Pilla terimi qizğin davom etmoqda (+video)
Mamlakatimizda qişloq xöjaligining barça tarmoqlari qatorida pillaçilikni rivojlantirişga, sanoat uçun uşbu zarur xomaşyoning sifati va hajmini oşirişga alohida eʼtibor qaratilayotgani bugun öz samarasini bermoqda. Pillaçilik sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada çuqurlaştiriş, respublika pillaçilik tarmoğiga uni modernizatsiyalaş va yangi işlab çiqarişlarni vujudga keltiriş uçun xorijiy investitsiyalarni jalb etiş böyiça qulay şart-şaroitlar yaratiş, jahon bozorida raqobatbardoş tayyor mahsulot hajmini köpaytiriş va turlarini kengaytiriş maqsadida qator hujjatlar qabul qilinib, ular soha rivojida muhim omil bölib xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz va Hukumati tomonidan pillaçilik sohasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi, pilla yetiştiruvçi fermer xöjaliklarga ipak qurti parvarişlaş uçun zarur bölgan moddiy-texnika resurslari hamda jihozlar bilan öz vaqtida va töliq taʼminlanayotgani yurtimizda pillaçilik böyiça katta yutuqlarga erişişga zamin yaratmoqda.
Yetti xazinaning biri, deya taʼriflanuvçi ipak qurtini parvarişlab, kunni tunga ulab mehnat qilayotgan pillakorlarimizning mehnatlari har qança tahsinga loyiq. Ipak qurti boqiş, pilla yetiştiriş zahmatli iş.
Ular yetiştirgan pilla tumanimizda qayta işlanadi, önlab yoşlarimiz iş bilan band böladi, daromad topadi. Undan tayyorlagan ipak kalavalari xorij davlatlariga eksport qilinib, zahmatli mehnatlar natijasidan dunyoning qaysidir burçagidagi kişilar foydalanadi, buning natijasida davlatimiz byudjetiga mablağ kelib tuşadi. Umid qilamizki, bu yil pillakorlarimiz qişloq xöjaligidagi dastlabki xirmonni yuksak kötarib, ğallakor va paxtakorlarimizga örnak böladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶