MAHALLALAR TINÇ, JINOYaT VA HUQUQBUZARLIKLAR KAMAYMOQDA
Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning 2017-yildagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga köra, haftaning har payşanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” qilib belgilangan. Tuman IIB tomonidan har payşanba kuni qarorga muvofiq amaliy işlar qilinmoqda.
Navbatdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” Qiliçboy ovulidagi “Xizr eli” mahallasida yaşovçi aholi bilan uçraşuvdan boşlandi. Uçraşuvda tuman hokimi örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedova, tuman Prokuraturasi xodimi Sulton Uzoqbergenov, tuman Içki işlar bölimi boşliği örinbosari Aziz Qurboniyozov, mahalla oqsoqoli Otajon Örozboyev hamda mahalla faollari, fuqarolar iştirok etdilar.
Şu kuni Içki işlar bölimi, ommaviy axborot vositalari xodimlari va hudud profilaktika inspektori iştirokida “Xizr eli” mahallasidagi 46-maktabda “Davomat” tadbiri ötkazildi. Tadbirda maktabning 1-navbatida öquv maşğulotlarini ötayotgan sinflardagi öquvçilarning davomati, öqituvçilarning darsga tayyorgarliklari, sinf xonalaridagi şaroitlar, darsliklar va tutilayotgan daftarlarning holatiga ham eʼtibor qaratildi. Dars maşğulotlariga sababsiz qatnaşmayotgan öquvçilar aniqlanib, tegişli çoralar körilişi belgilandi.
“Davomat” tadbiri Qiliçboy ovulidagi Amudaryo maişiy xizmat körsatiş kasb-hunar kolleji va 69-maktabda ham ötkazildi. Kollejda öquv maşğulotlarida qatnaşayotgan 2 ta 1-bosqiç guruhlarida öquvçilar töliq qatnaşayotganligi aniqlandi. Tadbir nazoratçilari işlab çiqariş amaliyotiga jalb etilgan 2- va 3-bosqiç guruhlarining işlab çiqariş taʼlimi ustalari bilan suhbatda bölib, öquvçilarning biriktirilgan korxona va taşkilotlarda amaliyotni qay tarzda ötkazayotganligi, şaroitlari bilan qiziqdi.
Ovulda 69-maktabda davom ettirilgan tadbirda ham dars maşğulotlari ötkazilayotgan sinflardagi öquvçilar davomati, daftar va darsliklar ahvoli kuzatildi. Sababsiz dars qoldirayotgan öquvçilar hamda boşqa kamçiliklar va muammolar böyiça hudud profilaktika inspektori, maktab maʼmuriyati joyida muhokama qilib, yeçim topişga harakat qildilar.
Şu kuni rejaga muvofiq IIBning Huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmasining Jazoni ijro etiş inspektsiyasi tomonidan jazoga hukm qilingan mahkumlar bilan ham profilaktik suhbat ötkazildi. Profilaktik tadbirlarda axloq tuzatiş işlari, majburiy jamoat işlari jazosiga, şartli hukm qilingan, muayyan huquqdan mahrum qilingan, ozodlikni çeklaş jazosiga hukm qilingan mahkumlar örtasida öz qilmişidan puşaymon böliş hissini uyğotiş va qilmişining oqibatini anglatiş maqsadida keng tuşuntiriş olib boriladi.
Axloq tuzatiş va majburiy jamoat işlari jazosiga hukm qilingan mahkumlar işlayotgan taşkilotlarga muntazam borib, ularning ahvoli, xulq-atvori nazorat qilinmoqda.
Ötkazilgan profilaktik tadbirlar davomida inspektsiya hisobidagi axloq tuzatiş işlariga hukm qilingan barça mahkumlar iş bilan taʼminlanib, işiga yordam körsatilib, ularning iş haqidan jami 19 mln. sömdan ziyod mablağ davlat foydasiga undirilayotgani aniqlandi. Undan taşqari, ötgan 4 oy davomida qilmişidan puşaymon bölib, töğri yölni tanlagan 36 nafar mahkum muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilinib, hisobdan çiqarildi.
Yöl-transport hodisalarining oldini oliş maqsadida tumandagi transportlar köp harakatlanadigan çorrahalarda ham reydlar ötkazildi. Yöllarda qoidani buzgan transport egalari ogohlantirilib, tegişli çoralar körildi. Piyodalar bilan boğliq yöl-transport hodisalari sodir etilişining oldini oliş maqsadida taʼlim muassasalari öquvçilariga yöl harakati qoidalari böyiça maʼlumotlar berildi. Şuningdek, taʼlim muassasalarida masʼullar bilan öquvçilarning maktabga keliş va ketiş vaqtlarida alohida jadval asosida maktab öqituvçilarining navbatçiligini taşkillaştirişga va şu yöl bilan yöl-transport hodisalarining oldini olişga kelişib olindi.
Profilaktika kuni munosabati bilan savdo şoxobçalari, oşxona, kafe, bar va restoranlarda tungi reyd ötkazildi. Mazkur joylarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosi, mast holdagi şaxslar tomonidan sodir qilinadigan bezorilik va jinoyatlar oqibati, ularning oldini oliş çora-tadbirlari haqida keng tuşunçalar berildi.
Tumanda huquqni muhofaza qiluvçi va davlat idoralari, jamoat tuzilmalari tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatning oldini oliş borasida hamkorlikda amalga oşirilayotgan profilaktik çora-tadbirlar natijasida ötgan davr mobaynida umumiy jinoyatçilik 63 foizga kamayişiga erişildi. Jumladan 40 ta ovul va mahallada jinoyat sodir bölişiga yöl qöyilmadi. Qolganlarida ham nisbatan kamaydi. Jamoat joylari va köçalarda huquqbuzarlik, jinoyat sodir bölişi kuzatilmadi. Bezorilik, tovlamaçilik, qasddan badanga yengil va örtaça oğir şikast yetkaziş kabi jinoyatlar 100 foizga kamaydi. Ammo bu bilan çeklanib qolmasdan, tuman hududida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, sodir etilganlarni “issiq izi”da foş etiş uçun hamkor organ va idora-taşkilotlar tomonidan profilaktika samaradorligini yanada oşirişga harakat qilinmoqda. Bu böyiça belganlangan çora-tadbirlar tuman huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça amalga oşiriladigan işlarning “Yöl xaritasi”ga kiritilgan bölib, şu asosda iş olib borilmoqda.
Barça ellar istagi – osoyişta yaşaş, tilagi – tinçlik. Bu esa öz-özidan bölmaydi. Tinçlik va osoyiştalikni saqlaşga har bir inson özini masʼul deb bilsa, öz huquqlarini anglab yaşasa va töğri yöldan yursa, bunday mamlakatda, albatta, tinç va farovon turmuş barqaror böladi. Şunday ekan, yurtimizda tinçlik hukmron bölişiga, jamiyatimiz ravnaq topişiga har birimiz hissa qöşaylik!
Ozoda XUDOYBERGANOVA,
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi muxbiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶