga çiqib fuqarolarning bironta ham murojaati eʼtiborsiz qoldirilmasligi haqida gapirib, bu boradagi qonunçilik normalari xususida tuşunça berdi. Şundan söng, J.Muftullayev sayyor qabulga navbatga yozilgan fuqarolarning murojaatlarini tingladi. Xususan, Norimboy Karimovning mahalla aholisini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş, Yangiboy Xolniyozovning suyultirilgan gaz ballonlarini mahalla hududiga keltirib tarqatiş, Erkinboy Jumanovning “Boğ yop” kanalini qaziş, Jumamurod Erjonovning şaxsiy muhr işlatiş, Gavhar Xolboyevaning fuqarolik pasporti oliş, Qurol Rahimovning aholi punkti hududidagi 4 km yölni asfalt qiliş, Xatira Jumanovaning kollej öquvçilari uçun yöl haqini arzonlaştiriş, mahalla hududidagi 500 metrlik içki kollektorni tozalaş, Şukurjon Erimbetovaning mahalla hududiga MTM binosi quriş, Farhod Xolniyozovning xonadonlarni telefonlaştiriş, Erkin Jumanovning aholini elektr energiyasi bilan taʼminlaşdagi uzilişlarni bartaraf etiş maqsadida qöşimça transformator örnatiş, Anvar Xudoyberganovning kollektor-drenaj tarmoqlari böyiça murojaatlari tinglandi. Eng dolzarb masala “Boğ yop” kanalini qaziş, aholi tomorqasini suv bilan taʼminlaş böyiça işlar boşlab yuborilgani maʼlum qilinib, mazkur muammo joyida ijobiy hal etildi.
Şuningdek, fuqarolarning boşqa murojaatlari ham öz vaqtida yeçim topişi uçun sohalarga masʼul rahbarlar bilan birgalikda harakat qilinajagi va albatta har bir murojaat masʼullar tomonidan örganib çiqilib, natijasi murojaat egalariga yozma ravişda maʼlum qilinişi taʼkidlandi.
Sayyor qabul kuniga bağişlangan yiğilişda tuman xalq qabulxonasi raisi Erkin Rajabov ham iştirok etib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar öz vaqtida yeçim topişi nafaqat “Boğ” mahalla ahli, balki qöşni mahallalar aholisi uçun ham muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.
Mahalla imomi Q.Eşçanov hamda profilaktika inspektori M. Seytmurotovlar 2-sektor rahbari J. Muftullayev va tuman xalq qabulxonasi raisi E. Rajabov tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, mahalla aholisi hayotiga oid muammolarni hal etiş borasidagi amaliy taklif va yordam uçun minnatdorçiligini bildirdilar.
Bölib ötgan sayyor qabul kuni fuqarolarning davlat idoralariga nisbatan işonçini yanada oşirdi.
Pobiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶