Yoz – 2018 BOLALAR OROMGOHLARI – MAVSUMGA TAYYoR
Tumanimiz umumtaʼlim maktablarida yozgi taʼtil mavsumi boşlanmoqda. Şu munosabat bilan yoz mavsumida bolalarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, homiy taşkilotlarni jalb qilgan holda tumanimizning törtta hududida öquvçilarning oromgohlarda dam olişlarini taşkil etiş, ayniqsa, kam taʼminlangan oilalarning farzandlarini soğlomlaştiriş oromgohlariga qamrab oliş maqsadida 2018-yil 10-mayda tuman hokimining 342-sonli qarori qabul qilindi.
Uşbu qaror ijrosini taʼminlaş maqsadida tumanimizning Qipçoq ovuli hududi böyiça Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji, Qiliçboy mavzesi böyiça Dörman qişloq xöjaligi, Jumurtov ŞFY hududi böyiça Amudaryo melioratsiya va suv xöjaligi, Manğit şahri hududi böyiça Amudaryo qişloq xöjaligi kasb-hunar kollejlari binolarida ajratilgan xonalar oromgoh uçun zarur mebellar, oşxona anjomlari, yotoqxona hamda maişiy-gigiyena jihozlari bilan jihozlanib, bolalarning maroqli dam olişlari uçun taxt qilib qöyildi.
Har galgidek bu yilgi yoz mavsumida hududlarda taşkil etilayotgan “Bulbulça”, “Oq kabutar”, “Loçin”, “Qaldirğoç” bolalar oromgohlarida jami 1140 nafar bolalar soğlomlaştirilişi va maroqli dam olişi rejalaştirilgan. Oromgohlar uçta navbat asosida faoliyat olib boradi va har bir navbatda 240-300 nafar bola qabul qilinadi. Bolalarni oromgohlarga qabul qilişning birinçi navbati 5-iyundan öz faoliyatini boşlaydi. Şuningdek, ikkinçi navbat 18-iyundan boşlanadi va 27-iyungaça, uçinçi navbat esa 30-iyundan 9-iyulgaça davom etişi rejalaştirilgan .
Şuningdek, bolalarning qöşni tumanlardagi oromgohlarda ham dam olişlarini taʼminlaş közda tutilgan. Yaʼni, mavsum davomida qöşni tumanlarda 120 nafar va boşqa viloyatlarda 200 nafar, jami 320 nafar bolalar stasionar oromgohlarda dam olişlarini taşkil etiş rejalaştirilgan.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶