Maktablarda qönğiroq jaranggi
HAYaJONLI DAQIQALAR
Mana, öquv yili tugaşiga ham sanoqli kunlar qoldi. Maktabimiz öquvçilari öquv yili yakuniga bağişlangan tadbirlarga puxta tayyorgarlik kördilar. Biz kutgan kun ham keldi, azizlar! Umumtaʼlim maktablarida 11 yillik taʼlim tizimi tiklanişi munosabati bilan bu yil bitiruvçi sinflar yöq. Qönğiroqlar esa yana bir öquv yili yakunlanganini bildirib jaranglamoqda. Eşityapsizmi, qönğiroq jarangini! Öquvçilarning “Qadrdon maktabimiz bağrida öqib-örganiş, doimo izlaniş, yangilikka, taraqqiyot çöqqilarini zabt etişga intilib yaşaymiz!” şiori ostida saf tortib çiqişlari, endigina birinçi sinfga qabul qilingan jajji qizçaning qönğiroq çalayotgani nihoyatda hayajonli. Bu manzarani köriş men uçun biroz taʼsirli. Bir kuni bizlar ham huddi mana şu aka-opalarimizdek yuqori sinf öquvçilari bölamiz. Maktab-bolalikning beğubor damlariga boy aziz dargoh. Bir kuni şirin xotiralarga boy qadrdon maktabimiz bilan xayrlaşamiz. Öşa kun kelgunga qadar yuqoridagi şiorga sodiq bölib ilm çöqqilarini egallaş uçun intilib yaşaymiz. Intiliş esa bizni oydin orzular sari çorlab turadi.
Sunnatilla ISMOILOV,
74-maktab öquvçisi, “Yoş muxbirlar” posti aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶