KUTUBXONAGA MAROQLI SAYoHAT

Kitob – insonni ezgulikka çorlaydi, ana şu ezgulik yöliga çiqqan odam borki, kitob bilan oşno bölgan sari köngil uyi obod bölib boraveradi. Kitob öqiş bilan inson öz xulqini ziynatlaydi, hayotini orastalaydi. Demak, inson uçun kitobdan yaxşiroq döst-u qadrdon yöq.
Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji öquvçilarining joriy yil 28-may kungi “Jayxun ilhomlari” NNT qoşidagi kutubxonaga sayohati buni yaqqol isbotlaydi. Milliy ğoya, huquq va maʼnaviyat asoslari fani öqituvçisi Xosiyat Qurbonboyeva rahbarligida kitoblar olamiga sayohat qilgan öquvçi-yoşlar A.Navoiyning töla asarlar töplamlari, Firdavsiyning “Şohnoma” asari, Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, şuningdek, özbek va jahon mumtoz adabiyoti namoyondalarining eng sara asarlari namunalari bilan yaqindan tanişdilar.
- Biz kursdoş döstlarimiz bilan kutubxonaga tez-tez kelib turamiz, - deydi öquvçi-yoşlardan Iroda Safarboyeva.- Kitob öqiş juda zavqli.
- Kitob öqigan sari odamning eslab qoliş qobiliyati yaxşilanib boradi, - öz fikrini bildirdi Sevara Rahimova. – Kitob mutolaasi – xotirani çarxlaydi.
Şuningdek, yoş kitobxonlardan Gözal Rahimboyeva, Iroda Xolboyeva, Omonjon Ibrohimova, Şahlo Köklanboyeva, Dilfuza Ozodova, Sadoqat Rahimova, Dinora Pölatova, Şohista Yodgorova, Marhabo Tojimurodova, Qunduz Xudoyberganova, Aziza Rahmatullayevalar özlarini qiziqtirgan mavzulardagi asarlar, ulardan olingan taassurotlari haqida tölqinlanib gapirdilar. Bir guruh öquvçi-yoşlar “Jayxun ilhomlari” NNT qoşidagi kutubxonaga aʼzo böldilar.
Öquvçi-yoşlarning kutubxonaga sayohati maroqli va qiziqarli taassurotlarga boy böldi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶